91
tashqari mablag‘larni topish yo‘llarini shakllantirish va takomillashtirishimiz lozim bo‘ladi.
Bugungi kunda iqtisodiyotning rivojlanishi va marketing samarasi bois umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida
byudjetdan
tashqari
moliyalashtirishning
yangidan-yangi
manbalari
o‘rganilmoqda. Hozirgi vaqtgacha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faqatgina davlat tomonidan
moliyalashtiriladi, byudjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘larining deyarli o‘sishi kuzatilmagan
.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish sharoitida budjet
mablag‘lari bilan bir qatorda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari
mablag‘larini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Umumta’lim maktablarining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari maktab
xarajatlarini moliyalashtirish manbalaridan biri bo‘lib, uni shakllantirishda maktab direktori
tashabbus ko‘rsatishi talab qilinadi. Chunki qonunchilikda jamg‘armani shakllantirishning bir
necha
daromad
yo‘nalishlari
belgilangan
bo‘lsada,
umumta’lim
maktablari ushbu
imkoniyatlardan to‘liq foydalanmaydilar. Umumta’lim maktablari direktorlari byudjetdan
tashqari jamg‘armani tartibga solish yuzasidan me’yoriy hujjatlar bazasi mazmuni bo‘yicha
yetarli darajada ma’lumotga ega emas. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari
mablag‘larni jalb etish orqali biz maktablardagi shart-sharoitlarni yaxshilash, farzandlarimizning
ta’lim olishlari va har tomonlama rivojlanishlari uchun qulay sharoitlar yaratishimiz mumkin.
Umumiy o’rta ta’lim muasssasalarida budjetdan tashqari mablag‘ topish yo‘llari Respublikamiz
qonunchiligida o‘z aksini topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 22 apreldagi 343-son «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
nizomni tasdiqlash haqida»gi va 344-son «Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarning byudjetdan
tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorlarida o‘z aksini topgan. Qarorda xalq ta’limi tizimidagi
muassasalarning ko‘chmas
mulkini ijaraga berishdan, o‘quvchilar uchun tashkil etilgan pullik
xizmatlardan, homiylar tomonidan berilgan mablag‘lar va boshqa mablag‘lar hisobidan
shakllantirilgan byudjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va to‘g‘ri foydalanish
yo’llari ko’rsatib o’tilgan. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasida byudjetdan tashqari mablag‘
topishning manfaatli tomonlari
ota-onalarning tanlovi asosida o‘quvchilarga pullik ta’lim
xizmatlari ko‘rsatish orqali ularga sifatli ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, muassasa rahbari,
pedagog xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom
raqobatni yuzaga keltirish, ta’lim
muassasalarning mustaqilligini oshirish,ta’lim muassasalarida asossiz pul yig‘imlari, korrupsiya
holatlarini oldini olish, byudjetdan tashqari topilgan mablag‘larni ta’lim muassasasi rahbarining
erkin tasarruf etish imkoniyatlari yaratiladi.Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda,
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat turiga xos mahsulotlar (ish,xizmat) realizatsiyasi
daromadlar tushumini shakllantirish, umumta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini
takomillashtirish, moliyaviy xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar,
byudjet va byudjetdan
tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarni
amaliyotga qo‘llashni takomillashtirish zarur. Umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi mavjud jihozlar va
imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash uchun
sharoitlarni yaxshilash maqsadida bor kuch va imkoniyatimizni ishga solishimiz lozim. Xulosa
qilib aytganda, byudjetdan tashqari mablag‘larni topish orqali ta’lim samaradorligining oshishi,
byudjetdan tashqari mablag‘lar manbaining ko‘payishi byudjet mablag‘larining tejalishiga va
byudjet taqchilligini
oldini olishga yordam beradi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi,
92
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat yuzaga keladi, ta’lim
muassasalarining talabgorligi ortadi, asossiz pul yig‘imlarini oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: