Халқаро туризм


Turistik takliflar mohiyati



Download 1,06 Mb.
bet117/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

5.6. Turistik takliflar mohiyati
Firmalar maqsadi. Iste’molchini tanlashni tahlil etganimizdek, butun firmalar tadbirkorlik xulqini yutuqqa erishish yo‘lida ular duch keladigan to‘siqlar va cheklanishlarni o‘rganishni boshlaymiz. Barcha firmalar – suvenirlar laryoki, restoran yoki yirik mehmonxonalar korporatsiyasi bo‘lsin, bitta yoki bir nechta egalar xususiy mulklari hisoblanadi. Ularning moddiy manfaatdorligi firmalar daromadlariga bog‘liqdir. Turgan gap, har bir korxona egasi maksimal foyda olish va o‘z boyligini ko‘paytirishga harakat qiladi. Daromad bozor iqtisodiyotida qudratli harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Tadbirkor unga intilar ekan, yangi ish boshlaydi yoki mavjud ishini kengaytiradi, bir xizmat va tovar ishlab chiqishdan boshqasiga o‘tadi. Daromad bosh iqtisodiy raqbat sifatida korxonalar boshqaruvchilarini va iqtisodiy rag‘bat sifatida korxonalar boshqaruvchilarni va egalarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslarni tejovchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, iste’molchi uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatga kirishishga majbur etadi.

Korxonalar ko‘proq daromad olishga intilayotgani amalda oydin bo‘lsada, unga hamma mutaxassislar ham qushilmaydi. E’tiroz mohiyati shunga olib keladiki, bu yo‘l quyilish inson tabiatini juda toraytirib quyadi. Ishbilarmon qarorlari qabul qilish jarayonida juda ko‘p motivlarni nazardan chetda qoldiradi. Adabiyotlarda bunga albternativ sifatida ko‘pincha firmalarning notijoriy maqsadlari tilga olinadi: nufuzini oshirish, xayriya tadbirlar va boshq.

Iqtisodchilar yo‘l qo‘yilganni himoya qilish uchun ikki xulosani dalil keltirishadi:

Birinchidan, kutilayotgandan kelib chiqish – bu o‘ziga xos ixchamlashtirish, har qanday nazariy qurilish uchun zarur, bu holda tadbirkorlik xulqi iqtisodiy modelini yaratish uchun kerak. U firmalar qanday qilib takliflar hajmini tanlaydi degan bosh savolga javob beradi.

Ikkinchi dalil «Jon saqlab qolish prinsipi»ga tayanadi. Unga ko‘ra, raqobat kurashida o‘z faoliyatini maksimum daromad olishga qaratgan firmalar yutib chiqishadi. Daromad investitsiyalash kapitalni ko‘paytirish va nihoyat kompaniyaning turg‘un rivojlanishi uchun mablag‘ manbai bo‘lib xizmat qiladi. Agar firma boshqa qandaydir maqsadni ko‘zlagan bo‘lsa, bankrot bo‘lishga mahkum. Daromad o‘rniga o‘z ishlab chiqarish hajmini maksimallashtirishga urinish sotish imkoniyatidan ko‘proq tovar (xizmat) ishlab chiqarishga sabab bo‘ladi va moliyaviy zarar keltiradi.

Ko‘pgina yirik transport kompaniyalari va xalqaro mehmonxonalar zanjiri o‘zlarining uncha yuqori bo‘lmagan normada barqaror daromadga ega bo‘lish mo‘ljalllarini bir necha marta bayon qildilar. Misol uchun, ularni qo‘yilgan kapitalga 10 % lik norma to‘liq qanoatlantirar ekan. Biroq bu firmalar ham xonavayron bo‘lmaslik uchun bozor qonunlariga buysinishlari kerak.

1980 yillarda Buyukbratiniyada denatsionalizatsiya to‘lqinida hatto klassik «qoniqarli» ham o‘z maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldilar. Agar ilgari «Britaniya temir yo‘llari» kompaniyasi daromadning 1 % lik erishuv tamoilini e’lon qilgan bo‘lsa, endi u yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash evaziga Yevropada ko‘proq daromad olayotgan transport kompaniyasiga aylandi. Endilikda uning faoliyati daromadni maksimumga yetkazishga buysindirilgan.

Daromaddan maksimallashtirish haqida boshlang‘ich holat shunda o‘z tasdig‘ini topadiki, agar korxona egasi yoki boshqaruvchisi ongli ravishda hech narsani maksimallashtirmaydi va umuman real xo‘jalik qarorlari qabul qilishda notijoriy maqsadlarni ko‘zda tutadi. Turizmda uning o‘zi uchun xos bo‘lgan xarakterdagi kichik biznes shakllarida shunday shaxslar uchraydiki, ular individual yoki oilaviy xususiy tadbirkorlik bilan ko‘ngilxushlik uchungina shug‘ulanadilar. Ular o‘z ishlarini unchalik kuch-g‘ayratisiz olib boradilar, uni kengaytirilishini ham, diversifikatsiya qilishini ham o‘ylamaydilar, buning ustiga bozordagi ulushini ko‘paytirishga qaratilgan agressiv marketing siyosati yuritiladilar.

Misol uchun, er va xotin mehmon qabul qilishni yaxshi ko‘rgani uchun uncha katta bo‘lmagan otel yoki restoranga egalik qilishadi. Fransiyada qishloq joylarda xotin-qizlar turizmni rivojlantirishning faol tarafdorlari hisoblanadi. Turistlarni firmalarda qabul qilish va xizmat ko‘rsatish ularning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi. Turizm daromad manbai sifatida ularga mustaqillik berdi, eng muhimi u ular uchun «dunyoga darcha» ochdi. Ilgari xotin-qizlarning yagona sayr-tomoshasi dam olish kunlari bozorga borish edi. Endi ular Fransiyaning boshqa burchaklari, xorijdan dam olishga keladigan odamlar bilan muloqat qilishi imkoniga ega bo‘ladilar. Ular uchun turistik biznes o‘ziga xos xobbiga aylandi. Ammo biroq bu tadbirkorlik xulqi iqtisodiy nazariyasi qonunchiligini rad etmaydi.

Aytaylik, bir necha badiiy iste’dodga ega odamlar o‘zlarini ruyobga chiqarishni izlab, individual xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qaror qildilar va turistlar uchun suvenirlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Turgan gap, ularning har biri o‘z ishini turlicha tashkil qilishga o‘rinadi. Omadlisi eng yaxshi usulni tanlaydi va gullab yashnab ketadi. Boshqalari katta xarajatlarga duch kelishadi. Xonavayron bo‘lish tahdidi ostida ular omadliroq daromad keltiruvchi suvenirlar ishlab chiqarishning optimal usullariga o‘tadilar.

Iqtisodchilar ko‘p ta’kidlashadi, raqobat ishlb chiqaruvchilarni daromadni maksimallashtirish uchun harakat qilishga majbur etadi. Vaholanki ongli ravishda ularning hech biri hech narsani maksimallashtirishmaydi.

Ishlab chiqarish texnologiyasi. Mo‘ljallangan maqsadga erishish uchun firma o‘z ishlab chiqarishlarini tashkil qiladi. U resurslar (yer, mehnat va kapital) sotib oladi. Ularni tayyor tovarga yoki xizmatlarga aylantiradi. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yar ekan, har qanday firma ishlab chiqarish texnologiyasini tanlash zaruratiga duch keladi. Hatto u unchalik murakkab bo‘lmagan biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsada, masalan yo‘l yoqasida sayohatchitlarga tovar sotiladigan magazincha ochsa ham, u binoning qaysi qismida nazorat kassa prilavkasiga joy ajratish haqida qaror qabul qilishi kerak. Yana vitrinaga joy tanlashi jovonlarni qanday jihozlash kerakligini o‘ylab ko‘rishi lozim. Yangi meva va sabzovatlarni sotib olganda ularni sovutgichsiz sifatini buzmasdan saqlash chorasini topishi katta mehnat sarflab ularga narx yozib chiqishi kerak, yoki narxnoma tuzishi lozimmi, pulni to‘lash uchun apparat kerakmi yoki kassaga qo‘l bilan tulaydimi hal qilishi zarur bo‘ladi.

Yirik aviakompaniyalar va mehmonxona korporatsiyalari mijozlarga xizmat ko‘rsatishning nisbatan murakkabroq texnologiyalarini hal qiladilar. Ishlab chiqarishning klassik nazariyasi shundan kelib chiqadiki, firma ishlab chiqarishning turli usullari qo‘shilishi omillaridan foydalanib, bitta va shu hajmda mahsulot chiqarishni ta’minlashi mumkin. Misol uchun, sharbatni ko‘p qo‘l mehnati talab qiladigan usulda yoki mashina uskunalarni qo‘llab kapital talab usulda olish mumkin. Bunda muhimi, qo‘llanilgan texnologiya tejamli bo‘lsin, resurslar isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilmasin, qo‘shilgan ishlab chiqarish omillar har biridan samaraliroq foydalanishga erishilsin.

Ekskursiya o‘tkazish uchun avtobus, haydovchi va ekskursovod talab qilinadi. Ikki avtobus, bitta haydovchi va ekskursovod yoki ikki ekskursovod va haydovchisi bilan avtobus mavjud bo‘lsa, resurslar (birinchi holda – kapital, ikkinchi holda - mehnat) kamomadligi paydo bo‘ladi. Keltirilgan misolda xizmat ko‘rsatishning yagona maqbul usuli mavjud. Biroq ko‘pincha bir yo‘la bir necha ishlab chiqarish omillarining qo‘shilishi variantlari injener – texnik nuqtai nazaridan bir xil samaralidir.

Ishlab chiqarish usullarining firma kira oladigan texnologik samaradorligi haqida axborotlarni umumlashtirish uchun iqtisodchilar ishlab chiqarish funksiyasiga e’tibor qaratadilar. U chiqarish maksimal hajmini ko‘rsatadi, firma har qanday resurslar to‘plamida uni olish mumkin.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish