Халкаро шартномалар хукуки


  Xalqaro huquq sub’ektlarining shartnomaviy layoqati



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   185
3.3.  Xalqaro huquq sub’ektlarining shartnomaviy layoqati 
 
Xalqaro huquq sub’ektlarining shartnomalarda ishtirok etish huquqi 
yangi  institutni  o’zida  ifodalaydi.  U  zamonaviy  xalqaro  huquq 
institutlaridan  birining  muhim  elementi  hisoblanadi,  ya’ni  xalqaro 
muammolarni  hal  qilishda  ishtirok  etish  huquqi  nazarda  tutiladi.  Mazkur 
institut bevosita xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga bog’liq bo’lib, uni 
o’ziga xosligini ko’rsatib beradi. 
Davlat  shartnomalarning  barchasida  tomonlar  bo’lishiga  qaramay, 
uning  vakilligi  darajasi  yuridik  jihatdan  ajralmagan.  Shartnomalarning 
tuzilishida  vakillikning  turli  darajasi  davlatning  ichki  huquqiga  binoan 
mavjud natijalarga ega bo’lishi mumkin.  
O’zining  suveren  kuchi  bilan  davlat  har  qanday  shartnomalarda, 
albatta  xalqaro  huquq  doirasidagi  shartnomalarda  ham  ishtirok  etish 
huquqiga  ega.  Davlatlarning  shartnomaviy  amaliyotida  asosiy  rol 
shartnoma huquqining rivojlanishiga tegishlidir. 
Tuzilish  jarayonida  bo’lgan  davlat  xalqaro  huquq  bo’yicha  huquq  va 
majburiyatlarini  olish  imkoniga  ega  bo’lgan  davrdan  to  suveren  kuchiga 
ega bo’lgan paytdan boshlab shartnomalarni tuzishi mumkin. 
Qabul  qilinishi  kutilayotgan  shartnomaning  maqsadi  va  prinsiplarini 
inobatga  olgan  holda  ishtirokchilar  tarkibi  oldindan  aniqlab  olish  o’ta 
zarur.  
Shartnomaning  maqsadidan  kelib  chiqib  qatnashishi  mumkin  bo’lgan 
ishtirokchilarni  ko’pchilik  xalqaro  huquqshunoslar  asarlarida
1
  quyidagi 
toifalarlarini uchratishimiz mumkin: 
-  zaruriy  ishtirokchilar  –  ishtirokisiz  shartnoma  tuzilmaydigan  yoki 
maqsad-mohiyatini yo’qotadigan va bajarilmaydigan davlatlar.  
Masalan,  Yadro  qurolining  tarqalmasligi  haqidagi  shartnomalarda  zaruriy 
ishtirokchilar  Yadro  quroliga  ega  bo’lgan  davlatlar  hamda  Kosmik  hudud 
                                                 
1
 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров - 
М.:  Волтерс  Клувер,  2004.  –  С.68.;  Robert  Kolb.  The  Law  of  Treaties  (An  Introduction).  -  Cheltenham,  UK; 
Northampton,  MA,  USA:  Edwarb  Elgar  Publishing,  2016.  –  P.38-40.;  Research  Handbook  on  the  Law  of  Treaties.  - 
Cheltenham,  UK;  Northampton,  MA,  USA:  Edwarb  Elgar  Publishing,  2014.  –  P.627-637.;  Anthony  Aust.  Modern 
treaty law and practice. - Cambridge, United Kingdom: Cambridge University Press, 2000. – P.47-57. 


52 
 
to’g’risidagi  shartnomalarda  esa  kosmik  ob’ektlarga  ega  bo’lgan  davlatlar 
hisoblanadi. 

muhim 
ishtirokchilar 
–  shartnomaning  samaradorligiga 
davlatlarning  ishtirokining  ahamiyati  bilan  bog’liq  bo’lgan.  Bu  toifaning 
mohiyati to’g’ridan-to’g’ri shartnomani o’zida aks ettirilmaydi.  
maqsadga  muvofiq  bo’lgan  ishtirokchilar  –  ularning  ishtirokisiz 
ham  shartnoma  o’z  maqsadlarini  amalga  oshira  oladi,  lekin  ishtiroki 
shartnomaning  samardorligini  oshirishda  ahamiyatga  ega.  Yuqorida 
keltirib  o’tilgan  misollardagi  barcha  davlatlar,  zaruriy  ishtirokchilardan 
tashqari, ishtiroki foydadan holi bo’lmagan ishtirokchilar hisoblanadi.  
Masalan,  mazkur  ishtirokchilar  siyosiy  shartnomalarda  to’liqroq  namoyon 
bo’lishi  mumkin.  Masalan,  NATO  -  umumiy  ko’ptomonlama  shartnoma 
munosabatlarida  ko’pincha  maqsadga  muvofiq  bo’lgan  ishtirokchilar  qatorida 
mavjud. 
mumkin  bo’lgan  ishtirokchilar  –  shartnomada  ishtirok  etishi 
mumkin  bo’lgan,  lekin  uning  samaradorligiga  sezilarli  ta’sir  etmaydigan 
davlatlar. 
maqsadga  muvofiq  bo’lmagan  ishtirokchilar  –  ishtiroki  shartnoma 
maqsadiga yetishga to’sqinlik qila olmasada uning samaradorligiga salbiy 
ta’sir etuvchi davlatlar. 
mumkin bo’lmagan ishtirokchilar - ishtiroki shartnomaning maqsadi 
amalga oshirishini yo’qqa chiqaruvchi davlatlar. 
Sodir  bo’layotgan  o’zgarishlar  shartnomalararo  munosabatlarda 
davlatning  o’rnini  ham  o’zgartirishi  mumkin.  Kechagina  maqsadga 
muvofiq bo’lmagan yoki ishtiroki mumkin bo’lmagan ishtirokchilar bugun 
maqsadga muvofiq bo’lgan ishtirokchilarga aylanib qolishi mumkin.  
Keltirib  o’tilgan  ishtirok  etishi  mumkin  bo’lgan  ishtirokchilarning 
toifalari  xalqaro  huquqqa  zid  kelmaydi.  Suveren  davlatlar  o’z 
hoxishlaridan  kelib  chiqib,  agar  shartnoma  boshqa  davlatlar  huquqlariga 
buzmasa,  o’zlari  tomonidan  tuziladigan  shartnoma  ishtirokchilari  doirasi 
masalasini hal etishlari mumkin. 
A’zo davlatlar xalqaro shartnomaga bog’liq bo’lgan biron bir masalani 
muhokama  qilish  uchun  kuzatuvchi  yoki  mehmon  sifatida  davlat  yoki 
xalqaro  tashkilotni  taklif  qilishi  mumkin.  Shartnoma  ishtirokchilari 
shartnoma  maqsadidan  kelib  chiqqan  masalani  hal  qilish  borasida  qabul 
qiladigan  qaroridan  manfaatdor  bo’lgan  kuzatuvchining  pozitsiyasini 
aniqlashtiradi  va  e’tiborga  oladi.  Mehmon  hujjat  qabul  qilish  jarayonida 
ishtirok etish huquqiga ega emas.  


53 
 
Shunday  qilib,  halqaro  huquqqa  mufoviq  halqaro  shartnomalarni 
tuzish  huquqiy  layoqatliligi  halqaro  huquq  sub’ektlarining  ajralmas 
huquqi,  halqaro  huquq  sub’ektining  muhim  jihati  hisoblanadi.  Halqaro 
huquqning  barcha  sub’ektlari  shartnoma  tomoni  bo’lishi  mumkin.  1969 
yildagi  Vena  konvensiyasiga  binoan  har  bir  davlat  shartnoma  tuzish  (6-
modda), 
shuningdek 
ko’p 
tomonlama 
(universal, 
mintaqaviy) 
shartnomalarda  ishtirok  etish  huquqiga  ega.  Ushbu  huquqdan  har  bir 
suveren  davlat  foydaladi.  O’z  navbatida,  halqaro  tashkilotning  shartnoma 
tuzish  huquqiy  layoqatliligi,  ushbu  tashkilot  qoidalari  bilan  tartibga 
solinadi.  Bunda,  shartnoma  predmeti  va  maqsadi  shartnoma  tuzuvchi 
tashkilotning ta’sis hujjatiga mufoviq bo’lishi va halqaro huquqning asosiy 
prinsiplariga zid kelmasligi kerak. 
 
 
 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish