“Shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipi. Xalqaro tizimning
mustahkamlanishi
bilan
shartnomalarning
mohiyati
ham
oshdi.
Shartnomalarga nisbatan munosabat davlatlarning xalqaro aloqalardagi
obro’-e’tiborida yanada asosli ravishda ahamiyat kasb etib bormoqda.
1
Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Действие международных договоров. -
М.: Волтерс Клувер, 2004. С.4.
2
YILC. 1966. Vol. II. Р. 211.
E’tibor bering!
Majburiyatlarini vijdonan bajarish printsipi (pacta sunt servanda)
nafaqat shartnomalarni, balki uning asosini tashkil qiluvchi xalqaro
huquqning odat normalarini ham qamrab oladi.
42
Aynan shu holat “shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipining
tasdiqlanishi va rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Bugun
barcha
asosiy
siyosiy
va
diniy
dunyoqarashlar
“shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipining mohiyatini e’tirof
etmoqda. Bundan kelib chiqqan holda shartnomalar haqidagi holat ham
shakllangan, ya’ni: “barcha davlatlar xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan norma va prinsiplariga, muvofiq, mavjud xalqaro shartnomalardan
kelib chiqqan majburiyatlarini vijdonan bajarishlari shart”. Bu vaziyatda
gap, eng avvalo. “shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipining
tarkibini aniqlab beruvchi imperativ norma haqida bormoqda.
Demak, davlatlarning suveren jihatdan tengligini tasdiqlash
“shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipiga ham ta’sir ko’rsatdi.
Barcha davlatlar xalqaro huquq oldida teng va teng darajadagi asosiy
huquq va majburiyatlarga ega. Barcha uchun umumiy va teng bo’lgan
majburiyat mavjud, bu davlatlarning xalqaro huquq normalariga amal
qilish majburiyati, shuningdek o’z manfaatlarini himoya qilish uchun
normalardan teng foydalanish huquqiga egalar. 1970 yildagi Xalqaro
huquq prinsiplari haqidagi deklaratsiyaning davlatlarning suveren tengligi
haqidagi bandida shunday deyiladi: “Har bir davlatlar o’z majburiyatlarini
to’liq va vijdonan bajarishlari shart va dunyoda boshqa davlatlar bilan
yashashsin”.
“Shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipi uchinchi davlat ham
shartnomaga zid keluvchi majburiyatlarini qabul qilishni taqiqlash bilan
aloqador bo’la oladi. Ayrim shartnomalar davlatlarning shartnoma
holatlarini uchinchi davlat tomonidan bajarilishini ta’minlash uchun chora-
tadbirlar ko’rishlari majburiyatini ko’rib chiqadi.
Masalan, 1949 yil tuzilgan Armiyada harakat qiluvchi yarador va bemorlar
ishtirokini yaxshilash haqidagi Jeneva Konvensiyasida tomonlar “har qanday
vaziyatda ham mazkur konvensiyaga amal qilishi va amal qilishga majbur qilishi”
haqidagi majburiyatni oldilar (1-modda).
“Shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipi tomonlarga tashqi va
ichki doirada jumladan huquqiy sohada o’z majburiyatlarini bajarish uchun
zaruriy chora-tadbirlarni ko’rish majburiyatini yuklaydi. Bundan kelib
chiqib tomonlar boshqa shartnomalarga zid keluvchi majburiyatlarni qabul
qilmaydi.
“Shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipining muhim elementi
bu – vijdoniylik prinsipi bo’lib, u xalqaro huquqda ham alohida
43
ahamiyatga ega
1
. Bu prinsipning ahamiyati, jumladan majburiyatlarni
bajarishdagi mohiyati ham Xalqaro Sud tomonidan ko’p bor belgilangan.
1986 yildagi Vena Konvensiyaning muqaddimasida ushbu prinsip
umume’tirofga sazovor bo’ldi deb belgilanadi. Vijdoniylik prinsipi
shartnomaviy munosabatlarni barqarorligini ta’minlaydi. Unga mos
ravishda bir tomondan faqat shartnomaning tub qoidalarini buzilishi
boshqa tomonning bir tomonlama shartnomani bekor qilinishiga asos bo’la
oladi.
Mazkur prinsip shartnomaning suiiste’mol qilinishiga qarshi harakat
sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Suiiste’mol qilish - shartnomadan
ziyon yetkazish maqsadida foydalanishni, tomonlarning qonuniy
manfaatlarini buzish, shartnomani bajarishdan bosh tortish kabilarni o’zida
aks ettiradi.
Shartnomani vijdonan bajarish prinsipi yana estopel (rad etish, qarshi
chiqish, huquqdan mahrumlik) bilan bog’liq. R.A.Kalamkaruan yozadi:
“Estopel prinsipining yuridik asosi vijdoniylik prinsipi hisoblanadi”
2
.
Bu prinsipga 1969 yil qabul qilingan Shartnomalar huquqi haqidagi
Vena konvensiyasining alohida moddasi bag’ishlangan: davlatlar
shartnomaning haqiqiy emasligiga yoki to’xtatilishiga, undan chiqishga
yoki shartnomani tugatilishiga asoslanish huquqiga ega emas agarda, unga
quyidagi faktlar ayon bo’lsa, ya’ni: “a) agar davlat sharoitdan kelib chiqib
shartnoma haqiqiy kuchini saqlab qolishi va amaldaligiga aniq rozilik
bergan bo’lsa yoki, b) davlat holatga bog’liq holda shartnomaning
haqiqiyligi, kuchini saqlab qolishiga yoki amalda qolishiga sukut saqlash
orqali rozilik bildirganlar qatoriga kiritilgan bo’lsa” (45-modda).
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda “shartnomalarga
amal qilinishi shart” prinsipi sezilarli darajada mustahkamlandi va shu
bilan birga uni izchillik bilan amalga oshirish vazifasi qiyinlashdi. Xalqaro
munosabatlarda shartnoma rolining oshib borishi ko’rib chiqilayotgan
prinsipga nisbatan katta e’bitor berilmoqda. U xalqaro huquqning boshqa
umumtan olangan prinsiplari bilan bevosita bog’liq bo’lib, uni bajarilishini
ta’minlaydi. Prinsip faqat amal qilishi shart bo’lgan talablarga javob
beribgina qolmay, balki vijdoniylik mohiyatini ham o’zida aks ettiradi.
1
Qarang: Эстоппель в международном публичном праве. М., 2001. Гл. 3/2; O'Connor J. Good Faith in International
Law. Dartmouth, 1991.
2
Каламкарyaн Р.А. Эстоппель как институт международного права//Юрист-международник. 2004. № 1. С. 10.
Do'stlaringiz bilan baham: |