Халқаро туризм



Download 1,06 Mb.
bet123/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Kema sayohati. 1950 – yillarda dengiz va okean kemachiligi kema sayohati paydo bo‘lishi bilan nishonlandi. Ilgari ma’lum yo‘l va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan ko‘pchilik kemachilik kompaniyalari o‘zlariga tegishli transport vositalarini takomillashtirdilar, harakat tezligini ko‘paytirdilar va ularning bortiga sayr – tomosha, suzish havzasi, sport zallari, kazino, kino-konsert zallari va boshqa obyektlarni joylashtirdilar. Shu tarzda kemani sayr-tomosha ehtiyojlarga – kriuzga moslashtirdilar. Bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish konsepsiyasi o‘zgarayapti. Dengiz sayohatiga oddiy yo‘lovchi tashishdan, sayr-tomoshaga o‘tildi. Kema sayohati turistik bozorning muhim segmenti bo‘lib qoldi.

Hozirgi zamon kema sayohati 1950-yillar dengiz sayohatidan mutlaqo farq qiladi. Safarning uzoqligi va davomiyligi, yo‘nalish tizimining o‘zgarishi, harkatlanish vositasida mutlaqo boshqacha talabni qondirishga qaratildi. Siyosiy iqtisod ko‘rsatmalariga zid xarajatlarni keltirib chiqargan bo‘lsada u talabga javob berishda ma’lum rol o‘ynaydi.

Kema kompaniyalari – dengiz kemalari operatorlari xarajatlari tarkibida kemasozlik, bosh statiya hisoblanadi. Yangi sayohat kemasini kurish narxi juda yuqori – 500 mln. amerika dollaridan oshadi.

Amerikaning «Real Karibian Kruz Layn» kompaniyasi 2000 yilda fin kemasozlariga dunyodagi eng katta ikki sayohat kemasiga byuurtma berdi. Ulardan biri suv sig‘imi 13 ming tonna, bortiga 3,1 ming yo‘lovchi oladi. Kemalar qurilishi kompaniyaga 1 mlrd. amerika dollariga tushdi.

Zamonaviy sayohat kemalarining asosiy qismi ko‘p sonli yo‘lovchilarga mo‘ljallangan yaxshi ma’lum sayohat kemalari – «Kuin Elizabet II» va «Soveren ofzo Sinz» kabilar juda mashhur. Ulardan keyingisi 14 palubasida (ulardan 12 tasi yo‘lovchilar uchun) 1141 kayutasiga bir vaqtning o‘zida 2600 yo‘lovchi va 750 ekipaj a’zosini joylashtirish mumkin. Yaqin vaqtlargacha sayohat kemasozligida gigantomaniya – dengiz kemalarini suv sig‘imi va yo‘lovchi ko‘proq joylashishiga urinish hukmron edi. Bu XX asrlar boshlarida ko‘zga tashlanadi. Ammo biroq keyingi yillarda boshqa tendensiya vujudga keldi: kema gabaritlari kichraytirilib, ekipaj soni qisqardi, shu bilan birga umumiy yo‘lovchi sig‘imi oshirildi. Bunga «Fiskineyshn» tipidagi olti dengiz kemalari seriyasi misol bo‘laoladi. Ularning bir qismi allaqachon fin verflarida qurildi. Bu kemalar bir muncha kichik hajmga ega, lekin bortiga har biri 2700 yo‘lovchini ola oladi.

Tartibga ko‘ra, sayohat kemalari 10 yildan ortiq foydalanilmaydi. Flotimiyani yangilash nafaqat yangi laynerlar qurish vositasi bilan, balki foydalanilayotgan kemalarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor shinamlikka qaratiladi. Kemalar eng zamonaviy aloqa vositalari (jumladan, yo‘ldosh orqali), konditsionerlar, tebranish stabilizatorlar, lift uskunalari bilan jihozlanadi. Qulaylik darajasi yuqoriligi dengiz kemalarini boshqa sayohat transportlaridan afzalligini ta’minlaydi.

Qurilish modernizatsiya va rekonstruksiya – bir oyga, bir yilga emas, uzoq jarayonlarga mo‘ljallangan. Shuning uchun sayohat kemalarini qisqa muddatli taklifi g‘oyat noelastik. Ayrim egiluvchanlikka u transport vositalarini fraktovka qilish orqali erishishi mumkin. Kema sayohati kompaniyalari odatda kemani kema kompaniyalaridan ijaraga oladi, ular boshqa aloqa yo‘nalishida xizmat ko‘rsatayotgan bo‘ladi. Bitta kema dengiz orqali tashish talabiga qarab, turli yo‘nalishlarda ishlaydi. Kemachilikni bunday tashkil etish «trampovoy» (ingliz - tram - daydi) deb ataladi.

Fraxt kema egasiga ham, fraktovat qilgan kompaniyaga ham qulay. Qo‘shimcha transport vositasini ijaraga olish tufayli kema sayohati fraktoval kompanisi talabni o‘zgarishini tez sezish va o‘z takliflarini kengaytirishi mumkin. Kema egalari ham kemachilikning trampik rivojlanishidan manfaatdor. Negaki bo‘sh turgan transport vositasi moddiy zarar keltiradi, Fraxto kompaniya kemasi to‘liq yuklanish bilan ishlashi va mazkur holatda frakt ko‘rinishida daromad keltirishini istaydi.

Natijada kema sayohati kemalari sig‘imidan foydalanish koeffitsenti yiliga o‘rtacha 80 % dan oshadi. Kema sayohati kompaniyalari boshqa har qanday firma singari daromadni maksimallashtirish tamoiliga amal qiladilar. Uni amalga oshirishning eng zarur sharti ishlab chiqarish chiqimlarini qisqartirish hisoblanadi. Qat’iy tejash siyosati kompaniyaning barcha ish yo‘nalishlariga va uning hamma xarajatlari statiyasiga tarqaladi. U kemalar sig‘imini ko‘paytiradi va shu tariqa yo‘lovchi kilometr tannarxini pasaytiradi. Yo‘lovchi o‘rinlarini saqlashni arzonlashtiradi, harakatdagi sostavni yangilaydi. Kemalarning nisbatan tejamliroq modellarini tanlaydi, mehnat va moddiy resurslardan foydalanishda xarajatlarni kamaytiradi.

Chiqimlarni kamaytirishning eng muhim yo‘llaridan biri bu yoqilg‘i sarfini tejashdir. Yoqilg‘i omili 1950 yillardan keyin kema sayohatini tashkil qilish tizimida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Negaki teploxodni saqlash qiymati yurgan soatida turganidagidan yuqori, to‘xtab o‘tishlar davomiyligi ko‘paytirildi va bir vaqtning o‘zida suzish marshruti qisqartirildi. Bunday o‘zgartirishlar turistlar talabiga ham, kema sayohati kompaniyalari iqtisodiy mamlakatlariga ham javob beradi.

Qat’iy tejam rejimi shunday xarajatlarning ekipaj a’zolari mehnatiga haq to‘lash kabi statiyalariga ham joriy qilingan. Bu yerda muammo shundan iboratki, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish har bir kema sayohati kompaniyasining asosiy vazifasidir. Unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning sonini (bugun 2-3 yo‘lovchiga 1 kishi) ko‘paytirish va ularni malakasini oshirish orqali erishiladi. Kema sayohati kompaniyalari murakkab bo‘linish qarshisida qoldilar. Bir tomondan bozor mehnat xarajatlarini kamaytirishni, boshqa tomondan taqdim etiladigan xizmatlar sifatini oshirishni talab qilardi. Vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidirar ekan, kompaniya qimmat bo‘lmagan mamlakatlar Gretsiya yoki Filippindan arzon kemalar yollay boshladi, bortga mehnatni tajaydigan uskunalar o‘rnatish, ovqatlanish ishlab chiqarish texnologik sikli oxirida kambuzlar (yarim fabrikatlar tayyorlash)ni cheklash yo‘li bilan mehnatni kapitalga almashtiradi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar majmuasi kema sayohati kompaniyalarining raqobatbardoshligini kuchaytirdi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish