Yomg’ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8-10 sm, oldingi uchi konussimon o’tkirlashgan. Tanasi halqaga o’xshash tortmalar bilan bilan ko’p sonli bo’g’imlarga bo’lingan. Har bir tana bo’g’inining qorin tomonida to’rt jutdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaradi.
Chuvalchang tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqateri bilan qoplangan. Bu hujayralar shilimshiq modda bilan terini doim namlantirib turadi. Tashqi va ichki epiteliy, halqasimon va bo’ylama muskullarteri muskul xaltasi debataladigan tana devorini hosil qiladi.
Yomg’ir chuvalchangi tanasining ichki tuzilishi.
1.Og’iz 2.Xalqum 3.Qizilo’ng’ach 4.Jig’ildon 5.Oshqozon 6.Ichak 7.Yurak 8.Orqa qon tomiri 9.Qorin qon tomiri 10.Tana bo’shlig’i to’siqlari 11.Xalqum usti nerv tuguni 12.Xalqum osti nerv tuguni 13.Qorin nerv zanjiri.
Chuvalchanglarning og’iz teshigi tanasi oldingi uchida, birinchi tana bo’g’ini ostida joylashgan. Og’iz qisqa xalqum orqali qizilo’ng’achga tutashgan. Qizilo’ng’achning kengaygan keyingi qismi jig’ildon deb ataladi. Qon aylanish sistemasichuvalchanglarda paydo bo’lgan.
Yomg’ir chuvalchanglarining ayirish sistemasi tana bo’g’inida bir juftdan joylashgan, sirtmoqqa o’xshash ingichka uzun naychalardan iborat. Naychalarning bir uchi tepa bo’shlig’iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi. Naychalarning tana bo’shlig’iga ochilgan uchi esa voronkaga o’xshab kengaygan bo’lib, juda ko’p kiprikchalar bilan ta’minlangan. Bu kiprikchalarning harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bilan birga naychalarga o’tadi va teridagi teshikchalar orqali chiqarib yuboriladi.
Har xil halqali chuvalchanglar.
Halqali chuvalchanglar tabiatda katta ahamiyatga ega.
1. Nereidaning boshi tanasidan alohida ixtisoslashgan, tanasi ko’p miqdorda uzun tuklar bilan qoplangan. Tuklar tananing ikki yonidagi muskullari o’simtalarda to’p-to’p bo’lib joylashgan. Bular ko’p tuklilar sinfiga kiritiladi.
2. Chuchuk suvlarda yashaydigan kam tukli qizil chuvalchanglar suvni har xil iflosliklardan tozalab, sanitarlik vazifasini bajaradi.