BUYUK SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ILMIY MEROSI
–
BUTUN INSONIYATNING MA’NAVIY MULKI
Madaniy rivojlanishda milliy ma
’naviy boylikni boshqa xalqlar,
mamlakatlar madaniyati yutuqla
ridan bahramand bo‘lish, madaniy
aloqal
arni kuchaytirish, milliy qobig‘ida o‘ralib, umumiy xalqaro aloqalar
tizmasidan chetda ajralib qolmaslik, milliy madaniyatning umumjahon
madaniyat yutuqlari bilan doimo boyib borishida nihoyatda katta rol
o‘ynaydi. Bu, ayniqsa, hozirda jahon mamlakatlarining umumiylik,
hamjihatlikka intilishi ortib borayotgan bir sharoitda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Duyoning qator xalqlarida bo‘lgani singari, o‘zbek xalqining ham
uzoq o‘tmishdan saqlanib kelayotgan boy tarixiy madaniyati bor. Bular
xalqimizning an’ana va marosimlari, urf-odatlari, udumlari bo‘lib,
kundalik hayotda
o’z aksini topadi. Afsuski, sho‘rolar davrida milliy
madaniyatimiz, o‘tmish tariximizga boshqacha nazar bilan qarab
keldik, uni mensimaslik, hatto bilib bilmay kamsitish hollariga
yo‘l
qo
‘yildi. Taassuflar bo‘lsinki, sobiq tuzum davridagi buyuk
allomalarimizga nisbatan bo‘lgan adolatsizliklar va nohaqliklar tufayli
ular o‘z maqomlariga yarasha qadr-qimmat ko‘rmay, asarlari ham
munosib bahosini topmagan edi. Binobarin, xalqimiz, keng jamoatchilik
u zotlarning olamshumul ahamiyatga molik boy va qimmatli merosidan
bebahra bo‘lib keldilar. Har qanday davr va har qanday jamiyatda ham
olim-u ulamolar, mutafakkir-
u donishmandlarning o‘rni beqiyos bo‘lgan.
El-u
yurt o‘zining shunday aziz va yetuk farzandlari bilan haqli ravishda
faxrlangan,
ko‘ngli tog‘day ko‘tarilib, g‘ururu iftixorga to‘lgan.
Jannatmakon yurtimiz
– O‘zbekiston zaminidan azal-azaldan
o‘zlarining ilmiy-ma’naviy, ma’rifiy-falsafiy meroslari bilan jumlayi
jahonga tanilgan ko‘plab buyuk allomalar va mutafakkirlar yetishib
chiqib, samarali faoliyat ko‘rsatganlar. Ular aql-zakovati, tafakkur
dunyosi va yuksak ilmiy salohiyatining m
ahsuli bo‘lgan bebaho asarlari
va buyuk kashfiyotlari ming yillar osha nafaqat bizning diyorimiz, balki
j
ahon ahlining qudratli ma’naviy mulki sifatida ham ardoqlanadi.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev
aytganlaridek:“Tarixga nazar
solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz
azaldan yuksak sivilizatsiya va mada
niyat o‘choqlaridan biri bo’lganini
ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan
qadimiy yozuvlar, beb
aho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli
osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan
dalolat beradi.
Men
yuqorida
Aristotelning
fikrlarini
bejiz
eslamadim.
Hammangizga yaxshi ma’lum, antik davrda Yunonistonda yongan ilm
mash’alasi IX–XII asrlarda Markaziy Osiyo hududida qayta porladi. Bu
davrda yurtimiz hududida birinchi Renessans yuzaga keldi va u butun
dunyo tan oladigan mashhur daholarni etishtirib berdi. Xususan,
Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali
ibn Sino, Mahmud Zamahshariy singari o’nlab buyuk allomalarimizning
jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariyat taraqqiyoti
rivojiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.
“Islom madaniyatining oltin asri” deb e’tirof etiladigan bu davrda
ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy,
Imom
Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in Nasafiy kabi ulug‘
ulamolar butun musulmon olamining faxr-
u iftixori va cheksiz g‘ururi
hisoblanadi.
O‘n beshinchi asrda Sohibqiron Amir Temur bobomiz asos solgan
va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat,
yurtimizda ikkinchi Uyg‘onish, ya’ni ikkinchi Renessans davrini boshlab
berdi. Bu davrda Qozizoda Rumiy, Mirzo Ul
ug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy,
Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va
mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond,
Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod
singari musavvirlar, ko‘plab xattot va sozandalar, musiqashunos va
me’morlarning shuhrati dunyoga yoyildi.
Donishmand xalqimiz har ikki Renessans davrida jahonning eng
ilg‘or, taraqqiy etgan xalqlari qatorida bo‘lgani barchamizga ulkan g‘urur
va iftixor bag‘ishlaydi.
Bir o‘ylab ko‘raylik, ajdodlarimiz bunday yuksak cho‘qqilarga
qanday erishganlar? Ular, eng avvalo, j
aholatga qarshi ma’rifat
bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘z aql-zakovati va salohiyatini bashariyat
yaratgan
ilm-fan
yutuqlari
ni chuqur o‘rganish va boyitishga
bag‘ishlaganlar.
Tan olish kerakki, bi
z ana shunday bebaho merosga ko‘pincha
faqat tarixiy yodgor
likka qaraganday munosabatda bo‘lib kelmoqdamiz.
Bunday tengsiz boylikni amaliy hayotimizga tatbiq etishda beparvolik va
e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymoqdamiz. Vaholanki, bunday noyob meros
kamdan-kam xalqlarga nasib etgan. Birgina Fanlar akademiyasining
Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan 100 mingdan ortiq
nodir qo‘lyozmalarga dunyo ahli havas qiladi. Biz bu haqiqatni har
tomonlama teran anglashimiz zarur.”
4
Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad al-
Farg‘oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy, Amur Temur, Alisher Navoiy, shoh Bobur kabi buyuk
daholarimiz
borligidan
faxr
va
ift
ixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi.
Madaniyatimiz, tariximiz bi
zning eng katta ko‘z qorachig‘idan
asraydigan boyligimizdir. Ular hech
qachon eskirmaydi, inqirozga yo‘l
tutmaydi, yaroqsiz holga kelmaydi. Ular odamni, jamiyatni yashartirib
turadigan bebaho ne’matdir.
O‘rta Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, foniy
dunyoqaras
h bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk
arbobl
ar ko‘p bo‘lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xo‘ja Bahouddin
Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Al- Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino,
Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Bobur
va boshqa ko‘plab buyuk
ajdodarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan
hissa qo‘shdilar,
xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon
sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun
dunyoga ma'lum.
H
ar bir inson mana shu ma’naviy boylikni egallab borgani sari,
komillik darajas
iga ko‘tarila boradi. Chunki, ma’naviyat ruhni poklaydi.
Qalbni go‘zallikka, ulug‘likka yo'naltiradi. Inson qarashini yuksaltirish
komillik sari yetaklaydi. Inson qarashini yuksaltirib, komillik sari
yetaklaydi.
Shun
day
ekan,
biz
yoshlarimizni
ma’naviy
qadriyatlarimizga, buyuk daholarimizga hurmatda tarbiyalashimiz
darkor. Mustaqilligimizning dastlabki yillari
dan e’tiboran bu buyuk zotlar
o‘z yurti, o‘z xalqi bag‘riga qaytib, ilm-fan rivojidagi yuksak maqomlariga
yuk
sak ehtirom ko‘rsatilib, ular qoldirgan boy madaniy va ma’naviy
merosni o‘rganish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etish, undan
xalqimizni bahramand etish, ajdodlarimizning insoniyat sivilizatsiyasi
rivojiga qo‘shgan hissasini butun dunyoda keng targ‘ib etishga katta
e’tibor qaratildi. Istiqlol yillarida xalqimizning ko‘plab buyuk farzandlari
nomlari bilan bog‘liq qadamjolar obod etildi, yangi yodgorlik majmualari
qad rostladi. Yosh avlodni ajdodlarga munosib vorislar sifatida
4
Mirziyoyev Sh.M. “O‘qituvchi va murabbiylar – yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va
suyanchimizdir” O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi, 2020-yil
30-sentabr.
tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, bu xayrli ish davom
etmoqda.
Tarixiy tajriba, an’analarining meros bo‘lib o‘tishi - bularning
barchasi yangidan yangi avlodlarga tarbiyalaydigan qadriyatlarga
aylanib qolmog
‘i lozim. Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o‘ziga
rom etib kelayotgan markaz bo‘lib qolganligi tasodif emas. Samarqand,
Bu
xoro, Xiva faqat olimlar va san’at ixlosmandlari uchungina emas,
balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun
ziyoratgohga aylangan.
Hozirda yoshlarda must
aqillik ma’naviyatini tarbiyalash barcha
tarixiy-madaniy boyliklarning asosiy tomonlarini o
‘rganish, milliy
madaniyatimiz
rivoji,davrlari, taraqqiyot qonuniyatlari, ma’naviy
boyliklarni yaratgan yirik siymolar, donishmand adiblarning merosini
o
‘zlashtirish, boshqa rivojlangan mamlakat madaniyati yutuqlarini
o
‘rganish, ularga hurmat-izzatda bo‘lishni, bu masalalar bo‘yicha keng
tashviqot ishlarini olib borish talab etadi. Bu mustaqillik sharoitida yosh
avlodni milliy-madaniy boyliklarini yaxshi
bilgan, milliy g‘urur,
vatanparvarlik
hissi bilan yo‘g‘rilgan, dunyo madaniy rivojlanish
darajasidan xabardor bo‘lib yetishuvida yetakchi omil bo‘lib xizmat
qiladi.
Bugun
O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning vatanimiz
nafaqat Sharq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklardan biri
bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Kishilik taraqqiyotiga o‘zining
o‘chmas ulushini qo‘shib,mamlakatimiz shuhratini olamga taratib,tarix
sahifalariga abadul-abad muhrlangan Muhammad Muso Xorazmiy, Abu
Rayhon Be
runiy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Imom
Termiziy, Bahouddin Naqshba
nd, Alisher Navoiy singari ulug‘ siymolarni
yetishtirgan millat har qancha g
‘ururlansa arziydi. Ahmad Farg‘oniyning
olamshumul merosi dunyo madaniyati va ma
‘rifatli xazinalaridan biri
bo‘lib, milliy salohiyatimiz, milliy tafakkurimiz ko‘lami va qudratining
isbotidir.
Darhaqiqat, moddiy va m
a’naviy madaniyatimiz nafaqat o‘z
xalqimiz, balki Yevropa, O
siyo, Arab mamlakatlarini ham o‘ziga jalb
qilib,qiziqish uyg‘otmoqda va bu umuminsoniy qadriyatlarga qo‘shilgan
salmoqli hissadir. Sharq mutafakkir allomalari jahon fanining rivojiga
bebaho hissa qo‘shganliklari bilan bir qatorda o‘z faoliyatida insonni
ulug‘lash, xalqparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, adolat,
olijanoblik, do‘stlik, rostgo‘ylik, kamtarlik, saxiylik, mardlik, muruvvatlilik,
odob, axloq, ilm-
ma’rifat haqida ilgari surgan g‘oyalari katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |