4.3. Turizmda statistik hisob usullari
Xalqaro turizm statistikasi axborotlarni yig‘ishning turli shakllaridan foydalanadi. Statistik kuzatuvlarni hisobotlar orqali yoki bevosita maxsus tekshiruvlar o‘tkazish bilan olib boriladi.
Hisobotlar orqali statistik kuzatuvlar. Bu holatda statistik ma’lumotlar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va boshqalardan belgilangan shakl va muddatlarda olinadi. Ular buxgalterlik hisobi va operativ ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlab, bularni statistika organlariga topshiradilar. Xuddi shu hisobotlar turizm to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi.
Statistikada turistik oqimlar kelishi miqdori va bo‘lish davomiyligi haqida axborotlarni immigratsiya xizmati yoki joylashtirish vositalaridan ham olish mumkin. Hozirgi vaqtda jahondagi 60 mamlakatda turistlar chegarada va 40 davlatda joylashtirish vositalarida qayd etiladilar.
Chegarada hisob mamlakatga kirish va undan chiqib ketishda immigratsiya nazorati vositalari orqali yuritiladi. Bu nazorat o‘tkazish punktlari, aeroportlar, temiryo‘l vokzallari, dengiz portlari, chegara postlari va h.k. larda amalga oshiraladi. Sayohatchi shaxs haqida asosiy axborot manbai bo‘lib maxsus qayd qilish shakli – kirish (chiqib ketish) kartochkasi, shuningdek chet elga chiqish pasporti va vizalar hisoblanadi. Ularda turistning jinsi, yoshi, uning doimiy yashash joyi (fuqaroligi) va borayotgan mamlakati, maqsadi, safar muddati va boshqa ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Bu ma’lumotlarni yig‘ishni tashrif buyuruvchining chiqishida amalga oshiriladi. Turist qaytishida o‘zining chiqishiga qaragandagidan aniqroq axborot berishi mumkin. Sayohat yo‘nalishi va muddatlarga ko‘pincha har xil vaziyatlar (ob-havoning o‘zgarishi, sog‘ligining yomonlashuvi, yangi diqqatga sazovar joylar haqida qo‘shimcha axborot olishi va boshqalar) ga qarab safar chog‘ida aniqlik kiritiladi.
Chegarada hisobga olish usuli juda ko‘p mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Ulardan ayrimlari chegara statistikasi yuritish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkam yo‘lga qo‘yishgan. Misol uchun, Kanada davlati AQSH safaridan qaytgan o‘z fuqarolari to‘g‘risida ma’ulumot yig‘adi va bu axborotlarni Qo‘shma Shtatlar Milliy turistik ma’muriyatiga taqdim etadi. AQSH va Kanadadan tashqari, kirish chegara statistikasi shakli Buyukbritaniya, Irlandiya, Ispaniya, Kipr, Portugaliya, Avstraliya, Singapur, Turkiya, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari (Polsha, Vengriya, Belgiya) va boshqalarda ham yuritilmoqda.
Mamlakatlar bo‘ylab kirish (chiqish) kartochkalarining shakllari farq qilishni hisobga olib, BTT namunaviy kartochkalar ishlab chiqdi va barcha a’zolariga undan foydalanishni tavsiya etdi (shakl 1).
Do'stlaringiz bilan baham: |