Birinchidan turistlarni qabul qilish uchun zarur ma’lum xizmatlar to‘plami mavjudligi, bu shunday xizmatlar to‘plami bo‘lishi kerakki, turistga mahsulot taklif qilinganda aytilganidan ziyoda xuddi turist kutayotganiday bo‘lsin. Bunday to‘plamga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:
destinatsiya (manzil)ga olib borish va qaytib kelish hozirgi paytda tashishda qulay va sifatli transport xizmatiga talab oshmoqda, tashish ko‘paymoqda va ularning bajarilishi shart;
yetarli darajada xizmat ko‘rsatiladigan tunash (otellar, kempinglar, dala hovlilar va boshqalar mavjudligi) va ovqatlanish (restoranlar, kafe, barlar va boshq.).
Ikkinchidan, turistlarni qiziqtiruvchi diqqatga sazovar joylar mavjudligi, xuddi ana shu borada destinatsiyalar o‘rtasida raqobat vujudga keladi. Qancha ko‘p yangi narsalarni tomosha qilish, miriqib sayr qilish, xordiq chiqarish imkoniyati bo‘lsa, shunchalik turistlarning qiziqishi va kelishi ortib boradi.
Uchinchidan turistik bozorda mahsulot harakatlanishida zarur vosita hisoblangan axborot tizimining mavjudligidir. Bu eng avvalo rezervlashtirish va bronlashtirish axborot tizimiga kirish imkoniyatidir.
Shunday qilib, destinatsiya – bu ma’lum xizmatlar taklif qiladigan, turistning ehtiyojini qondiradigan, maqsadlari talabiga javob beradigan territoriya yoki manzildir.
Destinatsiya birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi destinatsiyaga o‘zining jalb qilish xususiyatlari bilan mijozni tashrif buyurishga chorlaydi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – bu qiziqishni ma’lum yetarli uzoq vaqt oraliqda (masalan, bir haftaga) qondirishdan iborat.
Ikkilamchi destinatsiya (yoki yo‘lda to‘xtash) birinchi destinatsiyaga borish yo‘lida to‘xtalmasa bo‘lmaydigan joyni bildiradi. Ikkilamchi destinatsiyani asosiy vazifasi turistlarni bir – ikki kunga istaklarini qondirishdan iborat. U bir tomondan birinchi destinatsiyaga borishda yo‘lda to‘xtash zarurati, ikkinchi tomondan turist uchun diqqatga sazovar joylarni tomosha qilish uchun bir-ikki kunlik sayr-tomoshadir. Shuning uchun ham ikkilamchi destinatsiya qisqa muddatga turistlarni ko‘proq jalb qilishi lozim.
Yana bir muhim jihatni ta’kidlash kerak. Birlamchi destinatsiya hamma vaqt ma’lum hududda joylashishi bilan xarakterlanadi (masalan, Disneylend), ikkilamchisi esa transport kommunikatsiyalariga nisbatan albatta qulay joylashgan bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |