Yana bir misol, homilador ayollarni yengilroq ishga ko’chirish bilan bog’liq
imtiyoz, homilador ayolning va kutilayotgan go’dakning salomatligini himoya
qilishga qaratilgan. Bundan tashqari, onasiz qolgan bolalarni tarbiyalovchi
shaxslarga imtiyozlar va kafolatlar berilishi, ularning sog’lom bo’lib o’sishi,
tarbiyalanishi va yaxshi sharoitda yashashining kafolatidir.
128
O’zbekiston
Respublikasining
“Mehnatni
muhofaza
qilish
to’g’risida”gi qonunida esa ayollar mehnat sharoitidagi alohida imtiyoz va
kafolatlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Sog’liqni saqlash
to’g’risida”gi Qonunining V bo’limi “Onalik va bolalikni muhofaza qilish”
deb nomlanib, unda onalikni rag’batlantirish, onalar va bolalar sog’lig’ini
saqlash kafolatlari: homilador ayollarga va yangi tug’ilgan chaqaloqlarga
tibbiy yordam ko’rsatishni ta’minlash; bolalar va o’smirlar sog’lig’ini
mustahkamlash va saqlash to’g’risidagi g’amxo’rlik; bola boqishda
fuqarolarga davlat yordami; bola kasal bo’lib qolganida onalarga
beriladigan imtiyozlar (61-modda); o’smirlarning mehnat va ishlab
chiqarish ta’limini hamda mehnat sharoitlarini nazorat qilish (62-modda);
o’smirlarni majburiy ravishda tibbiy ko’rikdan o’tkazish (63-modda) kabi
masalalar o’z ifodasini topgan.
Bola huquqlariga oid maxsus qonunchilik to’g’risida gapirilganda
quyidagi hujjatlarni alohida ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir:
Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasining 2016 yildagi “Yoshlarga
oid davlat siyosati to’g’risida”gi; 2008 yildagi “Bola huquqlari kafolatlari
to’g’risida”gi qonunlarni alohida ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Ayniqsa, “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi qonun O’zbekiston
qo’shilgan “Bola huquqlari konvensiyasi”ning milliy qonunchilikka to’liq
implementatsiyasi hisoblanadi. Mazkur qonunda sog’liqni saqlash, ta’lim,
ijtimoiy ta’minot va har tomonlama rivojlantirish sohalarida bola
huquqlarining kafolatlari mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu qonunda
ijtimoiy zaif bolalar va alohida ehtiyojlarga muhtoj bolalarning huquqlari
alohida e’tibor qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yilda “Xotin-qizlar
huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to’g’risida”gi
konvensiyaga qo’shildi. 1979 yili qabul qilingan mazkur konvensiya,
majburiy yuridik kuchga ega bo’lib, ayollarning siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy va hayotning boshqa jabhalarida erkaklar
bilan teng huquqliligini inkor etuvchi yoki uni cheklab qo’yuvchi
kamsitishga uzil-kesil barham berish maqsadini ko’zlagan edi
1
.
Ushbu konvensiyaga binoan, ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning
kamsitilishini bartaraf etish, ayollarning erkaklar bilan tengligi asosida
ta’lim olish sohasida erkaklar bilan teng huquqliligini ta’minlash uchun
barcha zarur choralarni ko’radilar.
1
Batafsil ma'lumotlar uchun qarang: Хотин-қизлар ҳуқуқлари камситилишининг барча шаклларига барҳам бериш
тўғрисидаги конвенция. -Т., 2005.
129
O’zbekiston Konvensiya qoidalaridan kelib chiqqan holda, ayollarga
nisbatan kamsitishlarning turli shakllariga qarshi kurash borasida o’zining
milliy qonunchiligi va mexanizmlarini doimiy ravishda takomillashtirib
bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ham inson
huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlar singari erkaklar va xotin-qizlar
huquqlarining tengligini ta’minlaydi.
Xususan, Konstitutsiyaning 18-moddasida barcha fuqarolarning bir
xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy
mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi nazarda tutilgan. 46-
moddada esa, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqligi konstitutsiyaviy
kafolatlangan.
Umuman, O’zbekiston Konstitutsiyasining 18-, 46-, 63-, 64-, 65-,
66-moddalari bevosita ayollarning shaxsiy huquq va erkinliklari,
siyosiy huquqlari, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarining
huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatidir. Xalqaro hujjatlarda bo’lgani
kabi, ichki qonunchilikda ham jinsiy belgi bo’yicha kamsitmaslik
to’g’risidagi qoida birinchi o’ringa chiqarilgan
Quyida Konstitutsiyada qayd etilgan ushbu huquqlarning
ayrimlariga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida qayd etilgan 18-moddada “O’zbekiston Respublikasida
barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi,
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy
mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun
bian belgilanib qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga mos bo’lishi
shart”, deb ko’rsatib o’tilgan. Konstitutsiyadagi bu tushuncha ayollarning
barcha turdagi kamsitilishlarining oldini oladi va ularni jamiyatning teng
huquqli a’zosi sifatida konstitutsiyaviy e’tirof etadi. Ushbu e’tirof
Konstitutsiyaning keyingi, ya’ni 7-, 8-, 9-boblaridagi huquqlardan xotin-
qizlarning teng huquqli foydalanishi uchun kafolatdir.
“Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham
berish to’g’risida”gi konvensiya normalari O’zbekistondagi ayollar
huquqlarining kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik va ularni mamlakatning
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etishga jalb
qilish borasida milliy qonunchilikda o’z aksini topgan. Mamlakatdagi
inson huquqlariga oid 100ga yaqin qonunlarda ayollarning erkaklar bilan
teng huquqliligi e’tirof etilgan. Shu bilan bir qatorda, ayollar huquqlarini
130
to’la amalga oshirish uchun maxsus qonunlar ham qabul qilingan bo’lib,
O’zbekiston Respublikasining 1999 yilda qabul qilingan “Xotin-qizlarga
qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi qonuni shular jumlasidandir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yili yana shuningdek,
1965 yil 21 dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan Irqiy kamsitishning
barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi xalqaro konvensiyaga
hamda 1984 yil 10 dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan Qiynoq hamda
muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-
qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaga ham qo’shildi.
Mazkur
konvensiyalarning
normalari
ham
milliy
qonunchilikka
implementatsiya qilingan.
O’zbekistonning huquqiy tizimiga mustahkamlab qo’yilgan
kamsitishlarni taqiqlash kontseptsiyasi nafaqat alohida shaxslarni, balki,
bunday fuqarolarning guruhlarini ham himoya qiladi. O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi va X bo’limi fuqarolarning
huquq va erkinliklarining kafolatlariga bag’ishlangan bo’lib, nafaqat
individlarni himoya qilishni, balki aholining voyaga yetmaganlar,
qariyalar, nogironlar, kabi jamoaviy huquqlarini ham himoya qilish uchun
huquqiy baza hisoblanadi.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi va kamsitishlarni taqiqlanishi
tamoyili shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni
tartibga soluvchi tarmoq qonunchiligi: Mehnat kodeksida, Fuqarolik
kodeksida, Jinoyat kodeksida, “Ta’lim to’g’risida”gi, “Yoshlarga oid
davlat siyosati to’g’risida”gi; va boshqa qonunlarda mustahkamlab
qo’yilgan. Mazkur tamoyil protsessual qonunchilikda, jumladan Jinoyat-
protsessual kodeksda (16-modda), Fuqarolik-protsessual kodeksda (6-
modda), Xo’jalik-protsessual kodeksda (7-modda) ham mustahkamlab
qo’yilgan. Shuningdek, “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi Qonun (3-
modda), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonun (5-
modda), “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi Qonun, “Axborot
erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi Qonunda, “Davlat tili
to’g’risida”gi Qonun (24-modda), “O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga saylovlar to’g’risida”gi Qonun, kabi qonun jujjatlarida xam
yuqoridagi Konvensiya normalari milliy qonunchilikka uyg’unlashtirilgan.
Xalqaro shartnoma normalarining implementasiyasi to'g'risida fikr
yuritilganda, bunday impelementasiyani amalga oshiruvchi mexanizmga
ham alohida to'htalib o'tish maqsadga muvofiqdir.
131
Qayd etish lozimki, хalqaro shartnomalarni implementatsiya
qilishning mexanizmi deyilganda, avvalombor, mazkur hujjatlarni amalga
oshirishning vositalari, ularni amalga oshirishga vakolatli bo’lgan
institutsional tizim tushuniladi.
Odatda mazkur implementasiyaviy tizim, xalqaro shartnomalarni
implementasiya qilish bo'yicha ichki davlat tizimi hamda xalqaro
tashkilotlar doirasidaga mexanizmlarga bo'linadi. Davlatning ichki
implementasiyaviy tizimiga odatga ko'ra, davlat boshlig'i, parlament,
hukumat, sud hokimiyati organlari kirsa, xalqaro tizimga esa, xalqaro
shartnomalarni implementasiya qilishda davlatning ichki organlariga
yordam ko'rsatuvchi, bu borada davlatnng ichki implementasiya jarayonini
kuzatib boruvchi hamda davlatlar tomonidan xalqaro shartnoma
qoidalariga rioya etilishi bo'yicha umumiy ahvolni o'rganib boruvchi
xalqaro tashkilotlar va ularning tegishli organlari tizimini kiritish mumkin.
Hozirgi
davrdagi
xalqaro
shartnomalarda,
ularni
amalga
oshirilishining mexanizmiga alohida urg’u berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |