6.4. Xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilishi
Davlat o’z hududi doirasida suverenitetini amalga oshirar ekan,
undan qanday huquqiy tartibot o’rnatilishini o’zi hal etadi. davlat hududi –
milliy huquq qo’llaniladigan va harakat qiladigan makondir. Shuning
uchun ham, avvalombor, bu makonga xalqaro huquqning, xususan xalqaro
shartnomaning kirib kelishini milliy huquq hal etadi va shu asosida u
1
Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –T.: Adolat, 2006. -B.191
110
xalqaro sharnomaviy munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun ham,
xalqaro huquqda xalqaro shartnoma tuzilayotgan paytda, ayniqsa, ko’p
tomonlama shartnomalarda, ularni hudud bo’yicha amal qilishi masalasiga
alohida e’tibor qaratiladi. Odatda, xalqaro shartnomaning hudud bo’yicha
amal qilishi, agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa,
shartnoma ishtirokchilari bo’lgan davlatlarning butun hududi bo’yicha
amal qiladi. Ammo, ko’pincha, xalqaro shartnomalarda ekstrahududiy
qo’llanishini ham ko’zda tutuvchi qoidalar kiritilishi mumkin. Bu ayniqsa,
xalqaro huquqda turli to’la xalqaro huquqiy maqomga ega bo’lmagan
hududlarga nisbatan qo’llanilib, xalqaro shartnomalarda, ularning barcha
qoidalari yoki ayrim tegishli normalari bunday hududlar uchun amalga
qilish shartlari alohida ta’kidlab o’tiladi. Ya’ni, alohida sub’ekt
hisoblanadi, ammo mustaqil tashqi siyosat va xalqaro aloqalar olib borish
layoqatiga ega bo’lmagan davlatlar yoki davlatsimon tuzilmalar shular
jumlasidandir.
Misol uchun, “Qurolli mojaro chiqqan holda, madaniy boyliklarni himoya
qilish to’g’risida”gi xalqaro konvensiyaning “Konvensiyaning hududiy qo’llanishi”
deb nomlangan 35-moddasida “Har bir Ahdlashayotgan tomon ratifikatsiya yoki
qo’shilayotgan paytida yoki keyinchalik har qanday vaqtda YuNESKOning bosh
direktoriga bayonot berish orqali mazkur Konvensiyani hududlarining barchasiga
yoki xalqaro munosabatlarida u vakilligini amalga oshirayotgan biron bir hududga
nisbatan qo’llanishi bo’yicha bayonot berishi mumkin. Bunday bayonot, uni
olganidan uch oydan keyin kuchga kiradi”, deb belgilab qo’yilgan
1
.
Bunda davlatning ekstrahududiy yurisdiktsiyasi qo’llaniladigan
hududlar to’g’risida gap ketmoqda. Bunday hududlar to’g’risida BMT
Ustavida ham alohida noormalar qayd etib o’tilgan, ya’ni “O’zini o’zi
boshqarmaydigan hududlarga taalluqli deklaratsiya” deb nom olgan 73 va
74-moddalar. 74-moddada Tashkilot a’zolari o’zlarining ushbu bobning
ta’siri o’tadigan hududlarga nistaban o’tkazadigan siyosatlari, o’z
metropoliyalaridagi siyosatlaridan kam bo’lmagan darajada, yaxshi
qo’shnichilik umumiy prinsipiga, ijtimoiy, iqtisodiy va savdo ishlarida
dunyoning barcha mamlakatlari manfaatlarini va farovonligini tegishlicha
hisobga olishga asoslanishi lozim, degan fikrga qo’shiladilar”, deb
ko’rsatib o’tilgan.
Ustavning XII bobi, bunday hududlarni boshqarish uchun
shakllantirilgan “Xalqaro vasiylik tizimi”ga bag’ishlangan bo’lib, unda
vasiylik hududlari, vasiylik tizimini vazifalari, vasiylik hududlariga
1
Ведение военных действий. Сборник Гаагских конвенция и иных межуданродных документов. -4-е изд.,
дпоолн. –М.: МККК, 2004.-С.51
111
nisbatan bitimlar kabi, bu tizimdagi hududlarni boshqarishga oid normalari
kiritilgan. Shuningdek, Ustavning XIII bobida, bunday tizimni boshqarish
uchun tuzilgan va BMT asosiy organlaridan biri hisoblangan Vasiylik
Kengashi va uning vakolatlari belgilab qo’yilgan
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |