Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   185
E’tibor bering! 
Shartnomalar,  Qadimgi  Sharqda,  ular  tomonidan  e’tirof  etilgan 
akkad  tili  (vavilon  yozuvida),  qadimgi  Rimda  lotin  tilida  yozilgan. 
Qadimgi  Gretsiyada  qadimgi  grek  tili  va  uning  dialektlaridan 
foydalanilgan.  Shartnomalar  odatda  bitta  haqiqiy  nusxada  tuzilgan. 
Undan nusxalar qilingan va boshqa tillarga tarjima qilingan. 


16 
 
kumush  yoki  mis  taxtalarga  o’yib  yozilgan.  Masalan,  Afinadagi  Pallada 
ibodatxonasida Gretsiyaning davlat arxivlari joylashgan. Qadimgi Xitoyda 
alohida  Men  Fu  shartnomalar  saroyi  mavjud  bo’lgan.  Shartnomalar 
matnlari  bo’lgan  ustunlar  va  toshtaxtalar  boshqa  jamoat  binolarida  yoki 
maydonlarga  ham  qo’yilgan.  Bu  bilan  ular,  o’ziga  xos  chop  etilgan 
hisoblanar edi. Polibiyning aytishicha, yashirin shartnomalar ham tuzilgan. 
Agar  shartnoma  buziladigan  bo’lsa,  toshtaxalar  sindirilgan  yoki 
ibodatxonadan  olib  chiqarib  tashlangan.  Shartnomalarning  nomlari 
tangalar  va  medallarga  ham  yozilgan.  Odatda  ittifoq  bo’lgan  shaharlar 
to’g’risida,  bu  shaharlarning  homiysi  bo’lgan  xudolar  tasvirlari  bilan 
birgan  tangalar  saqlanib  qolgan.  Bunday  tangalar  tuzilgan  shartnomani 
tasdiqlagan  va  uni  bajarilishi  uchun  qo’shimcha  vosita  bo’lib  xizmat 
qilgan
1

Qadimda  shartnomalar  tez-tez  buzilib  turgani  uchun  ham,  ularga 
alohida  ahamiyat  qaratgan.  Shartnomalarni  ta’minlashning  asosiy  vositasi 
qasam  bo’lgan.    Qadimda,  shartnomalarning  garovi  sifatida  ko’pincha 
ayollar  va  bolalar  olingan.  Rimning  Suriya  podshosi  Antiox  III  bilan  er. 
av. 188 yildagi shartnomasida 20 nafar garovdagilar to’g’risida, er.av. 202 
yilda  esa,  Zam  yonidagi  jangdan  keyin  100  nafar  karfagenlik  Rimga 
berilgani to’g’risida, er.av.149 yilda Karfagen yengilgandan so’ng esa, 300 
nafar  shaxsning  garovga  berilganligi  to’g’risida  shartnomada  keltiriladi. 
Garovdagilar  shartnoma  shartlari  bajarilgandan  keyin  yoki  muddat 
tugaganidan  daxlsiz  hisoblangan  va  o’z  vatanlariga  qaytishi  mumkin 
bo’lgan. 
Shartnomalarni  bajarilishini  ta’minlashning  boshqa  usullari  ham 
uchrab  turar  edi:  shartnomani  buzganlar  uchun  moliyaviy  jarima 
(Hindiston,  Gretsiya),  uchinchi  davlatlarning  kafolati,  shartnoma  tuzgan 
davlatlardagi  hukmronlik  qiluvchi  sulolalarning  a’zolari  o’rtasidagi  nikoh 
qurish (Hindiston).  
Xalqaro  shartnomalarning  muddati  bo’yicha  muayyan  muddatli  va 
muddatsiz  shartnomalarga  bo’lingan.  Rim  shartnomalari,  uning  boshqa 
mamlakatlar  ustidan  hukmronligini  mustahkamlashga  xizmat  qilar  edi, 
shuning  uchun  ham,  bunday  shartnoma  “abadiy  muddatga”  tuzilar  edi.  
Yarashuv to’g’risidagi shartnomalar, bundan istisno bo’lib, ular 10, 15 va 
hattoki  100  yilga  tuzilar  edi
2
.  Qadimgi  greklar  esa,  “unga  avlodlari 
                                                 
1
 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н.  Шестаков. М.: 
Издательство«Зерцало», 2009.-С.12 
2
 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.: 
Издательство «Зерцало», 2009. –С.14.  


17 
 
bog’lanib qolmasligi uchun” abadiy yoki muddatsiz shartnoma tuzmas edi, 
biroq, ularning muddati 30, 50, 100 yilga cho’zilar edi.  
Qadimgi  shartnomalar  vaqti  tugatish  bilan  to’xtatilar  edi.  Odatda, 
undan  oldin,  biror  bir  nizo  chiqib,  u  urushga  olib  kelsa,  urushayotgan 
davlatlar o’rtasidagi barcha shartnomalarni bekor bo’lishiga olib kelar edi.  
Ayrim hollarda urushning tugashi bilan shartnomalar qayta tiklangan. 
Tomonlar ayrim hollarda shartnoma shartlarini qayta ko’rib chiqishgan.  
Misol  uchun,  Rimning  er.av.493  yili  boshqa  lotin  shaharlari  bilan  tinchlik 
shartnomasi,  Afina  bilan  Sparta  o’rtasida  er.av.421  yildagi  tinchlik  shartnomasi, 
Afinaning  Argos,  Mantiney  va  Elida  bilan  er.av.  420  yildagi  tinchlik  shartnomalari 
shular jumlasidandir.
  
Qadimgi 
Gretsiya, 
Xindiston, 
Xitoylik 
faylasuflar 
xalqaro 
shartnomalarning  majburiyligini,  hattoki,  dushmanga  berilgan  so’zning 
bajarilishi  lozimligi  bilan  asoslangan.  Agar,  hozirgi  davr  nuqtai  nazardan 
aytsak,  xalqaro  huquqning  asosiy  prinsiplaridan  biri  bo’lgan  pacta  sund 
servanda,  ya’ni  majburiyatlarning  vijdonan  bajarilishi  lozimligi  prinsipi 
o’sha davrdan boshlab shakllangan.  
Shartnomani  bir  tomondan  buzilishi,  uning  ikkinchi  tomoni  uchun 
undan  voz  kechishga  huquq  bergan.  Shuningdek,  vaziyatning  tubdan 
o’zgarishi  munosabati  bilan  shartnomani  bir  tomonlama  bekor  qilish 
imkoniyati  to’g’risidagi  gaplar  ham  uchraydi.  “Agar  vaziyat  etoliyliklar 
ittifoq  tuzilgan  vaqtdagidek  qolsa,  sizning  siyosatingiz  ham  shunday 
qolishi  kerak.  Bu  birinchi  shart.  Ammo,  agar  ular  butunlay  o’zgarsa, 
umuman  yangi  vaziyat  tufayli  talab  qilingan  talablardan  ozod  bo’lsangiz, 
bu holat adolatli va zararsiz bo’ladi”, deb aytadi, muallif Latsisk
1

Qadimgi  Xindistonda  xalqaro  shartnomaga,  dastlabki  ta’rif  berishga 
harakat qilingan, ya’ni xalqaro shartnoma “suverenlarning bilan biri bilan 
munosabatlarini bog’laydi”
2

Qadimgi  dunyo  xalqaro  shartnomalar  huquqining  o’ziga  xosliklari 
quyidagilardan iborat bo’lgan: 
 
birinchidan, 
Xalqaro shartnomalar asosan ikki tomonlama bo`lgan; 
ikkinchidan, 
Xalqaro  huquq  asosan  odat  huquqi  normalaridan  iborat  bo`lib, 
ularda diniy xususiyat ko`proq kasb etgan; 
uchinchidan, 
Xalqaro shartnomalar ko’proq urush olib borishning qonunlari va 
odatlarining  adolatli  bo’lishi,  urushda  jabr  ko’rganlarni  himoya 
qilish,  shartnomalarga  rioya  qilish,  chet  elliklarga  nisbatan 
                                                 
1
 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н.  Шестаков. М.: 
Издательство «Зерцало», 2009.-С.14 
2
 O’sha joyda. 


18 
 
mehmondo’st  munosabatda  bo’lish,  ajnabiylarni  himoya  qilish, 
xorijiy  davlatlar  elchilarini  haqorat  qilmaslik,  chet  elliklar  bilan 
nikoh tuzmaslik kabi institutlar kiradi 
 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish