Халқаро туризм


Turizmda maxsus tashkil qilinadigan kuzatuvlar



Download 1,06 Mb.
bet82/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Turizmda maxsus tashkil qilinadigan kuzatuvlar. Turistik oqimlar va xarajatlar aniq hisobi turizm statistikasi bosh usullari - chegaraga va joylashtirish vositalariga kelganlarni qayd etish, shuningdek bank usullari – maxsus kuzatuvlar tashkil etish bilan birgalikda olib borilganda ortadi. Immigratsiya xizmati tomonidan taqdim etiladigan hisobot, turistlarni qabul qilish bo‘yicha korxonalar, banklar va valyuta almashtirish punktlari hisobotlari asosiy statistik axborotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ammo ommaviy-iqtisodiy murakkab hodisalar singari u turizmning hamma tomonlarini qamrab olish imkoniyatiga ega emas.

Shuning uchun ham uning bir qism ma’lumotlari maxsus statistik kuzatuvlar yordamida olinadi. Ularning axborotlari kelib tushishi chog‘ida ishlanadi. So‘ngra tizimlashtiriladi, hisobdorligi to‘ldiriladi va turistik faoliyatning alohida qirralarini sinchiklab o‘rganishga imkon beradi.

Tekshiruv o‘tkazish kata tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladigan juda murakkab ish bo‘lib, u olinadigan ma’lumotlarning to‘liqligini, ularni ishnochligini, birxilligini, o‘z vaqtidaligi va taqqoslanganini ta’minlashi lozim. Ma’lumotlarni yig‘ish oldindan ishlab chiqilgan reja bo‘yicha amalga oshiriladi. Rejada kuzatuvning metodologik, metodik va tashkiliy masalalari aks etadi. Unda maqsadi qo‘yiladi, obyekti va kuzatuv birligi ajratiladi, hamda tekshiruv dasturi tuziladi.

Har qanday statistik kuzatuvni rejalashtirishda eng avvalo uning aniq maqsadlari shakllantiriladi. Xuddi ana shu vazifalar ruyxatini aniqlashtiradi va statistik kuzatuvlar jarayonida olinadigan ma’lumotlarni aniqlaydi. Turistik tekshiruvlarning ko‘proq tarqalgan maqsadlari alohida mamlakatlar bo‘yicha kelishlar sonini (chiqib ketish oqimi uchun chiqishlar) belgilash hisoblanadi. Unda tashrif buyuruvchilarning jinsiy tarkibi, yoshi, oilaviy ahvoli, fuqaroligi, ma’lumotlilik darajasi va boshqalar ifodalanadi.

Turistik tekshiruvlarda safarning o‘ziga alohida e’tibor qaratiladi. Boriladigan joyi, ko‘zlangan masofa, transport turi, bo‘lish davomiyligi, joylashtirish tipi va boshqalar ko‘zda tutiladi.

Tashrif buyuruvchilarni tekshirishdan maqsad – Aruba oroliga (Kichik Antil orollari arxipelagi, Vest-Indiya) uyushtiriladigan sayohatlarni muntazam har uch oyda bir marta ko‘zdan kechirishdan iborat. YA’ni turistlar tarkibini aniqlash, orolga asosiy turistik oqimni tashkil qilayotgan mamlakatlar, tashrif buyuruvchilar tomonidan turistik yo‘nalish sifatida Arubani tanlanishi, ularning Arubada bo‘lish chog‘ida xarajatlari kattaligi, taklif qilingan turistik mahsulotlardan qoniqish darajasi kabilar e’tiborga olinadi. Bu axborotlar marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, taklif qilinayotgan turistik mahsulotlarni takomillashtirish yoki yangilarini yaratish uchun zarurdir.

Maqsadni tanlash bilan bir qatorda kuzatuv obyekti ajratiladi. YA’ni olinadigan ma’lumotlar mohiyati o‘rganiladi. Kuzatuv obyektini aniqlashda o‘rganilayotgan statistik ma’lumot aniq chegarasini belgilash talab etiladi. Bir holatda bu ish maqsadlarida safar qilayotgan shaxs, boshqasida shaxsiy avtomobilda sayohat qiluvchi, uchinchisida esa faqat Yevropadan yoki boshqa biror mamlakatlar (hududlar)dan kelayotgan turistlar bo‘lishi mumkin.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish