Халкаро шартномалар хукуки


MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   185
 
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 
 
1. 
O’zbekiston  Respublikasi  qo’shilgan  istalgan  inson  huquqlariga  oid  bo’lgan 
xalqaro shartnomani monitoringiga taaluqli bo’lgan masalalarni izlab topish va tahlil qilish. 
Ish shakli – nazorat ishi (esse). 


147 
 
IX. XALQARO SHARTNOMALARNI HAQIQIY EMAS DEB 
TOPISH 
 
(yuridik fanlar nomzodi Azimov Mirvohid Mirilyasivich) 
 
Annotatsiya.  Mazkur  bobda  xalqaro  shartnomani  haqiqiyligi,  haqiqiy  emas 
deb  topish  tushunchasi,  xalqaro  shartnomani  haqiqiy  emas  deb  topish  shartlari  va 
turlariga bag’ishlangan masalalarini o’rganiladi. 
 
9.1. Xalqaro shartnomalarning haqiqiyligi va haqiqiy emasligi 
 
 
Mazkur  masalaga  1969  yildagi  Xalqaro  shartnomalar  huquqi 
to’g’risidagi  Vena  Konvensiyasida  belgilangan  “Umumiy  qoidalar” 
bo’limining 1-moddasida “Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish, 
amal qilishini tugatish va to’xtatib turish” nomli qismida o’z aksini topgan. 
Haqiqiy  deb  topish  tushunchasi  BMT  Xalqaro  huquq  komissiyasi 
tomonidan  yoritib  berilmagan,  ammo  uni  tushuntirib  berish  borasidagi 
harakatlari bo’lgan. 
X. Lauterpaxt (A/CN.4/63) birinchi ma’ruzasining 10-16 moddalari 
va uning ikkinchi ma’ruzasining 16-moddasi (A/CN.4/87) shu tushunchani 
yoritib berishga bag’ishlangan. Dj. Fitsmoris ham bu tushunchaga o’zining 
uchinchi ma’ruzasida (A/CN.4/115) alohida e’tibor qaratgan. Haqiqiy deb 
topish  tushunchasi  shartnomalarni  haqiqiy  emas  deb  topish  mumkin 
bo’lgan  barcha  masalalarda  qo’llaniladi,  bunda  davlatlar  o’zlarining 
shartnoma tuzish huquqiga ega ekanligiga nisbatan cheklovlardan tashqari 
davlat  vakillarining  vakolatlari  bo’yicha  konstitutsiyaviy  cheklovlarni  o’z 
ichiga oladi
1
.
 
A.N.Talalaev  fikriga  ko’ra,  “Haqiqiylik  tushunchasi  qonuniylik 
tushunchasidan  kengroq,  bu  xalqaro  shartnomaning  nafaqat  xalqaro 
huquqqa  moslik  jihati,  balki  unda  xalqaro  huquqiy  sub’ektivlikka  ega 
bo’lgan  tomonlarning  mavjudligi,  ularning  roziligi  va  boshqa  jihatlari 
bo’yicha xalqaro shartnomaning huquqiy  mukammalligidir
2
.  I.I.Lukashuk 
ta’kidlashicha,  bu  fikrga  to’liq  qo’shilib  bo’lmaydi.  Huquqiy 
                                                 
1
 Qarang:YILC.1963.Vol.II.P.38 
2
 Венская конвенция о праве международных договоров. Комментарий. М.:, 1997. - С.116. 


148 
 
sub’ektivlikka  ega  bo’lish,  xohish  –  irodalar  kelishuvining  mavjudligi 
xalqaro huquq tomonidan ham tartibga solinadi
1

Vena  konvensiyalariga  ko’ra,  shartnomaning  haqiqiyligi  shartnoma 
normalarga  muvofiq  tuzilganligi  va  ular  tomonidan  o’rnatilgan  tartibda 
e’tiroz  bildirilish  mumkinligini  anglatadi.  Shartnomalarga  nisbatan 
haqiqiylik  prezumpsiyasi  mavjud  –  har  bir  shartnoma  u  Konvensiyalar 
tomonidan o’rnatilgan normalar asosida boshqacha holat isbotlanmagunga 
qadar  haqiqiy  hisoblanadi.  Vena  konvensiyalariga  muvofiq  shartnoma 
haqiqiyligi  yoki  shartnoma  majburiyligiga  rozilik  masalalariga  faqat 
Konvensiyalarni 
qo’llash 
asosida 
e’tiroz 
bildirilishi 
mumkin. 
Shartnomaning  amal  qilishini  tugatish,  uning  denonsatsiyasi  yoki  undan 
ishtirokchining  chiqishi  faqat  shartnomaning  o’zini  yoki  Konvensiyalarni 
qo’llash natijasida amalga oshishi mumkin. Bu qoida shartnomaning amal 
qilishini to’xtatib turishda ham qo’llaniladi (42 - modda). 
Doktrinada  shartnomaning  bajarilishi  natijasida  uni  tugatish 
to’g’risidagi  masala  muhokama  qilindi.  Ayrim  olimlar  shartnoma  o’z 
faoliyatini  uni  bajarilishi  natijasida  tugatish  mumkin  deb  hisoblaydi 
(masalan,  Ansilotti,  Foshil).  Boshqalar  bu  holatga  o’z  e’tirozlarini 
bildirgan,  ular  orasida  Fismoris  ham  bor
2
.  Shartnomalar  aniq  harakatni 
amalga  oshirish  maqsadini  ko’zlasa,  ularni  bajarilishi  natijasida  tugatish 
masalasi  ko’riladi.  Biroq,  bunday  holatlarda  ham  davlatlar  bajarilgan 
shartnomani tugatish bo’yicha tasdiqlovchi  maxsus aktlarni qabul qilishni 
ma’qul  ko’radi.  Vena  konvensiyalari  ijroni  shartnomaning  tugatilish 
vositasi sifatida nazarda tutmaydi.  
Shartnoma  tugatilishi  mumkin,  lekin  ayrim  o’z  qoidalarini 
harakatda qoldirishi mumkin. 
Shartnoma  faoliyatini  haqiqiy  emas  deb  topish,  tugatish  yoki 
to’xtatib  qo’yish  ushbu  shartnomadan  qat’iy  nazar  davlat  yoki  tashkilot 
majburiyatlari  uchun  kuchga  ega  bo’lgan  xalqaro  huquq  normalariga 
muvofiq  shartnomada  belgilangan  har  qanday  majburiyatni  bajarish 
to’g’risidagi davlat yoki tashkilot majburiyatlarini qamrab olmaydi.  
                                                 
1
 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров 
- М.: Волтерс Клувер, 2006. - C. 86 
2
 Qarang: Fitzmaurice G. Second Report on the Law of Treaties. P.46. 108 
Shartnoma  uni  tuzish  tartibi  to’g’risidagi  moddalarning  buzilishi 
natijasida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 


149 
 
Bunday majburiyatlar xalqaro huquqning odat normalaridan hamda 
boshqa  shartnomalardan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  hisoblanadi.  Bu 
qoida  aksiomatik  (isbot  talab  qilmaydigan)  xarakterga  ega.  Muayyan 
shartnomaning  tugatilishi  xalqaro  huquqning  boshqa  manbalari  bo’yicha 
majburiyatlarga ta’sir ko’rsatmaydi. 
Shartnoma  qoidalarining  bo’linish  imkoniyatlarini  tan  olgan  holda, 
davlatlar  shartnoma  qoidalarining  yaxlitligi  Vena  konvensiyasini 
qo’llashda  ham  asosiy  norma  ekanligini  ta’kidlashdi.  Shunga  muvofiq, 
Vena  konvensiyalarida  tan  olingan  shartnomani  haqiqiy  emas  deb  topish 
yoki  shartnoma  faoliyatini  tugatish,  undan  ishtirokchining  chiqishi  yoki 
uning  harakatini  to’xtatib  qo’yish  asoslari  bilan  bog’liq  barcha  holatlar 
faqat butun shartnomaga nisbatan qaratilishi belgilab qo’yildi. 
So’ngra  44.2  va  60-moddalar  loyihasida  nazarda  tutilgan 
qoidalardan  istisno  holatlar  keltirilgan,  ular  shartnomaning  buzilishi 
natijasida  shartnomaning  amal  qilishini  tugatish  yoki  uning  harakatini 
to’xtatib qo’yishga bag’ishlangan.  
44.3-moddaning  bandlari  rad  etish  uchun  asos  faqat  ayrim 
qoidalarga taaluqli bo’lgan imkoniyatlarni nazarda tutadi. Ularga faqat shu 
qoidalarga nisbatan murojaat qilish mumkin, qachonki:  
a)  ko’rsatilgan  qoidalar  shartnomaning  qolgan  qismidan  ularning 
qo’llanishiga ko’ra ajratilgan bo’lsa;  
b)  shartnomadan  ko’rinib  turibdiki,  bu  qoidalarning  qabul  qilinishi 
boshqa  ishtirokchi  yoki  boshqa  ishtirokchilarning  butun  shartnoma 
majburiyatiga roziligi muhim asos bo’lmagan;  
v) shartnomaning qolgan qismi bajarilishi adolatli bo’larmidi. 
Shartnomaning  bo’linishi  uni  haqiqiy  emas  deb  topish  sabablariga 
bog’liq.  
Agarda  gap  aldov  yoki  pora  berish  yo’li  bilan  o’ziga  og’dirish 
haqida  borsa,  tomon  butun  shartnomadan  yoki  yuqorida  keltirilgan 
qoidalarga muvofiq uning ayrim qoidalaridan voz kechishi mumkin (44.4 -
modda). 
Agarda gap davlat yoki davlat vakilini majburlash hamda imperativ 
normalarga  zid  holat  haqida  borsa,  shartnoma  qoidalarining  bo’linishiga 
yo’l  qo’yilmaydi  (44.4  -modda).  Bunday  holatlarda  shartnoma  boshidan 
ahamiyatsiz hisoblanadi. 
O’ziga e’tiborni tortgan fakt shundan iboratki, shartnoma bo’linishi 
xalqaro  huquqda  mavjud  imperativ  normalarga  zid  bo’lgan  qoidalar 
asosida  tuzilgan  shartnomalarga  tegishli  emas.  Bunday  shartnomalar 


150 
 
boshdan  haqiqiy  bo’lmagan.  Komissiya  fikricha,  shartnoma  uni  tuzishda 
mutlaq haqiqiy bo’lsada, lekin ayrim uning qarorlari qayta yuzaga kelgan 
imperativ 
normalarga 
zid 
kelayotgan 
shartnomalarga 
boshqacha 
yondashuv qo’llanishi kerak deyiladi. 
Agar  bunday  hollarda  mazkur  qarorlar  shartnomadan  tegishlicha 
ajratilsa,  shartnomaning  qolgan  qismi  haqiqiy  deb  qabul  qilinishi  kerak. 
Bu holda ularga nisbatan belgilangan bo’linish tamoyili qo’llaniladi.  
Shartnomaning  haqiqiy  emas  deb  topilishi  uni  haqiqiyligi  bilan 
uzviy  bog’liq.  Ikkala  tushuncha  ham  bir  vaqtda  rivojlangan.  Shu  bilan 
birga  shartnomaning  haqiqiy  emas  deb  topilish  tushunchasi  o’z 
xususiyatlariga ega. Oldin har bir shartnoma, hattoki aldov va zo’ravonlik 
yo’li bilan majburlashni o’z ichiga oluvchi shartnomalar ham haqiqiy emas 
deb  hisoblanmagan.  Shartnomaning  haqiqiyligi  to’g’risida  XIX  asrdan 
gapira boshlangan. 
Yuqorida  aytilganlardan  shunday  xulosa  qilish  mumkinki,  xalqaro 
huquq  doktrinasida  shartnomalar  haqiqiy  emas  deb  topilishining  turli 
konsepsiyalari  mavjud  bo’lgan.  Holat  1969  yil  Shartnomalar  huquqi 
to’g’risida Vena konvensiyasi qabul qilingandan so’ngina o’zgargan.  
Shartnomaning  haqiqiy  emasligi  nisbiy  va  mutloq  bo’ladi.  Nisbiy 
haqiqiy  emaslik  shartnomani  e’tirozli  qiladi,  chunki  zarar  ko’rgan  davlat 
uning haqiqiy emasligini isbotlashi yoki munozarali holatlar mavjudligiga 
qaramasdan uning amalda bo’lishiga rozi bo’lishi mumkin. Bu esa bunday 
hollarda  estoppel  qoidasi  qo’llanishi  mumkinligini  anglatadi.  Nisbiy 
haqiqiy emaslik quyidagi holatlarda yuzaga keladi: 

shartnomalarni tuzish vakolatlariga ega davlat ichki huquqining 
o’ta muhim normalari va xalqaro tashkilot qoidalarining aniq buzilishi; 

davlat  va  xalqaro  tashkilot  roziligini  ifodalovchi  huquqiy 
vakolatlarning maxsus cheklovlari doirasidan chetga chiqilishi; 

xato; 

aldov; 

davlat  yoki  xalqaro  tashkilot  vakiliga  pora  berib  o’z  tomoniga 
og’dirib olish. 
Mutloq  haqiqiy  emaslik  shartnomaning  boshidan  hech  qanday 
kuchga  ega  emasligini,  uning  noto’g’ri  tuzilganligini  bildiradi.  Mutloq 
haqiqiy emaslikni keltirib chiqaruvchi holatlar: 

davlat yoki xalqaro tashkilot vakilini majburlash; 

davlat  yoki  xalqaro  tashkilotni  kuch  ishlatish  xavfi  yoki  uni 
qo’llash bilan majburlash; 


151 
 

shartnomaning  umumiy  xalqaro  huquq  imperativ  normalariga 
zidligi. 
 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish