Халкаро шартномалар хукуки


 Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   185
 
8.3. Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni 
bajarishning milliy monitoringi va uni amalga oshiruvchi sub’ektlar 
 
Xalqaro 
shartnomalardan 
kelib 
chiqadigan 
majburiyatlarni 
bajarishning  milliy  monitoringi  –  xalqaro  shartnomalar  va  milliy 
qonunchilikni  huquqni  qo’llash  amaliyotini  o’rganishga  qaratilgan  keng 
qamrovli  jarayon  hisoblanib,  uning  natijasida  parlament  tomonidan 
                                                 
1
 Ғуломова Д.  Ўзбекистон Хотин-қизлар қўмитасининг аёллар ҳуқуқлари мониторингини ўтказиш жамиятда ва 
оилада улар мақомини ошириш юзасидани фаолияти // Инсон ҳуқуқлари мониторинги. Тўплам. Т.: Ўзбекистон 
миллий энциклопедияси, 2004. -Б.172. 


141 
 
ratifikatsiya  qilinib,  milliy  qonunchilikning  tarkibiy  qismiga  qirgan 
xalqaro shartnomalar va ular asosida milliy qonunchilikning normalariga 
huquqni  qo’llash  amaliyotiga  qanchalik  rioya  qilinayotganligiga,  bu 
huquqni  qo’llash  amaliyotidagi  yutuqlar,  tajribalar  hamda  muammolarni 
o’rganish  orqali  huquqni  qo’llash  amaliyotini  yanada  takomillashtirish 
hamda  milliy  qonunchilikni  rivojlantirish  bo’yicha  taklif  va  tavsiyalar 
ishlab chiqiladi.  
Xalqaro  shartnomalarni  bajarilishining  ichki  monitoringi  sub’ektlari 
to’g’risida fikr yuritilganda, ularga davlat hokimiyati organlari va nodavlat 
notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, kabi fuqarolik jamiyati 
institutlarini kiritish mumkin.  
Davlat  hokimiyati  sub’ektlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan 
monitoringiga quyidagi monitoringlarni kiritish mumkin:  
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Аmaldagi  qonun 
hujjatlari monitoringi instituti tomonidan; 
Qonunchilik  palatasi  va  Senat  qo’mitalari,  shuningdek  Oliy 
Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) tomonidan (ijro 
etuvchi  hokimiyat  organlarining  faoliyati  ustidan  parlament  nazorati 
doirasida amalga oshiriladi); 
Vazirlar 
Mahkamasining 
Huquqiy 
ekspertiza 
va 
xalqaro 
shartnomalar boshqarmasi Xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o’tkazish 
va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo’limi tomonidan; 
idoraviy yoki idoralararo monitoring sub’ektlari (xalq ta’limi, oliy va 
o’rta maxsus ta’limi vazirligi, sog’liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy 
himoya qilish, ichki ishlar vazirliklari va boshqalar) tomonidan; 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan; 
Inson  huquqlari  bo’yicha  O’zbekistonning  milliy  ma’ruzalarini 
tayyorlash jarayonida Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi 
Milliy markazi tomonidan; 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  huzuridagi  Sud  qonunchiligini 
demokratlashtirish  va  liberallashtirish  hamda  sud  tizimi  mustaqilligini 
ta’minlash  bo’yicha  tadqiqot  markazi,  kabi  davlat  organlari  tomonidan 
amalga oshiriladigan monitoring.  
Fuqarolik jamiyati institutlari, asosan tegishli yo’nalishdagi NNT va 
fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  tomonidan  amalga 
oshiriladi
1
.  
                                                 
1
Бакаева  Ф.,  Тиллабаев  М.  Бола  ҳуқуқлари  мониторинги.  Ўқув-услубий  қўлланма  /Масъул  мухаррир 
А.Х.Саидов. –Т.: Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Миллий маркази, 2011. –Б.9 


142 
 
Xalqaro  shartnomalarni  bajarish  ustidan  milliy  monitoringni  amalga 
oshirishda avvalombor, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati, 
Oliy  Majlis  palatalari  qo’mitalari  va  Tashqi  ishlar  vazirligi  muhim 
ahamiyat kasb etadi.  
O’zbekiston  Respublikasi  Hukumati,  vazirliklar  va  idoralar, 
O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  bilan  tartibga 
solinadigan  masalalar  vakolat  doirasiga  kiradigan  boshqa  davlat  organlari 
shartnoma 
bo’yicha 
O’zbekiston 
tomonidan 
qabul 
qilingan 
majburiyatlarning  bajarilishini  ta’minlaydilar,  bunday  shartnomalardan 
kelib  chiquvchi  O’zbekiston  Respublikasiga  tegishli  huquqlarni  amalga 
oshirilishini va shartnomalar boshqa ishtirokchilarning o’z majburiyatlarini 
bajarishini  kuzatib  boradilar  yoki  boshqacha  so’z  bilan  aytganda, 
monitoring qiladilar. 
O’zbekiston  Respublikasining  barcha  xalqaro  shartnomalarning 
bajarilishini Tashqi ishlar vazirligi kuzatib boradi. 
Xalqaro  shartnomalar  bajarilishi  bo’yicha  monitoring  “O’zbekiston 
Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  to’g’risida”gi  Qonunining  28-29 
moddalari asosida amalga oshiriladi. Jumladan, 28-moddada, O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga 
muvofiq  respublika  tomonidan  tuzilgan  shartnomalarga,  bitimlarga  va  u 
qabul  qilgan  majburiyatlarga  rioya  etilishini  ta’minlash  bo’yicha  kafolat 
ekanligi ko’rsatib o’tilgan. 
Mazkur 
normada, 
O’zbekiston  Respublikasi  Hukumatining 
O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalarini  bajarish  chora-
tadbirlarini  ishlab  chiqishi  va  O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro 
shartnomalari  bo’yicha  majburiyatlarning  bajarilishi  uchun  mas’uliyat 
yuklatiladigan  vazirliklar,  idoralar  va  mansabdor  shaxslarni  belgilash 
bo’yicha  vakolati  mustahkamlangan.  Shuningdek,  hukumat  O’zbekiston 
Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  bo’yicha  majburiyatlarning 
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
Vazirliklar  va  idoralar,  O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro 
shartnomalari  bilan  tartibga  solinadigan  masalalar  vakolat  doirasiga 
kiradigan  boshqa  davlat  organlari  shartnoma  bo’yicha  O’zbekiston 
tomonidan  qabul  qilingan  majburiyatlarning  bajarilishini  ta’minlaydilar, 
bunday  shartnomalardan  kelib  chiquvchi  O’zbekiston  Respublikasiga 
tegishli  huquqlarning  amalga  oshirilishini  va  shartnomalar  boshqa 
ishtirokchilarining o’z majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradilar. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish