1.3. Xalqaro shartnomalar huquqining shakllanishi va rivojlanish
tendensiyalari
XIX asr xalqaro huquqning boshqa sohalari kabi, davlatlararo
xalqaro shartnomaviy huquq sohasi ham tez rivojlana boshladi. Bu davrga
kelib, xalqaro huquqning xalqaro gumanitar huquq, kabi turli sohalarining
shakllanishi va rivojlanishi o’z navbatida, xalqaro shartnomalar huquqini
ham shakllanishiga asos soldi. Chunki, endi turli yo’nalishlardan
davlatlararo munosabatlar asosan xalqaro shartnomalarga asoslana
boshladi. Shu bilan birga, xalqaro shartnomalarning muayyan shakllari va
talablari ham bir xillasha boshladi.
XIX asrning birinchi yarmiga kelib, ilk bora ko’p tomonlama
shartnomalar tuzish zarurati yuzaga kelgan. Konvensiya va deklaratsiya
shaklidagi xalqaro shartnomalar ko’plab tuzila boshladi.
1815 yilda Yevropaning to’qqiz davlati tomonidan diplomatik
martabalar to’g’risida Vena Reglamenti qabul qilingan. Xalqaro transport
va aloqa vositalari faoliyatini huquqiy tartibga solish muammosi qat’iy
yechimini kutgan. 1856 yilda Parij deklaratsiyasiga muvofiq, savdo
24
kemalarining urush davrida harakatlanish rejimi belgilangan. Savdo
kemalarining xalqaro daryolar - Yevropadagi Reyn, Dunay, Elba,
Amerikadagi Missisipi va Muqaddas Lavrentiy, Afrikadagi Kongo va
Niger daryolari bo’ylab erkin harakatlanish rejimi shakllangan.
1874 yilda Butun Jahon Pochta Ittifoqini ta’sis etish to’g’risidagi
aktning imzolanishi unga a’zo davlatlar hududidan xat va jo’natmalarni
erkin tranzit qilish tartibi o’rnatilishiga asos bo’lgan. 1875 yilda esa
Telegraf ittifoqi to’g’risidagi Konvensiya qabul qilingan. 1890 yili Temir
yo’l bo’yicha ko’p tomonlama konvensiya imzolandi, chunki xalqaro
iqtisodiy aloqalarning rivoji ushbu sohada huquqiy tartibga solishni
faollashtirishni taqozo etgan.
XX asr boshida kishilik jamiyati amalda siyosat, ayniqsa xalqaro
siyosatni istisno etganda, barcha sohalarda yuqori darajadagi taraqqiyotga
erishgan. Shu bilan birga, jamiyat hayotini baynalmilallashtirishni taqozo
etgan. Natijada xalqaro munosabatlarni boshqarish mexanizmiga tub
o’zgarishlar kiritishni talab qiluvchi keng miqyosdagi jamoatchilik
harakatlari yuzaga kelgan. Ular 1919 yilda Birinchi jahon urushining
g’olib davlatlari Millatlar Ligasini tuzish va uning Statutini tasdiqlash
yuzasidan qaror qabul qilishda muayyan o’rin tutganlar. Shu tariqa
davlatlar o’rtasida tinchlik va hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan
dastlabki umumiy siyosiy tashkilot ta’sis etilgan.
Statutda «adolat hukmronligini o’rnatish va birlashgan xalqlarning
o’zaro munosabatlari bo’yicha shartnomalarda yuklangan barcha
majburiyatlarga vijdonan amal qilish» vazifasi qo’yilgan. Mustamlaka
xalqlar va mamlakatlar xalqaro huquq ta’siri doirasidan tashqarida edi.
Statutga muvofiq, 1922 yili birinchi doimiy Xalqaro sud — Xalqaro odil
sudlovning doimiy
palatasi ta’sis etilgan.
Millatlar Ligasi Statutining asosiy kamchiliklaridan biri u, hatto
jahon urushidan so’ng ham, xalqaro munosabatlarda kuch qo’llashni
g’ayriqonuniy deb hisoblamagan. Aksincha, Statut mustamlakachilik
siyosatini amalda qonuniylashtirgan.
1928 yilda Milliy siyosat quroli sifatida urushdan voz kechish
to’g’risidagi Parij pakti (Brian-Kellog pakti) imzolanishi hozirgi zamon
xalqaro huquqi tomon qo’yilgan muhim qadam bo’lgan. Mazkur hujjatga
ko’ra urushga faqat baynalmilal siyosat quroli sifatida, ya’ni davlatlarning
umumiy
manfaatlari
uchungina
yo’l
qo’yilgan,
barcha
kelishmovchiliklarni tartibga solish esa faqat tinch vositalar bilan amalga
oshirilmog’i lozim bo’lgan.
25
1945 yilning iyunida San-Fransiskoda Birlashgan Millatlar
Konferensiyasi hozirgi zamon xalqaro huquqiga asos solgan muhim hujjat
— BMT Ustavini qabul qilgan.
Ijtimoiy jihatdan BMT Ustavi umuminsoniy manfaatlarni hamda
davlatlarning
hamjihatlikdagi
sa’y-harakatlari bilan tinchlik va
farovonlikni ta’minlash mumkinligiga ishonchni o’zida mujassam etgan.
Siyosiy jihatdan hamkorlik prinsipi xalqaro huquqning negiziga aylandi.
Ustav klassik xalqaro huquqqa xos bo’lgan mustamlakachilik siyosatini
qonuniylashtirishga barham berdi.
Bularning barchasi xalqaro huquqda yangi institut - imperativ
normalarning paydo bo’lishi uchun muayyan darajada xizmat qildi.
Xalqaro huquqning imperativ normalari shunday normalarki, ular xalqaro
hamjamiyat tomonidan yaratiladi va davlatlar, hatto o’zaro kelishuv
bo’yicha ham, bunday normalardan chekina olmaydi.
XX asrga kelib, xalqaro huquqning turli sohalari, xalqaro gumanitar
huquq, xalqaro tashkilotlar huquqi, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro xavo
huquqi, xalqaro kosmik huquq kabi xalqaro huquqning turli mustaqil
sohalarining paydo bo’lishi avvalombor, ularning shartnomaviy bazasiga
asoslanar edi. Endi, davlatlararo munosabatlarda ikki tomonlama xalqaro
shartnomalar bilan bir qatorda, ko’p tomonlama xalqaro shartnomalarni
ishlab chiqish va qabul qilish orqali davlatlarning ko’p tomonlama
shartnomaviy majburiyatlariga e’tibor kuchaya bordi. Ikkinchidan, xalqaro
shartnomalarning shakli va tuzilishi bilan bir qatorda, ularning yuridik
kuchiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bu avvalombor, ko’p
tomonlama xalqaro shartnomalarda ayniqsa, ahamiyat kasb eta boshladi.
Uchinchidan, diplomatik konferensiyalar orqali ishlab chiqilgan va qabul
qilingan xalqaro shartnomalarga alohida ahamiyat qaratila boshlandi.
To’rtinchidan, xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va qabul qilishda
xalqaro tashkilotlarning norma ijodkorlik faoliyatiga alohida e’tibor
qaratila boshlandi. Beshinchidan, xalqaro shartnomalarning bajarilishining
xalqaro mexanizmlari shakllandi va u takomillashib bormoqda.
BMT Ustavi zamonaviy xalqaro huquqqa xos umumiy maqsadlar
va prinsiplarni belgilab bergan bo’lib, ular orasida pacta sund servanda,
ya’ni xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni
vijdonan bajarish tamoyili xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri
sifatida qayd etildi.
26
Oltinchidan, boshqa sohalar kabi, xalqaro shartnomalar huquqining o’zi
kodifikatsiyalashdi.
Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, xalqaro huquqning alohida
mustaqil sohasi bo’lib, xalqaro shartnomalarni tuzish, qo’llash va bekor
qilish tartiblariga oid munosabatlarni tartibga soladigan xalqaro
shartnomalar huquqi shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |