Халқаро туризм


Turistik mahsulotlar ishlab chiqarish omillari



Download 1,06 Mb.
bet114/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

5.5. Turistik mahsulotlar ishlab chiqarish omillari
Turistik mahsulotlar ishlab chiqarish resurslarni talab qiladi. Ishlab chiqarish resurslarining asosiy kategoriyalari yoki ishlab chiqarish omillari mavjud: bular tabiiy va tarixiy – madaniy, insonlar, kapital omillardir.

Tabiiy va tarixiy – madaniy resurslar. Turistik takliflarning «poydevori» ni tabiiy mo‘l-ko‘llik tashkil qiladi. Turistlar ehtiyojini qondirishda ularning ahamiyatiga katta e’tibor beriladi. Rekratsion landshaftlar, yoqimli iqlim, suv obyektlari, ayniqsa iliq dengiz, mineral suvlar va shifobaxsh balchiq bularning barchasi tashrif buyuruvchilarni jalb etadi va turistik harakatda muhim ta’sir etuvchi omil sanaladi. Zamon va makonda turistik harakatning tarkibini shakllantirib, unga ma’lum yo‘nalish beradi. Turistik ekspluatatsiya jarayonida ko‘pchilik tabiiy resurslar qashshoqlashadi. Ularning bir qismi qayta tiklanmaydi, boshqasi mustaqil ravishda yoki inson ishtirokida tiklanadi.

Tabiiy «kapital» turli nuqtai nazardan o‘rganiladi: geografik, biologik, geologik va boshqalar. Iqtisodchilar ishlab chiqarish jarayonida qo‘l keladigan juda ko‘p bunday tabiiy resurslar bilan ish ko‘radilar. Bular bita – «yer» degan umumiy tushunchaga birlashgan. Yer ishlab chiqarish omili sifatida nafaqat sayyoramiz ustki qattiq qatlamini, balki turizm sohasi bino va inshootlar qurilishi uchun maydon o‘rmon va iqlim, suv resurslari va boyliklar manbalarini ham tashkil etadi. Yerning bu xususiyatlari turistik industriya korxonalarini joylashtirishda hisobga olinadi. Dam olishni tashkil etish tabiiy turistik resurslarni aniqlash va o‘rganishdan boshlanadi hamda ularni baholash bilan yakunlanadi. So‘ngra ulardan foydalanish tartiblari aniqlanadi va qo‘riqlash rejimi belgilanadi.

Табиий turistik resurslarni baholashning turli ko‘rinishdagi bir necha usullari mavjud: texnologik – u yoki bu tip rekratsion faoliyat uchun resurslarning funksional yaroqligi bo‘yicha, fizilogik – шинамлик даражаси бўйича, psixologik – estetik sifatlarga bog‘liqligi. Bunda antropogen zo‘riqish va turli xil tabiiy sinovlarga bardoshlik hisobga olinadi.

Tabiiy turistik resurslarni baholashni nisbatan ko‘proq tarqalgani texnologik usul hisoblanadi. Uni tog‘-chang‘isi turizmini rivojlantirishda relyefga baho berish misolida ko‘rib chiqamiz.

Jahon tajribasida tog‘ chang‘isi kurortini tashkil etish trassa qurish uchun joy relfini, uning o‘tkazish qobiliyatini o‘rganishdan boshlanadi. Shundan keyin kurort hajmi belgilanadi, ko‘targichlar loyihalashtiriladi, osma yo‘l quriladi, otelni joylashtirish uchun yer tanlanadi.

Tog‘ chang‘isining o‘ziga jalb etishi trassaning xilma-xilligi va cho‘zilganligiga bog‘liqdir. Bu omillar toq chang‘isi kompleksiga joy tanlashda yordam beradi. Trassalar uzoq va qisqa, oson va qiyin bo‘ladi. Rayonda hamma tipdagi trassalar bo‘lgani mahsul: o‘quv, sayyohlik va sport trassalari. Har qanday toq-chang‘isi kurorti o‘quv va turistik trassaga ega bo‘lishi kerak. Sport trassasining bo‘lishi esa yanada ko‘proq odamlarni jalb qiladi, chunki turistlar professional chang‘ichilar musabaqalarini tomosha qilib dam olish imkoniga ega bo‘lishadi.

Rossiyada tezkor qiyalik eng yaxshi sport trassasi Dombay kurortida qurilgan. U uzoq masofaga cho‘zilganligi va turli uchastkalariga mo‘tadil nisbatdaligi bilan ajralib turadi. Chegetidagi tezkor tushish qiyaligi trassasi esa o‘ta murakkab kategoriyaga kiradi. Unda kichik qiyaliklardan iborat uchastkalari yo‘q.

Kurortlardan foydalanishda toq-chang‘isi mavsumining davomiyligi muhim ahamiyatga ega. Uni (tog‘ yonbag‘ri qiyaliklarida trassa tanlash, shimol manzarasi ko‘zga tashlanib turadigan qiyaliklarda qishda foydalanish orqali uzaytirish mumkin. YA’ni qishda janubiy qiyaliklardagi trassadan, bahorda qor kechiroq eriydigan shimoliy qiyalikdagi trassalardan foydalaniladi. Harorat ta’sirida trassa, qor qoplami erib ketmasligi uchun uni bir tekis muzlashi, qor uzoq turishi choralari ko‘riladi. Bunda trassani qiyaliklardagi qalin o‘rmonzor – butazorlar orasidan o‘tkazish yaxshi samara beradi. Trassa qurilishida asosiy e’tibor chang‘ichilar xavfsizligini ta’minlashga qaratiladi. Keskin burilishlarda to‘sqinlik qiladigan dov-daraxtlar kovlab tashlanadi, ko‘rinish ochiladi.

Tog‘ chang‘isi turizmi uchun relfni baholash – murakkab va mehnat talab ish. Ammo u hali hududning rekratsion majmua ta’rifini (xarakteristikasi)ni tuzish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning bir kichik bo‘lagi xolos.

Turizmni rivojlantirish uchun hududning jozibadorligini oshirish eng avvalo, uning tarixiy – madaniy potensialini bilishga qiziqishni kuchaytirishga bog‘liq. U tarixiy yodgorliklar, memorial ziyoratgohlar va boshqa ma’naviy-madaniy yodgorliklar, xalq hunarmandchiligi, muzeylarni o‘z ichiga oladi. Tarixiy-madaniy meros barcha ijtimoiy-madaniy muhitni bor an’analari va urf-odatlari, maishiy turmush xususiyatlari bilan birga qamrab oladi. Deyarli barcha ziyoratgohlar turistlar uchun bilishga qiziqish uyg‘otadi.

Tarixiy – madaniy resurslarni turistik xizmatlar tizimiga qo‘shishning turli usullari mavjud. Eng ko‘p tarqalgan shakllari - muzeylar tashkil qilish va sayyohlik-ekskursiya yo‘nalishlari ochishdir.

Madaniy majmualarning attraktivligi ularni badiiy va tarixiy qimmatiga, moda va kirish qulayligiga bog‘qliqdir. Rekratsion resursshunoslikda turistik maqsadlarda madaniy komplekslarga baho berishning usullari ishlab chiqilgan. Turizm xo‘jalik tarmog‘i sifatida tarixiy-madaniy va tabiiy resurslardan foydalanishga qaratilgan mo‘ljallarda yorqin aks etgan. U ko‘pincha yangi hududlarni o‘zlashtirishda birinchilardan bo‘lib maydonga chiqadi. Xo‘jalik oborotiga ilgari qo‘l urilmagan tabiiy komplekslar jalb etiladi va ulardan intensiv foydalanishga kirishiladi. Tabiiy va madaniy potensiallardan uquvsizlik bilan foydalanish, antropogen normalarga amal qilmasdan zo‘riqtirish uni xonavayron bo‘lishiga olib keladi. Yaqin o‘tmishda turistlarni nazoratsiz Kamchatkaning noyob issiq suv manbalariga tashrif byuurishi oqibatida harorat muvonzanati buzildi, fontan bo‘lib otilishlari izdan chiqdi va geyzerlar vodiysi turistik tashriflar uchun yopib qo‘yildi.

Gaaga turizm bo‘yicha dekloratsiyasida buzilmagan «tabiiy, madaniy va insoniy muhit» turizmni rivojlantirishning asosiy shartlari hisoblanishishi ta’kidlangan.

Dekloratsiyada (III pirinsipial) quyidagi tavsiyalar ifodasini topgan:

mamlakat ichkarisida ham, xorijga sayohat qilishda ham turistlarni ma’rifiy xabardorligini ta’minlash, ularni borgan joylarida tabiiy, madaniy va insoniy muhitni hurmat qilish va saqlashga o‘rgatish;

turistlar tashrif buyuradigan joyning o‘tkazish qobiliyati darajasini aniqlash va unga amal qilishni ta’minlash, hatto u yerga borish davri va mavsumi cheklangan bo‘lsa ham».

Inson resurslari. Turistik mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida mehnatdan – insonning ongli vududga kelgan ruhiy va jismoniy energiyasidan foydalaniladi. U o‘z ehtiyojini qondirish uchun daromad olishga qaratiladi. Bu keng tushuncha insonlarni kasbiy ko‘nikmalari, ma’lumoti, jismoniy kuchi va salomatligi holatini qamrab oladi.

Mehnatning kattaligi ko‘pincha iqtisodiy omil sifatida mehnatga qobiliyatli yoshdagi odamlar soni va ish vaqtining davomiyligi bilan o‘lchanadi. Mehnat resurslarining sifat ko‘rsatkichlari - bu odamlar doimiy takomillashtirib boradigan kasbiy bilim va ko‘nikmalaridir. Shuningdek ularning ishga qiziqish (motivatsiya) darajasi va qobiliyati saviyasini ham aniqlash mumkin. Ma’lum qaltisliklar bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish qobiliyati iqtisodiyot fanlarida tadbirkorlik degan maxsus nom olgan va ko‘pincha ishlab chiqarishning mustaqil omili sifatida ko‘rib chiqiladi.

Turizm jahon xo‘jaligining eng ko‘p mehnat talab qiladigan sektorlaridan biri hisoblanadi. 1994 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kotibiyati (OESR) a’zo mamlakatlar o‘rtasida «Turizm va bandlik» anketasi tarqatdi. Olingan ma’lumotlar umumlashtirilib, tadqiqot natijalari e’lon qilindi. 1993 yilda Germanida turizmda 1,8 million kishi (mamlakatda iqtisodiyotda band kishilarning 6,5 %) ishlagan. Ispaniyada 1,4 mln. (9,1 %), Fransiyada 1,2 mln. (4,8 %), Yaponiyada 1 mln.ga yaqin (1,6 %) kishi turizmda band bo‘lgan. Bu mamlakatlarda turizmda bandlik ulushi to‘xtovsiz o‘sib borayapti. Tashrif byuuruvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha turistik faoliyat bilan birga, iqtisodiyotning turizm sohasi bilan tutash korxonalari katta hajmdagi mehnatni talab qiladi: savdo, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshq.

Turizm sohasida mehnatning bosh xususiyatlari, uning nokvalifikatsion xarakteridan iborat. Mexanizatsiya va avtomatizatsiya xizmati bu sektoriga sust joriy qilingan. Ishlab chiqarish jarayonlari xuddi avvalgidek qo‘l mehnatiga asoslangan va xizmat ko‘rsatuvchi xodimni bevosita mijoz bilan aloqasida amalga oshadi. Turizmda band 80 % ni malakasiz ishchi kuchlari tashkil qiladi. Ularning katta qismi xotin-qizlardir. Ko‘pincha ular, ma’suliyatli lavozimni band qila turib, murakkab bo‘lmagan binoni yig‘ishtirish, uy yuritish, ovqat va ichimlik tayyorlash kabi mehmonxona va restoran xo‘jaligi ishlarini boshqarishadi. Avstraliya, Belgiya, Fransiya, Shveytsariyada turizmdagi barcha yumushlarning yarimidan ko‘prog‘i ayollar ulushiga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, iqtisodiyotning boshqa sektorlarida ishning uchdan birigina xotin-qizlar zimmasida.

Turizm industriyasida xorijiy ishchilar va ishchilar mehnatidan keng foydalaniladi. YEI mamlakatlarida har uchinchi yosh kishi 16 yoshigacha turistik xizmat ko‘rsatish va ekskursantlikka jalb etilgan.

Turistik sektordagi mehnat bozori boshqa xususiyatlari orasida yuqori bo‘lmagan mehnat haqi ko‘zga tashlanadi. Ish rejimi va maxsus grafikli ish haftasi nisbatan uzun, mehnat jamoalari hayotida kasaba uyushmalari ishtiroki sust. Misol uchun, Isroilda mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida jamoatchilik mehnat faoliyati eng past haq to‘lanadigan soha hisoblanadi. Xizmatkorlar, ofitsiantlar, tikuvchilar, shveytsarlar ish haqi mamlakat o‘rtacha darajasidan ikki martadan past. Turizm tizimida amaldagi mukofatlash, qo‘shimchalar, vaqtdan tashqari ishga haq to‘lash, dam olish kunlari va boshqalar iqtisodiyotining boshqa tarmoqlaridagidek ancha farq qiladi va mehnat bozoridagi ahvolni tubdan o‘zgartira olmaydi.

Ish haftasining davomiyligi kattaligi turistik kasb nufuzini oshirish va mustahkamlashga imkon bermaydi. Keyingi o‘n yilliklarda u asta-sekin qisqara boshlagan bo‘lsa-da, G‘arbda mehnatni tashkil qilish tamoillari avvalgidek qolayapti. Ishning nisbatan yengilligi va oddiyligi, faqat tashrif buyurilgandagina xizmat ko‘rsatilishi ish soatlarining katta miqdori bilan qoplanishi lozim deb sanaladi. Turizmda ayrim hollarda ish haftasi 40 soatdan oshadi, vaxolanki iqtisodiyotning boshqa sektorlarida bir qator mamlakatlarda ishchilar uni 35 soatgacha qisqartirilishiga erishganlar.

Bularning hammasi kadrlarni yuqori qo‘nimsizligiga olib keladi. Buyukbritaniyada mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida 40 % band kishilar bir yil ishlagandan keyin bo‘shatiladi, Fransiyada esa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘rtasida vaqtincha shartnoma bilan ishlayotgan ishlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT) turizmda bandlikning uchta asosiy shaklini ajratib ko‘rsatadi:


  • mavsumiy ish, faol ishchanlikning o‘zgarib turish sikli bilan bog‘langan. Odatda ishchi kuchiga qo‘shimcha talab yoz oyida, dam oluvchilar ko‘paygan davrda namoyon bo‘ladi. Avj mavsumda otellar xodimlari Gretsiyada 3 marta, Irlandiyada 1,5 marta, Ispaniyada 30 % ga ko‘payadi. Turistik oqimlar kamayishi bilan ularni ommaviy bo‘shatish ruy beradi va ishsizlik muammosi yanada yangi o‘tkir tus oladi;

  • to‘liq bo‘lmagan ish kuni – rivojlangan mamlakatlar mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida bandlikni keng tarqalgan shakli. Ular bir tomondan qator afzallikka ega: mehnat sohasiga aholining faol iqtisodiy kategoriyasini (xususan, xotin-qizlar va talabalarni) jalb etishga imkon beradi, ular boshqa sohadagi ishi bilan birga turistik sektorda ham mehnat qiladilar. Bu turistik xizmatlar va tovarlar ishlab chiqarish jarayonlariga egiluvchanlik va tezkorlik baxsh etadi (misol uchun, sutkalik ishlarni smenali tashkil etishga yordam beradi).

Turli mamlakatlarda to‘liq bo‘lmagan ish kuni ulushi mehmonxona biznesida xodimlar umumiy soni bandligini 12 dan 52 % gacha o‘zgarib turadi:

  • Qisqa muddatli ishchanlik faolligi davrida vaqtinchalik ish (dam olish kunlari, ko‘rgazmalar, assambleyalar o‘tkazishda va boshq.).

Turistik korxonalarni zarur kadrlar, mehnatga qobiliyatli aholini ish bilan ta’minlashda vaqtinchalik ishchi xodimlarni yollash bo‘yicha firmalar muhim rol o‘ynaydi. G‘arbda bandlik xizmati fuqarolarni ishga joylashtirishda vositachilik vazifasini bajaradi. Avval ularni o‘zining shtatiga qabul qiladi, keyin esa korxonalar va tashkilotlar ixtiyoriga o‘tazadi. Ko‘p xollarda ular vaqtinchalik yo‘q xodimning vazifasini bajarishga jalb etiladi; tanlash davrida, korxona faoliyatini kengaytirish davrida vaqti cheklangan, muddati belgilanmagan bo‘sh o‘rinlarda ishlab turiashadi. Bu xizmat ishchi o‘rni qidirish va ishga joylashtirish bilan birga kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradi. Mehnat shartnomasi tuzish, bajarilgan ishlarga to‘lovlarni amalga oshirish va boshqalarga ko‘maklashadi. U fuqarolarga kasbiy malakalarni egallashga va mehnat bozoriga kirishga imkon beradi. Bu qaysidir darajada taklif etilayotgan ishlar beqaror xarakterini kompensatsiya qiladi.

Turizmda mehnatga haq to‘lashning uchta asosiy tizimi amal qiladi. Ulardan biri «choy puli» berishga va boshqa ixtiyoriy taqdirlanishga asoslangan. Bu mijozlar tomonidan xizmat ko‘rsatgan xodimga bevosita to‘lanadi. Ular odatda hisobda ko‘rsatilgan summaning 10 % ni tashkil qiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasida an’anaviy tarzda amal qilib kelgan bu tizim asta-sekin o‘tmishda qolayapti. Bir qator mamlakatlar hukumatlari bu tajribani saqlanishiga qarshi chiqishmoqda. Chunki bu xizmat ko‘rsatish krxonalarida mehnat haqi darajasini pasayib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi tizim, xizmat ko‘rsatish va sotishda ulush bilan ishtirok etishga asoslangan, oldingi mehnatga haq to‘lashning alternativi sifatida tashkil qilingan. U firmalar ish natijalaridan kelib chiqadigan mukofatlash hajmiga bevosita bog‘liq. YA’ni ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi ko‘payishidan xodimlarning moddiy manfaatdorlikka qiziqishlarini oshiradi. Ularning ishtiroki ulushi va mijozlardan olinadigan to‘lovlarni 5 dan 15 %, ayrim hollarda 20 % ga yetadi.

Nihoyat korxonada qayd qilingan mehnat haqi belgilanishi mumkin. Keyingi o‘n yilliklarda taqdirlashning bu shakli turistik firmalar, otellar, restoranlarda mijoz bilan bevosita aloqada bo‘lmaydigan xodimlar o‘rtasida yoyilmoqda. Bu Kuba, Niderlandiya va Yangi Zellandiyada keng qo‘llaniladi.

Jahonning Germaniya, Shvetsiya, Shvetsariya, Ispaniya, Turkiya, Polsha Indoneziya, Tanzaniya singari juda ko‘p mamlakatlarida bir vaqtning o‘zida mehnatga haq to‘lashning ikki tizimdan foydalaniladi. Xodimga eng kam mehnat haqi bilan birga ishtiroki ulushiga bog‘liq holda daromaddan foiz to‘lanadi. Bir qator jamoat tashkilotlari minimal mehnat haqi belgilanishiga qarshi chiqayotgan bo‘lsalarda, bu bandlik o‘sishini cheklab qo‘yayotgan bo‘lsada, hozircha ko‘zlangan maqsadga erishilayotgan yo‘q.

Ishlab chiqarish va mehnatning tegishli bozor qiymati (ish haqi) ma’lum darajada inson kapitalida sarmoyalar bilan belgilanadi. Turgan gap va ehtimol bunday yo‘nalishda eng muhim quyilish ma’lumot hisoblanadi.

Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi, uning asosiga turistik kasb va malaka talablari (professional standartlar) turistik industriya mansabdor xodimlari uchun asosiy mezon qilib qo‘yilgan. 1999 yilda Rossiya Mehnat Vazirligi qarori bilan turizm va yangi professional standartlari tasdiqlandi. Bu hozirgi zamon xalqaro talablariga javob beradi. Ularni ustida ish «Turizm industriyasi uchun o‘quv bazasini mustahkamlash» YES / TASIS loyihasi doirasida olib borildi. Unda mutaxassislar katta guruhi ishtirok etadi: mazkur sohada g‘arb yetakchi ekspertlari, Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi ixtisoslashgan o‘quv muassasalari va turistik biznes vakillari shular jumlasidandir.

Professional standartlar ustida ishlashda turistik firmalar, mehmonxona va turizm boshqaruv organlari rahbarlarini ekspert so‘rovlarga jalb etilishi muhim bosqich bo‘ldi. Bu amaliyotlar fikrlarini bilish va xo‘jjatlar tuzishda ularning istaklarini hisobga olish, shu bilan ta’limni turizm industriyasi bilan aloqasini ta’minlash imkonini beradi.

Yangi standartlar turistik xodimlar va mehmonxonalar biznesiga qo‘yiladigan barcha kompleks talablarni belgilaydi. Yevropa formatida ishlab chiqilgan bu standartlar o‘z ichiga nafaqat mansab majburiyatlarini, balki ularni bajarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni ham qamrab olgan.

Tuzilgan va qabul qilingan «Turistik industriya asosiy mansabdor xodimlariga kvalifikatsion (professional standartlar) talablar» hujjati turistik kadrlar tayyorlash normativ bazasini yaratish yo‘lida olg‘a tashlangan muhim qadam bo‘ldi. U RFda mehnat bozorining real ehtiyojlarini o‘zida aks ettiradi.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish