Халкаро шартномалар хукуки


 Xalqaro shartnomalarning nisbiy haqiqiy emasligi



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   185
9.2. Xalqaro shartnomalarning nisbiy haqiqiy emasligi 
 
a)  Shartnomalarni  tuzish  vakolatlariga  tegishli  davlat  ichki 
huquqi normalari va xalqaro tashkilot qoidalari. 
Gap  o’ta  jiddiy  muammo  haqida  bormoqda.  Bir  tarafdan,  davlatlar 
o’z  mustaqilligi  tufayli  shartnomalarni  tuzishda  o’z  organlarining 
vakolatlarini  belgilash  huquqiga  ega.  Xuddi  shu  asosda  davlatlar  xalqaro 
tashkilotlarning  shartnomalar  tuzish  vakolatlariga  tegishli  qoidalarni 
belgilab  berish  huquqiga  ega.  Ammo,  boshqa  tarafdan  davlat  huquqiy 
tizimi  turlicha  bo’lgan  boshqa  davlatlarning  tizimini  anglash  ancha 
mushkul
1
.  Ularga  bunday  majburiyatni  yuklash  shartnoma  taqdirini  ichki 
huquqiy  tizim  xususiyatlariga  tobe  qilib  qo’yishni  bildirishi  mumkin. 
Ushbu  holatni  hisobga  olib,  konstitutsiyaviy  cheklovlar  qay  tarzda  bu 
huquqqa  ega  bo’lgan  davlat  vakilining  xalqaro  huquq  bo’yicha 
shartnomaga  berilgan  kelishuvi  haqiqiy  kuchga  ega  ekanligiga  ta’sir 
ko’rsatishi mumkinligini aniqlash zarur.  
Bu masala gohida katta amaliy ahamiyat ham kasb etadi.  
Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin ayrim kelishuvlarning qonuniyligiga 
e’tiroz bildirishlar bo’lgan, shulardan  harbiy  harakatlarni  olib  borish  va  urushdan 
keyingi tuzum  uchun muhim  ahamiyatga  ega bo’lgan Yalta  va Potsdam  kelishuvlari 
shular jumlasidandir.  Unga  ko’ra Yalta kelishuvlarining  mazmun  mohiyatidan kelib 
chiqib, AQSH prezidenti uni senat bilan kelishishi zarur edi, deb ta’kidladi
2

Aksariyat  boobro’  olimlar  shartnoma  kelishuvi  konstitutsiyaviy 
tartibning  buzilishi  uni  davlat  uchun  majburiy  emas  qilib  qo’yishini 
isbotlardi.  Shu  fikrni  G.  Trippel,  A.  Gefter,  M.Shyuking,  L.Oppengeym, 
G. Lauterpaxt, Sh.Russo, P. Shelli, S.Krandall, S.de Visherlar bildirishgan. 
Shartnomalar  to’g’risidagi  1928  yilgi  Gavana  konvensiyasiga  ko’ra, 
shartnomalar  davlatning  vakolatli  ma’murlari  tomonidan  “uning  ichki 
huquqiga  muvofiq”  tuzilishi  kerak.  Xuddi  shunga  o’xshash  pozitsiya 
Shartnoma  huquqi  haqidagi  Garvard  loyihasida  ham  bayon  etilgan.  (21  –
modda).  
Bunday  qoida  shartnomalarning  barqarorligini  ta’minlay  olmasligini 
e’tiborga  olgan  ayrim  mualliflar  davlatning  ichki  huquqiga  muvofiq 
                                                 
1
  Qarang:  BMT  shu  masala  bo’yicha  hujjati.  United  Nations  Legislative  Series.  Law  and  Practices  conclusions  of 
Treaties (ST/LEG/SER.B/3) 
2
 Q.: Pan S .Legal Aspects of Jalta  Agreements // AJIL.1952.No.1 


152 
 
tuzilmagan  shartnoma  xalqaro  maqomga  ega  bo’lishi  mumkin,  ammo  u 
mamlakat  ichida  bajarilmaydi  deb  hisoblaydi  (G.Ellinek,  E.Zeligman, 
I.Unger)
1
.  Mamlakat  doktrinasida  bu  g’oyani  M.M.Gorovtsev,  S.A. 
Kotlyarevskiy qo’llab quvvatlagan
2

Keltirilgan  kontsepsiyaning  mantiqsizligi  aniq.  Shartnoma  nafaqat 
xalqaro sohada, balki davlat ichida ham majburiy bo’lishi mumkin. “Agar 
xalqaro  shartnomani  kontragent  –  davlatlar  ichida  bajarish  mumkin 
bo’lmasa,  xalqaro  shartnomaning  xalqaro  –  huquqiy  kuchga  ega  ekanligi 
haqida 
gapirish 
behuda 
va 
quruq 
savsatadir”, 
deb 
yozgan 
V.N.Durdenevskiy
3
.  Haqiqatdan,  mamlakat  ichida  amalga  oshmaydigan 
bunday  nomukammal  shartnomalar  xalqaro  huquqqa  mos  kelishi 
amrimahol, chunki hozirgi paytda shartnomalarning katta qismi mamlakat 
ichidagi voqealarga aloqador. 
Ikkinchi  kontsepsiyaning  mohiyati  shundan  iborat  ediki,  shartnoma 
qabul qilinishining konstitutsiyaviy tartibi davlatning ichki ishi hisoblanadi 
va  u  shartnomani  amalga  oshishini  ta’minlaydi.  Boshqa  davlatlar  bu 
tartibni  amalga  oshirishda  aralashish  huquqiga  ega  emas,  shuning  uchun 
davlatning  qonuniy  vakili  tomonidan  qabul  qilingan  shartnoma  ichki 
huquqning  u  yoki  bu  chekinishlaridan  qatiy  nazar  bajarilishi  shart  deb 
hisoblanadi.  
Shu  bilan  birga  shartnomalarni  tuzishga  oid  bo’lgan  ichki  huquqni 
butunlay  e’tiborga  olmaslik  ham  noto’g’ri  bo’lar  edi.  Bu  davlat  irodasini 
aks  etmagan  shartnomalarni  tuzishga  keltirishi  mumkin  edi.  Shuning 
uchun  ayni  xalqaro  huquq  ichki  huquqning  buzilishi  qaysi  holatlarda 
shartnomaning  kuchga  ega  ekanligiga  e’tiroz  bildirish  uchun  unga 
murojaat qilishga asos bo’lishini belgilab beradi.  
Xalqaro  huquqning  ustunligini  tan  olgan  ayrim  mualliflar,  agar 
davlat  o’z  konstitutsiyaviy  cheklovlariga  murojaat  qilishdan  yoki 
shartnomadan kelib chiquvchi huquqlardan foydalanishdan oldin muayyan 
bir  vaqt  o’tsa,  unda  u  yoki  bu  cheklovlarga  murojaat  etish  huquqidan 
mahrum  bo’ladi.  (estoppel  prinsipi).  Bu  kontsepsiyani  hamma  ham  qabul 
qilmaganligi  sababli,  doktrinada  yangi  kontsepsiya  vujudga  keldi,  unga 
ko’ra  konstitutsiyaviy  tartibning  faqat  asosiy  buzilishlarigina  xalqaro-
huquqiy ahamiyat kasb etadi. 
                                                 
1
Qarang:  Unger  I.  Uber  die  Gultigkeit  von  States  vertragen  //  Zeitschrift  fur  das  privat  und  offenliches  Recht  der 
Gehenwart 
2
 Qarang: Gorovtsev A.M. Xalqaro huquq  bilan bog’liq huquq haqida tahlimotning ayrim asosiy munozarali masalalari 
3
 Qarang: Durdenevskiy V.N. Sovet Ittifoqi konstitutsiyaviy huquqida xalqaro shartnomalar. B. 22 


153 
 
Xalqaro  sud  amaliyoti  aytilganlar  bo’yicha  bir  qator  dalillarga  ega. 
1933 yil Xalqaro sudning Doimiy palatasi tomonidan Sharqiy Grenlandiya 
haqidagi  ish  ko’rilayotganda,  Norvegiya  o’z  tashqi  ishlar  vazirining 
bayonoti  bajarilish  kuchiga  ega  emas  deb  tasdiqladi,  chunki 
Konstitutsiyaga  muvofiq  muhim  masalalar  bo’yicha  vakolatlar  davlat 
Kengashiga  kiritilgan  bo’lishi  va  u  tomondan  tasdiqlangan  qirol  aktiga 
asoslangan  bo’lishi  kerak.  Palata  o’z  qarorida  Norvegiya  konstitutsiyaviy 
huquqining kelishuvning haqiqiy kuchga ega ekanligiga ta’sirini e’tiborga 
olmay,  uni  ish  uchun  ahamiyatsiz  deb  hisobladi.  Palata  xalqaro  huquqda 
tashqi  ishlar  vaziri  davlat  irodasini  ifodalash  uchun  majburiyatlarni  qabul 
qilishda  vakolatli  deb  belgiladi.  Bu  holatda  huquqqa  zid  bo’lgan  holat 
sifatida Grenlandiyaning bosib olishi to’g’risidagi Norvegiyaning bayonoti 
va unga tashqi ishlar vaziri ham rozilik bildirishi asosli deb tan olinmaydi
1


Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish