MASALASI - UMUMXALQ ISHI DARAJASIGA
KO
‘TARILISHI ZARUR.
«Ma’lumki, har qanday mustaqil davlat mustahkam ma’naviy
poydevorga ega bo‘lgandagina yuksak taraqqiyotga erisha oladi.
Shu maqsadda biz
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”
doirasida umumta’lim maktablarida birinchi marta “Tarbiya”
fanini joriy etmoqdamiz.»
Shavkat Mirziyoyev
Mamlakatimizda yuksalish davri boshlandi. Yangi davr shiddati
ta’lim-tarbiyaga o‘zining aniq, qat’iy talablarini qo‘ymoqda. Ta’lim
sohasida
pedagoglarning
moddiy-
ma’naviy
sharoitini
tubdan
yaxshilash, ta’lim sifatini oshirishning xorijiy texnologiyalari joriy
qilin
moqda. Tarbiya ta’lim bilan uyg‘un, ammo o‘ziga xos shart-
sharoitni, uzluksizli
kni talab qiluvchi soha. Ta’lim – bilimdon yoshlarni,
tarbiya
– irodasi kuchli, vatanga sodiq, tadbirkor, mehr-oqibatli
yoshlarni yetishtirib beradi. Bu esa
O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini
yangilangan milliy g‘oya negizida, milliy-zamonaviy, ilmiy-texnologik
asosda isloh qilishni taqozo qilmoqda.
Kun
i kecha tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun ushbu soha
taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi jabhalarni ochib beradi. Qonunga
muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim
tashkilotlari
ga xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet va o‘quv
markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, o
‘qituvchilarga
mualliflik dasturi va o
‘qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik
shakllar, o‘qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.
Mamlakatimizda istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab yoshlar
tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Yoshlarni ma’nan yetuk,
jismonan barkamol, axloqan pok, yuksak intellektual, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarini qad
rlovchi, buyuk ajdodlarimizni o‘ziga
ibrat deb biluvchi, elim-yurtim deb yonuvchi, shijoatli, tadbirkor, adolatli
qaror chiqara oladigan, tevarak atrofidagi voqea-hodisalar haqida
mustaqil fikrla
ydigan, o‘z haq huquqini biladigan vatanparvar inson
sifatida tarbiyalash eng dolzarb vazifalarimizdandir.
Yurtboshimiz joriy yilning 30-sentabrida
“O‘qituvchi va murabbiylar
kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqlarida taraqqiyotning
tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu
– ilm-fan, ta’lim va tarbiya ekanligini, ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘
istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan
tarbiyamiz
bilan chambarchas bog‘liqligini, O‘zbekistonda yangi bir
uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotganini alohida
ta’kidlab o‘tdilar. Ushbu g‘oyalar asosida ulkan tarixiy maqsad mujassam
ekanini barchamiz anglab yetishimiz kerak.
Shunday ekan, biz yangi Renessansga mos avlod bo
‘lish uchun yoshlar
qanday xislatlarga ega bo
‘lishi kerakligi haqida chuqur o‘ylashimiz, undan
k
eyin ta’lim-tarbiyani shunga yo‘naltirishimiz lozim. Bugungi kunda
yoshlarimiz bizning nafaqat tayanchimiz va suyanchimiz, balki bugungi
va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchiga aylanishi maqsadga
muvofiq.
Tarbiya sohasida eski
– umumiy, mavhum, natijasiz yondashuvdan
voz
kechib,
aniq,
bugungi
talablarga
chidamli,
tayanch
kompetenstiyalar, fazilatlar asosida shakllanishni talab etmoqda.
Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda o‘quvchi-yoshlarni muvaffaqiyatli
ijtimoiy
hayotga
tayyorlashda
mas’uliyat,
majburiyat, huquqiy
ong
va huquqiy madaniyat, t
eran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatlilik,
diniy va milliy bag
‘rikenglik, ma’naviy, fuqaroviy, madaniyatlararo, ijtimoiy
kabi fazilatlarni shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib
bormoqda.
Shu bois yoshlar tarbiyasiga b
evosita ta’sir ko‘rsatadigan "Tarbiya”
fanini o‘qitish ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda.
Jumladan, yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab
geosiyosi
y va mafkuraviy jarayonlarga to‘g’ri baho bera olish, ijtimoiy
muammolarni
hal etishda to‘g‘ri qaror qabul qilish, hayotda o‘z o‘rnini topish
bilan bog‘liq bo‘lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o‘rgatish, buning
natijasi o‘laroq, oila-jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishining
oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik, "ommaviy madaniyat"ning turli
ko‘rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi.
Bu, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy-
ma’naviy rivojlantirishning muhim omili bo‘lgan yoshlar tarbiyasi
shaxsan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuskorligida davlat
siyosati darajasiga ko
‘tarilganini inobatga olib, ushbu yo‘nalishdagi
prinstipial
yondashuvlarni
takomillashtirish,
strategik
maqsad
va
vazifalarning konsteptual asoslarini ishlab chiqish zaruratini talab qildi.Shu
maqsadda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
6-iyuldagi 422-son qarori bilan
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
o‘quvchilari uchun "Tarbiya" fani Konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiya umumiy o
‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning yoshiga mos
ma’naviy rivojlanishini ta’minlash va faol fuqarolik kompetenstiyalarini
sh
akllantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan
"Milliy istiqlol
g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" turkumiga kiruvchi
fanlar "
Odobnoma", "Vatan tuyg‘usi", "Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat
asoslari", "Ma’naviyat asoslari", "Dunyo dinlari tarixi" fanlarini birlashtirgan
yagona
“Tarbiya”fanining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Yurtboshimiz aytganlaridek, hammamizga ayonki, bugungi murakkab
globallashuv davrida jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni
kuchaytirish, yoshlarimizni turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash, ularni
o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib
tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu
sababli birinchi marta umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini joriy etildi.
Shu maqsadda, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya
Respublikasi, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya
Federatsiyasi k
abi davlatlarning tajribalari o‘rganildi, amaldagi fanlar‘ing
o’quv dasturlari har tomonlama qiyosiy tahlil qilindi.
“Tarbiya” fani o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda
ularning ijodiy qobiliyatlarin
i rivojlantirish, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash
va global tafakkur yuritish kompletentligini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy
farzandlari, jinoyatchilikka mo
yil bo’lgan yoki profilaktik ro‘yxatda turadigan
yoshlar bilan individual tarzda ishlash tizimini takomillashtirish kabi
murak
kab masalalarni hal etishda ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
Men yangi avlodni voyaga y
etkazishda, ta’lim-tarbiya berishda eng
mas’uliyatli vazifa biz o‘qituvchilar zimmasida turibdi, deb o‘ylayman. Zero,
“Tarbiya” fani o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish,
ularning har
tomonlama ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, samarali
hamkorlik qilish, vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy, ma’naviy va
umuminsoniy
qadriyatlarni hurmat qilish, o‘zlarining intellektual va ijodiy
salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Biz nafaqa
t yoshlarga, shu bilan birga, o‘zimizga bo‘lgan munosabatni
ham o‘zgartirishimiz, eski ko‘nikmalar ta’siridan chiqib, yangi qadriyatlarga,
yangi chaqiruvlarga moslashishimiz zarur. Buning uchun biz ustozlar
tarbiya fanini o’qitishda malaka va ko’nikmalariimzni oshirishimiz,o’z
ustimizda tinimsiz mehnat qilishimiz zarur.
“Tarbiya” fanining o’qitilishi, samaradorligi masalasi umumxalq ishi
darajasiga ko’tarilishi zarur.Bunga juda sharafli va buyuk masala, deb
qarashimiz kerak.
O‘zbekiston kelajagi bo’lgan aziz farzandlarimiz istiqboli
uchun astoydil va hamkorlikda ishlashim
iz kerak, degan ma’naviy talabni
hammamiz
o’zimizga
qat’iy
vazifa
sifatida
belgilasak,
ezgu
maqsadlarimizga erishamiz. Bugungi kun talabidan kelib chiqib aytish
mumkinki, ta’lim tizimidagi bu kabi muhim o’zgarishlar albatta, o’zining
ijobiy natijasini beradi.
Zero, ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, tarbiya
biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat
masalasidir.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |