Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   185
MAVZU BO’YICHA XULOSALAR 
 
Mazkur  mavzuni  o’rganishda  talabalar  xalqaro  shartnomalar  huquqi 
sub’ektlariga  hamda  xalqaro  shartnomalar  huquqida  uchinchi  tomonlarning  huquq 
va majburiyatlarini, ular ishtirok etayotgan xalqaro shartnomalarga oid masalalarni 
ko’rib chiqishlari; qiyosiy-huquqiy tahlil o’tkazib, xalqaro huquqiy munosabatlarda 
ularning  rolini  va  xalqaro  shartnomalarda  ishtirok  etish  layoqatini  aniqlashlari 
lozim. 
 


57 
 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 
 
1. 
Xalqaro  shartnomalar  huquqi  sub’ektlari  xalqaro  shartnomaning 
ishtirokchisi hisoblanadimi? Xalqaro shartnomalarda tomonlar kimlar? 
2. 
Davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  nomidan  xalqaro  shartnomalarni 
tuzishga vakolatli bo’lgan organlarni sanab bering. 
3. 
Xalqaro  shartnomalarda uchinchi tomonlarning huquq  va  majburiyatlari 
aks ettilgan xalqaro hujjatlarni ko’rsating. 
4. 
Uchinchi  tomon  majburiyatlari  belgilangan  xalqaro  shartnomalarni 
tuzish  jarayonida  shartnoma  ishtirokchilari  uchinchi  tomon  roziligi  yoki  uni 
ogohlantirish  zaruriyati  mavjudmi?  Shu  kabi  rozilik  yoki  ogohlantirish  talab 
qilinmaydigan qanday xalqaro shartnomalar mavjud? 
 
 
 
1  KAZUS. 
Iordaniya  va  arab  davlatlari  o’rtasida  o’zaro  manfaatlarni  namoyon  etuvchi 
xalqaro  shartnoma  tuzdilar.  Iordaniyadan  tashqari  boshqa  barcha  davlatlar  nomidan 
shartnomani  davlat  rahbarlari  (monarxlar,  parlament  rahbarlari,  bosh  vazirlar) 
imzolaydilar.  Iordaniya  nomidan  shartnomani  davlatning  bosh  diniy  rahnamosi 
imzolaydi.
 
Shartnoma  BMTda  ro’yxatdan  o’tib,  amalga  kirganidan  so’ng,  Liviya 
davlati  Iordaniyaning  shartnomadan  kelib  chiqadigan  huquq  va  majburiyatlari 
haqiqiy emas deb topilishini, bunga asos qilib xalqaro shartnomani tegishli vakolatga 
ega  bo’lmagan  shaxs  imzolaganini  keltirib  o’tadi.  Shuningdek,  Liviya  BMT 
Kotibiyatini bunday xatolik bilan shartnomani ro’yxatga olganligi uchun qattiq tanqid 
qiladi. Yuzaga kelgan holatga xalqaro-huquqiy baho berib, quyidagi savollarga javob 
bering. 
1)  Xalqaro shartnoma tuzaishga vakolatli sub’ekt tushunchasiga G’arb xalqaro 
huquqshunoslari qanday fikrlar bildirilgan va bu boradagi shaxsiy fikringiz qanday?  
2)  Liviyaning  e’tirozi  o’rinlimi?  Iordaniya  shartnomadagi  huquq  va 
majburiyatlarini qanday yo’l bilan zimmasiga olsa xalqaro huquq normalariga to’g’ri 
3)  Xalqaro  amaliyotda  davlat  rahbarlari  –  monarxlar,  prezidentlar,  bosh 
vazirlardan  tashqari  davlat  nomidan  vakillik  qiluvchilar  tomonidan  tuzilgan 
shartnomalarga misol keltiring. 
 
2  KAZUS. 
A  davlati  va  B  davlati  bilan  hukumatlararo  o’zaro  hamkorlik  qilish  to’g’risida 
shartnoma  imzolanadi.  Shartnomani  amal  qilish  davrida  A  davlati  tomonidan  o’z 
majburiyatlarini  to’liq  bajarmaslik  holatlari  ro’y  bera  boshlaydi.  Bunga  javoban  B 
davlati  A  davlati  tomonidan  bajarilmayotgan  majburiyatlar  yuzasidan  zarar  kelib 
chiqayotganlini va uni qoplash talabi bilan chiqadi. Bu hol ko’p takrorlanavergach, B 
davlati A davlatiga nisbatan Xalqaro sudga da’vo kiritadi. A davlati esa, o’z vajlarida 
o’rtada tuzilgan shartnoma boshidanoq haqiqiy bo’lmagan deb topilishi lozimligi va 
shu  asosda  tomonlar  majburiyatlardan  ozod  qilinishi  lozimligini  keltiradi.  Sababi  B 


58 
 
davlatining  huquqiy  rejimi  demokratiya  talablariga  javob  bermaydi  va  bu  jihat 
davlatning shartnoma layoqatiga ega emasligiga olib kelishini vaj qiladi. 
1)  Mazkur  shartnoma  haqiqiylik  shartlariga  javob  beradimi?  A  davlatining 
pozitsiyasi asoslimi? 
2)  Davlatning  shartnoma  tuzish  layoqati  nima,  uni  bekor  qiluvchi  asoslar 
qaysilar?  
 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish