“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №1, февраль, 2021 йил. ISSN: 2181-1016
11
olish kerak. Shunday qilib aktivlar bilan operatsiyalar o‘zini o‘zi moliyalashtiradi va
qo‘shimcha naqd pul talab qilinmaydi.[15]
Xuddi shunday muammolarni mamlakat sug‘urta kompaniyalari faoliyatida ham
uchratish mumkin. Bu muammolar esa o‘z navbatida yechimini kutib qolmoqda. Shu
sababdan, ushbu muammolarni kelib chiqish manbalarini chuqur tahlil etgan holda,
mamlakat sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatini samaradorligini oshirishda
yuzaga kelayotgan kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish asosida o‘z taklif va mulohazalarni berish zaruriyati paydo bo‘ldi.
-
Sug‘urta
kompaniyalari
investitsiya
faoliyatiga
davlat
aralashuvini
kamaytirish, chunki davlat tomonidan sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatiga
aralashuv sug‘urta kompaniyalari bo‘sh mablag‘larini kengroq joylashtirish
imkoniyatini cheklab, investitsiya faoliyatidan olinadigan daromad samaradorligini
pasaytirishga olib keladi.
-
Hozirgi kunda bunday tahlilni hech qaysi sug‘urta kompaniyalari doimiy
ravishda amalga oshirmaydi. Bu turdagi tahlillarni doimiy ravishda amalga oshirish va
tahlil natijalariga ko‘ra investitsion portfel strukturasini o‘zgartirish ijobiy natija
keltiradi deb hisoblaymiz. Shuningdek, sug‘urta agentlari va sug‘urta tashkilotlarini
yuqori darajada tayyorlash bilan anderrayterlarga bo‘lgan talablarning o‘sib borishi
kuzatilmoqda va oliy talim mussalarida yoki Moliya vazirli huzuridagi Sugʻurta
bozorini rivojlantirish agentligi qoshida sug‘urta anderrayterlar, aktuariylar va shu kabi
muhum bo‘lgan mutaxassislar tayyorlaydigan markaz tashkil etish maqsadga
muvofiqdir.
-
O‘zbekistonda turli xil tavakkalchiliklardan sug‘urtalash, yetarli darajada
rivojlanmagan. Bu esa o‘z navbatida sug‘urta faoliyatini qonun bo‘yicha ta’minlashdagi
va soliq tizimidagi kamchiliklar borligiga, sug‘urtalashni amalga oshirishda tajribaning
yetishmasligiga bog‘liqdir. Ushbu hol o‘z navbatida investitsiya faoliyatini samarali olib
borishda ta’sirini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalarining investitsiya
faoliyatini yanada rivojlantirish, faoliyatni samarali olib borishdagi mavjud
kamchiliklar hamda g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini
ko‘rish, mavjud moliyaviy instrumentlardan unumli foydalanish, xorijiy davlatlar ilg‘or
tajribalarini faoliyatda qo‘llash orqali samaradorlikni oshirish, keng imkoniyatlar
yaratish, imtiyozlardan samarali foydalanish, investitsiyaga yo‘naltiriladigan mablag‘lar
manbalarini izlab topish, yangi zamonaviy sug‘urta turlarini yaratish hamda yuqori
saviyadagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish orqali sug‘urtalanuvchilar ishonchiga kirish
asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: