E’tibor bering!
Mustaqillik yillaridan boshlab, O’zbekiston hozirgacha 3000 dan ortiq xalqaro
huquqiy xarakterdagi ko’p tomonlama va ikki tomonlama shartnomalarga
qo’shilgan (siyosiy bayonotlar va birgalikdagi deklaratsiyalar, shuningdek,
hukumatlararo darajada erishilgan turli kelishuvlarning soni umumiy 4000
atrofida).
31
sohasiga, yalpi qirg’in qurollarini tarqatmaslikka doir, mehnat
munosabatlari kabi sohalarga oid asosan universal ko’p tomonlama
xalqaro konvensiyalar va shartnomalar hisoblansa, shulardan 70dan ortig’i
esa bevosita inson huquqlariga oiddir.
O’zbekiston hozirgacha BMT Kotibiyati tomonidan inson huquqlari
sohasida alohida ajratib ko’rsatiladigan 22 ta asosiy konvensiyadan 20
tasini ratifikatsiya qilgan.
O’tgan davr mobaynida, O’zbekistonning milliy qonunchiligi u
qo’shilgan xalqaro shartnomalarga hamda umume’tirof etilgan xalqaro
tamoyillarga muvofiqlashtirilib borilmoqda. Shu bilan birga, xalqaro
shartnomalarga oid maxsus qonunchilik shakllandi. Jumladan, 1995 yil 22
dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalari to’g’risida”gi qonuni O’zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalarini tuzish, bajarish, to’xtatish, to’xtatib turish va denonsatsiya
qilish tartibini belgilaydi.
O’zbekistonning xalqaro shartnomaviy bazasini rivojlanish
tendensiyalari to’g’risida fikr yuritilar ekan, qayd etish lozimki, dastlab,
ya’ni XX asrning 90 yillarda asosan turli sohalardagi eng muhim xalqaro
shartnomalarga qo’shilgan. 90 yillarning oxiri va 2000 yillarning
boshlarida,
turli
sohalardagi
xalqaro
shartnomalarning
sonini
ko’paytirishga e’tibor qaratilgan bo’lgan bo’lsa, shartnomaviy-huquqiy
bazasining
takomillashtirishning
hozirgi
bosqichida
esa,
e’tibor,
birinchidan amaldagi shartnomalar, bitimlar, memorandumlar va boshqa
hujjatlarni samarali amalga oshirishga, ikkinchidan, qabul qilinayotgan
hujjatlarning amaliy ahamiyati va ularni imzolashdan kutilayotgan
natijalarni asoslash orqali tuziladigan hujjatlar asosida xalqaro-huquqiy
bazani kengaytirishga qaratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar huquqi sohasida
amalga oshirilgan yana muhim masalalardan biri, bu O’zbekiston
qo’shilgan va ratifikatsiya qilgan xalqaro shartnomalar matnlarini e’lon
qilib borish sohasida amalga oshirilgan ishlardir. Bunda yangi
informatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Jumladan, 2012 yil
24 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya
vazirligining amaldagi xalqaro shartnomalarni O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligining milliy ma’lumotlar bazasi bo’lmish
www.lex.uz
. saytiga
joylashtirish orqali xalqaro-huquqiy ma’lumotlar bazasini tashkil etish
to’g’risidagi qo’shma qarori qabul qilindi. Bu esa, O’zbekiston
32
Respublikasining xalqaro-huquqiy bazasidan mamlakatdagi har bir fuqaro
va jismoniy shaxs tanishish imkoniyatini yaratib berdi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari
bo’yicha ma’lumotlar “Norma” huquqiy ma’lumotlar tizimiga ham
joylashtirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |