Халкаро шартномалар хукуки


 Xalqaro tashkilot vakillarining vakolatlari



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185
 
5.3. Xalqaro tashkilot vakillarining vakolatlari 
 
1969  yildagi  Vena  Konvensiyasi  “har  bir  davlat  shartnoma  tuzish 
huquqiga ega” deb belgilaydi. Xalqaro tashkilotlar bilan esa boshqacharoq 
vaziyat.  Xalqaro  tashkilotlarning  hammasi  ham  bunday  huquqqa  ega 
bo’lavermaydi.  Bundan  tashqari,  davlatdan  farqli  o’laroq  ularning  bu 
huquqi  individual  hisoblanadi.  Bir  tashkilot  aynan  bir  munosabatlarda 
boshqasidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. 
Shuni hisobga olgan holda 1986 yildagi “Xalqaro tashkilot va davlat 
yoki xalqaro tashkilot va xalqaro tashkilot o’rtasidagi shartnomalar huquqi 
to’g’risida”gi Vena Konvensiyasi quyidagi holatni o’rnatdi: 
“Xalqaro tashkilotning shartnoma tuzish huquqi shu tashkilot qonun-
qoidalari  bilan  tartibga  solinadi”  (6-modda).  “Tashkilot  qonun-qoidalari” 
deganda, qisman tashkilotning ta’sis hujjatlari, ularga mos ravishda qabul 
qilingan qaror va rezolyutsiyalar, yana tashkilotning o’rnatilgan tajribalari 
tushuniladi (2-modda). 
Bu 
holatlar 
o’ta  muhim  vaziyatlarni  –  shartnomalararo 
munosabatlarda  turli  tashkilotlarning  vakolatlari  umuman  tubdan  farq 
qilishini  inobatga  oladi.  Bunda  tajriba  yordamida  tashkilotlarning  qonun-
qoidalari  jadal  va  bir  xilda  bo’lmagan  holda  rivojlanadi.  Shuning  uchun, 
Xalqaro  huquq  Komissiyasi  izohida  aytib  o’tilganiday,  eslatib  o’tilgan 
modda loyihasida “kodifikatsiya kuchga kirgan vaqtdan boshlangan tajriba 
emas,  balki  ushbu  qonun-qoidalari  bilan  to’plangan  tajriba  ko’lami  bilan 
tashkilotning qonun-qoidalarini o’zgartirish yoki to’ldirish imkoniyatining 


81 
 
o’zi” nazarda tutiladi. Boshqa so’z bilan aytganda, yaxlit qonun o’rnatish 
bilan tashkilotlarning imkoniyatlarini cheklanmaslikka qaror qilingan. 
1969 yildagi Vena Konvensiyasi shartnoma matnlarini qabul qilishda 
vakolat  berilgan  vakillar  o’sha  davlatni  konferensiya  yoki  tashkilotda 
nomidan  ishtirok  etish  huquqini  mustahkamladi  (2  bo’lim,  7-modda).  Bir 
necha yildan keyin 1975 yildagi “Universal xarakterga ega bo’lgan xalqaro 
tashkilotlarning  davlatlar  vakolatxonalari  bilan  munosabatlari  haqida”gi 
Vena  Konvensiyasida  1969  yilgi  Konvensiyadagi  holatdan  farq  qiluvchi 
vaziyat  bayon  etilgan.  1975  yilgi  Konvensiya  bunday  huquq  faqat  davlat 
boshliqlariga  tegishli  deb  ta’kidlaydi  (12-modda).  1975  yildagi 
Konvensiya davlatlarning so’nggi holatini tasvirlanganligini inobatga olib, 
Komissiya  xalqaro  tashkilotlar  ishtirokidagi  xalqaro  shartnomalar  huquqi 
haqidagi  moddalar  loyihasiga  ham  tegishli  o’zgartirishlar  kiritdi.  1986 
yildagi  Konvensiyada  faqat  vakolatxona  boshliqlariga  tegishli  huquqlar 
haqida gapirilgan. 
Muayyan  hollarda  oliy  mansabdor  shaxsning  shartnomani  tuzish 
bo’yicha  vakolati  tashkilotning  tegishli  organi  qaroriga  muvofiq  amalga 
oshirilishi mumkin. Bu tajriba tashkilotlar tomonidan avvaldan qo’llanilib 
kelingan.  
Masalan,  1949  yilda  Butunjahon  Sog’liqni  Saqlash  Assembleyasi  tomonidan 
BSSning  bosh  direktoriga  Sharqiy  O’rta  Yer  dengizi  va  janubi-sharqiy  Osiyo 
mintaqaviy  tashkilotlarida  BSSning  vakolatlari  va  immunitetlarini  qo’llash 
to’g’risidagi Misr va Hindiston bilan kelishuv bitimi imzolashni yukladi.  
Bizga  tashkilotlarning  vakolatlarini  bir  organdan  boshqa  organga 
o’tkazilganligi hollari tajribadan ma’lum.  
BMT  Ustavining  43-moddasi  3  qismiga  ko’ra,  qurolli  kuchlar  borasidagi 
bitimlar  tuzish  Xavfsizlik  Kengashi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Aslida  bu  turdagi 
bitimlar Xavfsizlik Kengashi ruxsatiga ko’ra BMT Bosh Kotibi tomonidan tuziladi.  
Davlatdagi  singari  tashkilotlar  kelishuvni  nomuvofiq  deb  topish 
vajida  shartnoma  majburiyatlarini  bajarmaslik  shartlari  buzilgan  deb 
e’tirof eta olmaydi. Shartnoma shartlarini buzilishi o’ta muhim ahamiyatga 
ega  bo’lsa  va  alohida  ahamiyat  kasb  etadigan  holatlarga  istisno  sifatida 
qaraladi. 
Komissiya  ushbu  holatni  muhokamasiga  alohida  e’tibor  qaratdi. 
Natijada  1969  yilgi  Vena  konvensiyasiga  yakuniy  shartlar  kiritildiki,  u 
shartlar  davlat  vakolatlarni  taqsimlash  va  o’zgartirish  borasidagi  qarorni 
qabul  qiluvchi  yagona  omil  sifatida  e’tirof  etdi.  Agarda  shartlar  buzilish 
hollari  davlatni  ichki  qonunchiligida  oddiy  xatti-harakatlar  orqali  amalga 


82 
 
oshirilgan bo’lsa, unda bunday harakatlar davlat yoki tashkilot tomonidan 
tan olinmaydi va buzilish sifatida e’tirof etilmaydi. 
Davlatlar  singari  tashkilotlar  ham  tashkilot  raisining  vakolatlariga 
ham  maxsus  ravishda  cheklashlar  o’rnatishi  mumkin.  Komissiya 
bayonotlarida  qo’llanish  bo’yicha  maxsus  tizim  ham  nazarda  tutilgan. 
Ushbu  qo’llanmalar  rais  uchun  muzokaralar  barcha  ishtirokchilarini 
xabardor  etilgan  holdagina  kuchga  ega  bo’ladi,  aks  holda  bu  holat 
shartnoma kelishuvini nomaqbul deb topishga asos bo’lmaydi. Davlatdagi 
singari tashkilotlar uchun yagona tizimning o’rnatilishi maqsadga muvofiq 
holat sifatida qaraladi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish