Халқаро туризм



Download 1,06 Mb.
bet120/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

O‘zgaruvchan chiqim – bu ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan omilarini tashkil etuvchi resurslarga pul xarajatlaridir. Ularning kattaligi ayirma operatsiyalari masshtabi o‘zgarishiga proporsional tarzda almashadi. Sotish hajmi ortganda chiqim o‘zgaruvchanligi ham ko‘payadi va aksincha. Agar firma ishni to‘xtatsa, u chiqim o‘zgarishiga duch kelmaydi. Chiqimning bu kategoriyasiga mehnatga soatbay haq to‘lash (e’tibor bering – soatbay bu shtat xodimlari ish haqi, o‘zgarmasdan qoladi. Har holda qisqa muddatli davrda shunday bo‘ladi, doimiy chiqimga qo‘shiladi) va ishlab chiqarilgan tovarlar yoki xizmatlarni realizatsiya qilish xarajatlari kiradi.

Chet el tajribasida chiqimli doimiy va o‘zgaruvchanlikka bo‘lishda bir qator samarali usullardan foydalaniladi: davrda ishlab chiqarish hajmining yuqori va past nuqtasi usuli, tizimga tenglashtirish statistik usuli, grafik usul va boshq.

Turistik korxonalarga tushadigan chiqimlar bir qismi ko‘rsatilgan ikki turning birortasiga ham kiritilishi mumkin emas. Chunki o‘zida ikkisining ham qirralarini qo‘shib olgan. Adabiyotlarda bu chiqimlar har xil talqin qilinadi: shartli doimiy, (shartli o‘zgaruvchan) yoki doimiy o‘zgaruvchan. Ularning kattaligi o‘zgaruvchan chiqim kattaligi singari bevosita ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Chiqarishni o‘sishi bilan u o‘zgaradi, lekin har bir birlik mahsulot (xizmat)ga bir tekis emas, sakrash shaklida o‘zgaradi. Misol uchun, muntazam havo yo‘llari X o‘rinlar soni bilan samolyotlar orqali xizmat ko‘rsatadi. Ammo ba’zan vaziyat ro‘y beradi, (x-1) yoki (x-2) kishilar shu reysda uchishni istashadi, o‘shanda ularni transportirovka qilish uchun ikkinchi samolyot ajratiladi. Bunday tashish bilan bog‘liq xarajatlar shartli doimiy (shartli o‘zgaruvchanlik) hisoblanadi.

Doimiy, o‘zgaruvchanlik va shartli doimiy (shartli o‘zgaruvchi) chiqimlar ishlab chiqarishning umumiy yoki summali chiqimini hosil qiladi. Firmalar uchun bu ma’lum miqdorda mahsulotlar (xizmatlar) chiqarish uchun zarur kamroq umumiy pul xarajatlaridir. Summada chiqim ishlab chiqarish o‘sishiga qarab ko‘payadi. Shuning uchun u chiqarish hajmining ortib boruvchi funksiyasi hisoblanadi.

Ishlab chiqarishning umumiy chiqim funksiyasi turistik industriya korxonalari uchun: otellar, aviakompaniyalar, sayr-tomosha obyektlari va h.k. – o‘xshashdir.

Turistik korxonalar chiqimi tarkibi muhim xususiyatlarga egadir. Unda doimiy chiqimning o‘zgaruvchan chiqim ustidan salmoqli ekanligi kuzatiladi. Bu dalil turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy xulqida sezilarli belgini ko‘rsatadi.

Boshqa firmalar singari turistik kompaniya qaysi darajada narx belgilash kerak, qanday va qancha miqdorda ishlab chiqarish omillari olishi lozim, o‘zining daromadini maksimllashtirish uchun bozorga qancha hajmda xizmatlarini olib chiqish zarurligi haqida qaror qabul qiladi. Qo‘yilgan savollarga javob bera turib, firmalar rahbarlari ishlab chiqarish kompaniyalarining nafaqat xarajatlar tomonini, balki talablar haqida ham bosh qotiradilar. Turistik kompaniya hatto monopoliya sharoitida ishlayotgan bo‘lsada, u elastik talab hiisob-kitobini qilishi, shundan keyingina tegishli turistik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga narx belgilashi lozim. Ko‘rayotganimizdek, ayrim firmalar yanada naririroq borishadi va narx belgilashning murakkab strategiyasidan foydalanishadi. Bunday strategiyani ishlab chiqish uchun bozor talabi haqida batafsil axborot talab etiladi.

Firmalar daromadi – umumiy daromadlar va umumiy chiqim o‘rtasidagi farqdir. Ishlab chiqarishning kichik hajmi uchun daromad salbiy kattalikka ega, ya’ni ziyonli hisoblanadi – daromad juda kam, doimiy va o‘zgaruvchan chiqimlarni qoplashga yetmaydi.

Turistik xizmatlarni imkon darajasida ishlab chiqarishni ko‘paytirish daromadni ijobiy tomonga o‘zgartiradi va o‘stiradi. Turistik korxona to‘liq quvvat bilan ishlaganda maksimal darajasiga erishadi. Shuning uchun turistik kompaniyalar iloji boricha, ko‘proq va sifatliroq xizmat ko‘rsatishga intiladilar.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish