Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari


siyosiy  tahlil  aniq  muammolarni  o‘rganishning  erkinligi  va



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

siyosiy  tahlil  aniq  muammolarni  o‘rganishning  erkinligi  va 
subyektivizmga  to‘sqinlik  qiluvchi  asosiy  talablarni  shakllanti-
radigan,  ularning  nisbatan  maqbul  yechimlarini  izlaydigan  va 
buning  uchun  zarur  texnologik  vositalar,  faoliyat,  usullarni 
aniqlashga qaratilgan amaliy fan 
sifatida o‘rganiladi. 
Ilmiy bilimlarning amaliy sohasi sifatida siyosiy tahlilni ishlab chi-
qish  bilan  maxsus  mutaxassislar  guruhi  shug‘ullanadi:  texnologlar, 
tahlilchilar,  ekspertlar,  maslahatchilar,  piarmenlar,  partiya  apparati 
hodimlari  va  boshqalar.  Siyosiy  tahlil  amaliy  bilim  sifatida  avvalo 
subyekt  oldida  turgan  aniq  muammoni  o‘rganish  va  ta’riflashga 
yo‘naltiriladi,  ya’ni  voqelikning  siyosiy  makondagi  turli  sohalarga 
taalluqli bo‘lgan va qat’iy aniq, bir tipdagi manbalar, aloqalar va boshqa 
analogik  parametrlarga  ega  bo‘lmagan  unsurlarini  o‘rganishga  qarati-
ladi. Siyosiy tahlil obyektning ratsional - soddalashgan anglashni ishlab 
chiqadi va subyektning aniq maqsadi realizatsiyasi uchun minimal dara-
jada  yetarli  axborotni  talab  qiladi.  Agar  fan  obyektning  mantiqiy 
nushasini shakllantirsa, siyosiy tahlil uning amaliy nushasini shakllanti-
radi,  ya’ni  subyektni  aniq  maqsad  realizatsiyasi  shemasiga  kiritish 
uchun yetarli obrazga ega. Shu bilan birga, siyosiy tahlil talab muammo 
sifatida  hokimiyat  doirasida  insonlarning  vazifasi  va  rolini  amalga 


 
 
78 
oshirishiga ta’sir qiladigan har qanday sotsial nizo va kelishmozchiliklar 
maydonga chiqmaydi. 
Faqatgina ularning orasidan jamiyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, ahol-
ining keng qatlami manfaatlariga taalluqli bo‘lgan, bevosita va bilvosita 
boshqaruv  organlari  faoliyatiga  ta’sir  qiladigan  ijtimoiy  ishonch  va 
qadriyatlar, ommaviy xarakterga ega va ma’lum darajadagi muhimlikka 
ega  nizo  va  qarama-qarshiliklar  siyosiy  tahlil  masalalari  hisoblanadi. 
Bunday  sohaga  yo‘naltirilganlik  amaliy  siyosiy  tahlilning 
strukturaviy 
xususiyatlarini
 belgilab  beradi. Shuningdek, siyosiy sohaning raqobatli 
tabiati  sababli,  u  yoki  bu  vaziyatning  raqobatlashuvchi  kuch  vakillari 
tomonidan turlicha qabul qilinishi muqarrarligi natijasida yuzaga keladi, 
ayni  voqealarning  interpretatsiyasi  bir  yoqlama  bo‘lmagan  xarakterga 
ega bo‘ladi. Ya’ni aniq vaziyat bahosini nafaqat analitik va ekspert be-
radi, balki siyosiy jarayondagi o‘z o‘rni va roliga muvofiq ko‘rsatilgan 
kolliziani hal qilishi kerak bo‘lgan shaxs ham baho beradi. Aynan u sta-
tus,  pozitsiya  va  shu  kabi  uning  voqelikka  munosabatining  ahamiyatli 
jihatlari  nuqtai  nazaridan  o‘z  manfaatlaridan  kelib  chiqib,  hodisalarni 
baholaydi,  interpretatsiya  qiladi,  shu  yo‘l  bilan  muammoli  vaziyat 
yig‘indisini  yuzaga  keltiradigan  faktlarni  ilgari  suradi.  Ushbu  ma’noda 
mavjud  vaziyatda  yuzaga  kelgan  u  yoki  bu  muammoning  hal  qilinishi 
buyurtmachisi  sifatida  chiqadi.  Boshqacha  aytganda,  siyosiy  tahlilning 
ma’nosi  va  tuzilishi  avval  boshda  subyektning  tahliliy  ta’rifi  natijasida 
shakllanmaydi,  “buyurtmachi”ning  yaqqol  yoki  yaqqol  bo‘lmagan 
ta’siri  ostida,  ya’ni  ushbu  situatsiani  hal  qilinishi  maqsadini  beruvchi 
subyekt  ta’sirida  shakllanadi.  Demak,  texnolog-analitik  vaziyatni 
izohlaydigan  va  alohida  maqsadli  yo‘naltirilgan  shaxs  va  shaxslar 
guruhi ehtiyojiga muvofiq amaliy tavsiyalarni shakllantiradigan mutax-
assis  sifatida  chiqadi.  Ayniqsa,  texnologik  bilimning  ijtimoiy 
buyurtmaga bog‘liqligi diagnostika va tavsiyalarni ifodalash bosqichida 
namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, aynan bir siyosiy vaziyat tahlili turli muammolar-
ni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Bu  bilan  bog‘liq  ravishda  analitiklar 
vaziyatni turli nuqtai nazarlardan ko‘rib chiqishi mumkin, bunda bi-
ryoqlama masalalarni o‘z oldiga ko‘ndalang qo‘yadi, oqibatda u yoki 
bu masalalarning turli yechimlarini taklif qiladi. Shunday bo‘lsa-da, 
siyosiy  tahlil  tuzilishida  buyurtmachining  manfaati  va  pozitsiyasi 
muqarrar  mavjud  bo‘ladiki,  unda  tashkiliy  ravishda  vaziyatni 
baholash  baza  tarkibiga  kiradi  va  ma’lum  darajada  ekspert  harakati 


 
 
79 
yo‘nalishini oldindan belgilaydi. Mijoz manfaatiga bunday qaramlik 
siyosiy tahlil konyunkturligi emas, balki raqobatlashuvchi guruhlarn-
ing  manfaatlarini  qamrab  oluvchi  siyosiy  vaziyatning  bir  yoqlama 
emasligidan kelib chiquvchi uning  murakkabliligi va ko‘p qirraliligi 
to‘g‘risida guvohlik beradi. Aynan analitik baholashning ilmiyligini 
va  mijoz  manfaatlarini  xolis  tarzda  birlashtirish  zarur.  Real  mu-
rakkab  situatsiya  doirasida  shakklangan  muammoni  aniqlashga 
qaratilgan  oriyentatsiya  (ma’lum  bir  tomonga  o’z  harakatini  yonal-
tirish)  mohiyatan  siyosiy  tahlilni  situatsion  ilmiy  tadqiqot  shaqliga 
aylantiradi.  Boshqacha  aytganda,  aniq  siyosiy  vaziyat  uni  tashkil  etu-
vchi barcha aloqalari va hodisalar bilan birgalikda amaliy siyosat tahli-
lining bosh predmeti bo‘lib chiqadi. 
Siyosiy  tahlil  doirasida  situatsiya  (hodisa)  o‘z-o’zining  manti-
gi‘ga,  harakati  manbalariga,  o‘sish  chegaralari  va  boshqa  parametr-
lariga  ega  yaxlitlik  sifatida  ko‘rib  chiqiladi.  Bu  ma’noda  siyosiy 
tahlil  minimum  darajada  kundalik  voqeaning  qaytarilmas  stixiyali 
mantig‘ining  bayon  va  ratsionalizatsiyasini  amalga  oshirishi  shart. 
Aynan  aniq  vaziyat  (voqea)  qo‘yilgan  vazifalar  uchun  talab  qi-
linuvchi gipotetik, baholovchi, nazariy, tajribaviy, intiutiv, va boshqa 
bilim ko‘rinishlarining munosabatlarini belgilaydi. 
Siyosiy tahlilda bilim doimo ham universal ishonchlilikka egalik 
qilavermaydi, umuman olganda, umumlashgan xarakterga da’vogar-
lik  qilmaydi,  ammo  mazmunan  u  qisman  fan  doirasidan  chetga chi-
qishi mumkin. 
Siyosiy tahlilning amaliy oriyentatsiyasi 
vaziyatni tahlil qilishda 
ba’zi  universal  vazifalarni  hal  qilishni  mo‘ljallaydi
,  ya’ni  tashqi 
kontekst  va  voqealar  chegarasida  yuzaga  kelgan  shartlarning 
taqsimoti  harakatdagi  aktorlarning  asosiy  cheklovlarini  ko‘rsatuvchi 
situatsiyaning  makon  va  zamon  parametrlarini  aniqlash,  bu 
subyektlarning  kuch  munosabatlarinig  bahosi;  muhim  aksiya  va  in-
teraksiyalar;  subyekt  harakatiga  ta’sir  qiluvchi  aniq  fikrlar,  sabablar 
va  omillar,  sodir  bo‘lgan  voqealar  oqibatlarini  o‘rganishni  maqsad 
qiladi. 
Siyosiy makonda yuzaga keladigan har qanday aniq  vaziyatning 
o‘ta  murakkabligi,  unda  turli  aloqalar  va  munosabatlar  mavjudligi, 
uni  o‘rganishda  qo‘llaniladigan  usullar  disiplinalararo  xarakterga 
ega. Bunga bog‘liq holda vaziyatning siyosiy bahosi odatda, subyekt 
harakatining turli jihatlari tahlilining ruhiy, sotsiologik, antropologik 


 
 
80 
va  madaniy  hamda  boshqa  usullarini  qo‘llash,  ular  yordamida  o‘z 
qarashlari, asosiy o‘zaro ta’sirlarni ishlab chiqarish va amalga oshi-
rish  orqali  to‘ldiriladi.  Shining  uchun  vaziyatning  amaliy  tadqiqoti 
aniq  vazifalar  yechimi  atrofida  shaklllanadigan 
tizimli  tahlilni
  qo‘l-
lash  asosida  amalga  oshiriladi.  Siyosiy  tahlilni  qo‘llashning  asosiy 
qiyinchiliklari  turli  yondashuvlar  va  vaziyat  tadqiqi  texnikasini  o‘zaro 
bog‘lash, sifat jihatdan turli metodikalarni tatbiq etish natijasida qo‘lga 
kiritilgan  xulosalar  va  axborotni  birlashtira  olish  malakasiga  bog‘liq. 
Bundan tashqari, o‘rganilayotgan  masalaning izohiga  oid aniq  mezon-
lardan  chetga  chiqmaslik  kerak.  Muammo  tadqiqining  alohida  mu-
rakkabliklari  quyidagi  holat  bilan  bog‘langan:  real  fizik  vaqt  doirasida 
amalga  oshiriladigan  amaliy  tahlilga  ko‘pincha  ma’lum  muammo 
yechimining qat’iy vaqt cheklovlari va vaziyatni boshqaradigan optimal 
texnologiyalarni tanlash ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Ba’zan, muammoning analitik tahlili tezligi uning yechimida hal 
qiluvchi  omil  bo‘ladi.  Situatsiyani  tahlil  qilishda  muvofiq  metod  va 
metodikalar ba’zida “tadqiqot texnikasi” deb ataladi. Hozirgi vaqtda 
mingdan ortiq bunday metodikalar ma’lum - oddiydan (masalan, ku-
zatish)  ma’lumotlarning  anchagina  murakkab  bazasi  (masalan, 
ma’lumotlar  bankini  shakllantirish,  ko‘p  mezonli  shkalalarni  yarat-
ish,  oddiy  (check  LISTS)  va  qiyin  (indices)  ko‘rstakichlarni  tuzish 
tipologiyasini (omil tahlili Q) yaratish va boshqalar. Quyida vaziyat 
tahlilining eng oddiy va imkoniy metodlari bilan tanishamiz. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish