qilishi
Xalqaro shartnoma normalarini qo’llashda, uning kuchga kirganligi
masalasi muhim hisoblanadi. Chunki, amaliyot ko’rsatmoqdaki, xalqaro
shartnomaning tuzilishi va imzolanishi, bu hujjatning yuridik kuchga ega
bo’lganligi va uni imzolagan davlatga yuridik majburiyatlar keltirib
chiqardi, degani emas. Shuning uchun, xalqaro shartnomaning kuchga
kirishi, mazkur xalqaro shartnoma a’zosi bo’lgan davlatning bunday
shartnomaviy munosabatlarga kirishganligi faktini belgilab beradi va
shartnomaning boshqa a’zosi tomonidan tegishli huquqlarni amalga
oshirishga va bu davlatdan shartnomada ko’zda tutilgan majburiyatlarini
bajarishini talab etishga imkon beradi. Shuning uchun, xalqaro
shartnomaning yuridik kuchga aylanishi, xalqaro shartnoma bilan bog’liq
huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarishda hal qiluvchi rolni o’ynaydi.
Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi u o’zida qayd etilgan shart-
sharoitga muvofiq ravishda yuridik hujjatga aylangan paytdan boshlanadi.
Ratifikatsiya qilinishi yoki tasdiqlanishi taqozo etilmaydigan xalqaro
shartnoma imzolanishi bilanoq kuchga kiradi. Ratifikatsiya qilinishi zarur
bo’lgan xalqaro shartnoma esa ratifikatsiya qilingach (yoki tasdiqlangach)
(alohida ta’kidlash lozimki, odatda, ko’p tomonlama shartnomalarda
nechta davlat ratifikatsiya qilishi kerakligi, yani soni ko’rsatib o’tiladi),
kuchga kirgan hisoblanadi. Shuningdek, xalqaro shartnomada, uni kuchga
kirishining boshqa muayyan muddati ham ko’rsatib qo’yilishi mumkin.
Misol uchun, “Harakatdagi armiyalarda yaradorlar va bemorlarning
qismatini yaxshilash to’g’risida”gi I-Jeneva konvensiyasining 58-moddasida
“Mazkur konvensiya kamida ikkita ratifikatsiya yorlig’i saqlash uchun
topshirilgandan so’ng olti oy o’tgach kuchga kiradi. Bundan keyin u har qaysi Oliy
Ahdlashuvchi tomon uchun mazkur tomonning ratifikatsiya yorlig’i saqlashga
104
topshirilganidan so’ng olti oy o’tgach kuchga kirib boradi”, deb konvensiyaning
kuchga kirishining aniq vaqti ko’rsatib o’tilgan. Mazkur xujjatning 61-moddasining
birinchi xat boshisida esa, hujjatga keyin qo’shilganlarga nisbatan, uning kuchga
kirishining muddati ko’rsatib o’tilgan. Ya’ni, unga ko’ra, “Har bir qo’shilish
to’g’risida Shveytsariya Federal Kengashiga yozma ravishda bayonot beriladi va
ushbu bayonot olingan kunidan boshlab olti oy vaqt o’tgach kuchga kiradi”.
Hujjatda kuchga kirish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar, ya’ni favqulodda
holatlar asosida kuchga kirishi bilan bog’liq qoida 62-moddaning birinchi xat
boshisida ko’rsatib o’tilgan, ya’ni unga ko’ra “2 va 3-moddalarda ko’zda tutilgan
holatlar (ya’ni, Konvensiyani qo’llanishi bilan bog’liq holatlar) ratifikatsiyalarning
saqlashga topshirilishi, shuningdek, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlardan
yoki istilodan oldin, yohud keyin qo’shilish to’g’risida bayonot berishi bilan darhol
kuchga kiritiladi”.
1
Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal
qilishiga bog’liq bo’lgan yana bir normaga murojaat qilish maqsadga
muvofiq
hisoblanadi.
Ya’ni, 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva
konvensiyalariga (shu jumladan, yuqorida qayd etilgan I-Jeneva
konvensiyasiga ham) xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya
qilishga doir Qo’shimcha protokolning qo’llanishining boshlanishi va
to’xtatilishi to’g’risidagi 3-moddasiga ham alohida e’tibor qaratish lozim.
Unga ko’ra “Har qanday paytda qo’llaniladigan qoidalarga ziyon
yetkazmagan holda: a) Konvensiyalar va mazkur Protokol va shu
Protokolning 1-moddasida tilga olingan har qanday vaziyatning
boshlanishidanoq qo’llanadi; b) Konvensiyalar va mazkur Protokolning
qo’llanilishi nizolashayotgan tomonlar hududida urush harakatlarining
umuman tugashi bilan to’xtatiladi, bosib olingan hududlarda esa istilo
tugashi bilan to’xtaydi. Har ikki holda ham to’liq ozod qilinishi, vataniga
qaytarilishi yoki joylashtirilshi kechroq amalga oshadigan shaxslar bundan
mustasno. Bu shaxslar to’liq ozod qilinishi, vataniga qaytarilishi yoki
joylashtirilshi yakunlanadigan daqiqagacha Konvensiyalarning va mazkur
Protokolning tegishli qoidalari homiyligidan foydalanishda davom
etadilar”.
Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi va uni qo’llash, odatda, bir xil
paytga to’g’ri keladi. Lekin istisnoli hollar ham yo’q emas.
Masalan, 1954 yildagi Qurolli mojaro chiqqan holda madaniy boyliklarning
himoya qilinishi to’g’risidagi Gaaga konvensiyasida ko’zda tutilishicha, u
ratifikatsiya yorlig’i yoki qo’shilish to’g’risidagi hujjat topshirilganidan so’ng
kuchga kirgani holda, faqat qurolli mojarolar yuz bergandagina qo’llanishi mumkin.
1
1949 yil 12 августдаги Женева конвенциялари ва уларга қўшимча протоколлар. –Иккинчи тузатилган нашри,
Т.: Халқаро Қизил Хоч қўмитаси, 2007.-Б.31
105
Ba’zan xalqaro shartnomalarda ularning shartlari kuchga kirganidan
so’ng muayyan muddat o’tgach qo’llanila boshlashi haqidagi qoidalar ham
ko’zda tutilgan bo’ladi.
Agar xalqaro shartnomada tegishli qoida ko’zda tutilgan yoki
ishtirokchilar bu haqda boshqa bir tarzda ahdlashib olgan bo’lsa,
shartnoma vaqtincha, kuchga kirishiga qadar ham qo’llanishi mumkin.
Bunday vaqtincha qo’llash tajribasini Iqtisodiy Ittifoq (MDH) tuzish
to’g’risidagi shartnoma yuzasidan uning ishtirokchilari qabul qilgan qaror misolida
kuzatish mumkin
1
.
Amalda qo’llanishi bo’yicha faqat kuchga kirgandan keyingi vaqt
bo’yicha qo’llaniladigan norma sifatida xalqaro shartnoma ham, qonunga
o’xshab, orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Xalqaro shartnomaning rasmiy tarzda e’lon qilinishi jiddiy amaliy
ahamiyat kasb etadi. Shu paytdan e’tiboran u mamlakat huquq tizimining
uzviy qismiga aylanadi va barcha davlat organlarida qo’llanishi majburiy
tus oladi.
Xalqaro shartnomalarni registratsiya qilish (ro’yxatga olish) xalqaro
shartnomani kuchga kirishining asosiy talablaridan biri bo’lishi bilan bir
qatorda,
mahfiy
shartnomalardan
foydalanish
imkoniyatlarini
cheklaydigan muhim vositadir. BMT Ustaviga ko’ra, uning a’zosi
ishtirokchi bo’ladigan har qanday shartnoma BMT Kotibiyati tomonidan
ro’yxatga olinishi hamda e’lon qilishi shart. Registratsiya qilmaslik hollari
uchun sanksiya ko’zda tutilgan bo’lib, unga ko’ra, bunday shartnomani
tuzgan tomonlar BMTning biron-bir organida ushbu shartnomaga havola
qilishlari mumkin emas. Yani, ro’yxatga olinmagan shartnoma BMT
uchun yuridik jihatdan mavjud deb hisoblanmaydi. Lekin bu
shartnomaning tegishli tomonlarga nisbatan majburiy kuchga ega ekaniga
daxl qilmaydi. Bunday tartib, yani xalqaro shartnomalarni ro’yxatga olish
mintaqaviy tashkilotlar ustavlarida ham ko’zda tutiladi.
Xalqaro shartnoma unda ko’rsatilgan muddat mobaynida amal qiladi.
Muddati belgilanmagan shartnomalar ham mavjud bo’lib, masalan, ular
sirasiga huquqiy rejim o’rnatuvchi umumiy shartnomalar, kodifikatsiyaviy
konvensiyalar kiradi
2
.
1
Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –Т.: Адолат, 2006. -Б.187
2
Лукашук И. Международное право. Особенная часть. Учебник. -М.: Вольтерс Клувер, 2007. -С.122
Do'stlaringiz bilan baham: |