Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   185
“depozitariy”)  instituti  edi.  Qirollar  yoki  imperatorning  vassallari  -  yirik 
feodallar, shartnomalarni o’zlarining senyorlari tomonidan aniq bajarilishi 
uchun  kafil  bo’lar  edilar.  Agar  qirol  shartnomani  buzsa,  saqlovchilar 
o’zining  vassallik  majburiyatlaridan  ozod  bo’lar  edilar  va  hattoki,  qurol 
kuchi  bilan  shartnomani  rioya  qilishga  majburlashi  mumkin  bo’lgan. 
Saqlovchilar instituti XV-XVI asrlardagi shartnomalarda ko’p uchraydi.  
Shartnomalar  muddatli  va  muddatsiz  tuzilar  edi.  Muddatsiz 
shartnomalarga odatda tinchlik shartnomalari kirar edi. Ular abadiy tuzilar 
edi,  misol  uchun  Rusda  shartnomalarning  muddatsiz  ekanligini  ko’rsatish 
uchun  “xali  quyosh  nur  sochar  va  butun  dunyo  yashar  ekan”,  kabi  
iboralardan foydalanilgan.
 
 
Ilk  o’rta  asrlarda  shartnomalarning  muddati,  bu  shartnomalarni 
tuzgan  qirollar,  knyazlar,  feodallarning  hayoti  davri  bilan  belgilanar  edi. 
Bunday  amaliyot  Rusda  XVI  asrgacha  saqlanib  qolgan.  Keyinchalik 
ularning  muddati  aniq  belgilab  qo’yilar  edi,  ya’ni  –  3,  5,  25  va  50  yil.  U 
ayrim hollarda nomuayyan muddatga cho’zilar edi
1
.
 
 
Xalqaro  shartnomaning  kuchga  kirishi  uchun,  uni  hukmdor 
tomonidan  ratifikatsiya  qilish  lozim  edi.  Ammo,  ayrim  hollarda, 
shartnomani kuchga kirishi tez amalga oshishi lozim bo’lgan hollarda esa, 
u ratifikatsiya qilingunga qadar ham kuchga kirishi mumkin bo’lgan.  
Misol uchun, 1737 yil 9 yanvardagi Turkiyaga qarshi urushda o’zaro yordam 
to’g’risidagi Rus-Avstriya konvensiyasi shular jumlasidan edi

Ratifikatsiya tantanali sharoitlarda amalga oshirilar edi. Rossiyada bu 
ruxoniy  shaxslar  va  boshqa  tomonning  elchilari  ishtirokida  amalga 
oshirilar edi.  
                                                 
1
 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.: 
Издательство «Зерцало», 2009.-С.19 


22 
 
O’rta 
asrlarda 
xalqaro 
shartnomalar 
deyarli 
muddati 
ko’rsatilmaganligi uchun kamdan kam bekor qilinar edi. Ular o’z kuchini 
boshqa  sabablarga  ko’ra  yo’qotar  edi.  Bu  davrdagi  shartnomalarda 
shartnomalarni  bajarish  muddati  aniq  bo’lmagan.  O’rta  asrlardagi  ayrim 
xalqaro shartnomalar hali ham kuchda
1

O’rta asrlarda ko’proq siyosiy (tinchlik to’g’risida, ittifoq to’g’risida, 
do’stlik va boshqa shu kabilar to’g’risida ) va savdo shartnomalari (bunday 
shartnomalar ko’payib borar edi) tuzilar edi. O’z mazmuniga ko’ra bunday 
shartnomalar tinchlik paytiga mo’ljallangan edi.  
 Shu  bilan  bir  qatorda,  o’rta  asrlarda  qurolli  mojarolarda  jabr 
ko’rganlarga  yordam  ko’rsatish  bo’yicha  qo’mondonlar  o’rtasida  jabr 
ko’rganlar  bilan  muomalada  bo’lish  to’g’risida  kelishuvlar  tuzila 
boshlandi.  1393  yili  Shvetsariya  kantonlari  o’rtasida  tuzilgan  Sempax 
kelishuvida ayollar va yaradorlarga xurmat ko’rsatilishiga kelishib olingan. 
Shuning  uchun  ham  mazkur  shartnoma  “Ayollarga  xat”  deb  nom  oldi. 
Unda  ayollarning  urushda  qatnashmasligi,  shuningdek  yaradorlarning 
daxlsizligi,  ularning  shaxsi  va  mulkiga  hurmat  qilish  mustahkamlab 
qo’yilgan.  Keyinchalik,  ya’ni  1581-1864  yillar  davrida  290  atrofida 
kelishuvlar tuzildi. 
1785  yilda  Buyuk  Fridrix  va  Benjamin  Franklin  o’rtasida  tuzilgan 
“Do’stlik  va  tinchlik  to’g’risidagi  shartnoma”  o’ziga  xos  namuna  bo’lib, 
unda  quyidagi  ibora  birinchi  bo’lib  ishlatila  boshlandi,  “Agar  mojaro 
chiqib  qolsa,  qamal  qilishdan  o’zlarini  tiyishga;  individlarni  himoya 
qilishga;  ma’lum  bir  vaqt  ichida  dushman  tomonning  fuqaro  shaxslariga 
mamlakatdan  chiqib  ketishga  imkoniyat  yaratib  berishga;  xarbiy  asirlarni 
boqish va ularni o’z soldatlari kabi darajada qarashga; ishonchli shaxslarga 
harbiy  asirlarni  ko’rishga  va  ularning  ahvollarini  yengillashtirishga, 
ma’naviy  qo’llab  quvvatlashga  ruxsat  berishga  ikki  kelishuvchi  tomonlar 
butun dunyo oldida majburiyat oladilar”
 2

O’rta  asrlarda  tinchlik  va  savdo  shartnomalarini  bekor  qilishning 
asosiy sabablari urushlar hisoblangan, urushlar o’rta asrlarda tez-tez bo’lib 
turar va shartnomalar esa, asosan ikki tomonlama edi. Urush urushayotgan 
tomonlar  o’rtasidagi  harakatda  bo’lgan  barcha  shartnomalarni  bekor  qilar 
edi.  Bunday  tamoyil  keyinchalik  harbiy  diffedatsiya  degan  nom  oldi. 
Xalqaro  shartnomani  bekor  qilish  turli  aks  etar  edi.  Kiev  Rusida 
                                                 
1
 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том 1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.: 
Издательство « Зерцало», 2009.-С.14 
2
 Становление Международного гуманитарного права. 
 
http://edu.tomsk.ru/teacher_help/mir/dop_mat/History%20of%20IHL.htm



23 
 
shartnomalar  “xoch  yorlig’i”  shaklida  tuzilar  edi,  elchining  “xoch 
yorlig’i”ni  yerga  tashlasa  va  ketsa,  xalqaro  shartnoma  bekor  qilingan 
hisoblanar  edi.  Keyinchalik  esa,  xorijiy  davlatga  shartnomani  bekor 
qilinganligi  to’g’risida  bildirilar  edi.  Urushni  e’lon  qilish  to’g’risidagi 
deklaratsiya ham shunday kuchga ega edi.  
O’rta  asrlarda  xalqaro  huquq  o’z  taraqqiyotining  navbatdagi 
bosqichiga  ko’tarilgan.  O’rta  asrlar  xalqaro  shartnomalar  huquqining 
o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat: 
 
birinchidan, 
xalqaro  huquq  va  uning  ta’limotlariga  dinning  ta’siri  katta  bo’lgan, 
xristianlik 
keng 
tarqalgan 
davlatlarda 
din 
davlatlararo 
munosabatlarda  etakchi  mavqega  ega  bo’lgan,  musulmon  xalqaro 
huquqi paydo bo’lgan; 
 
ikkinchidan, 
xalqaro shartnomalar huquqi rivojiga diniy-harbiy ittifoqlar sezilarli 
ta’sir ko’rsatgan; 
 
uchinchidan, 
xalqaro  savdo  va  iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanishi  ta’siri 
ostida  xalqaro  dengiz  huquqi  sohasi  kabi,  xalqaro  huquqning  yangi 
institutlari  va  sohalari  bilan  bir  qatorda  sohaviy  xalqaro 
shartnomalar rivojlangan; 
 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish