Халқ таълими ходимлари малакасини ошириш тизимини ислоҳ қилишнинг долзарб


UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARINI BUDJETDAN TASHQARI



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/143
Sana01.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#522369
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143
Bog'liq
4hiAMB9GJLCV3ZrOb6UReu8AJW6kuZM4N2T3iGi8

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARINI BUDJETDAN TASHQARI 
MABLAG‘LAR HISOBIDAN RIVOJLANTIRISH 
 
Г.Д.Нарбекова –
Авлоний номидаги ХТТРМХҚТМОИ катта ўқитувчиси 
 
Annotatsiya: shbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida mavjud imkoniyatlardan 
samarali foydalanib, zamon talablariga mos ravishda qo‘shimcha sharoitlarni yaxshilash 
maqsadida budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. 
Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta ta’lim tizimida ilg‘or 
xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini 
yaratish, xalq ta’limi muassasalarini byudjetdan moliyalashtirish va byudjetdan tashqari mablag‘ 
bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha 
sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, xalq ta’limi tizimi 
muassasalarini moddiy-texnik bazasini ta’minlash mexanizmini mukammallashtirish, ularning 
faoliyatiga zamonaviy me’yoriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarni va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ularning samarali ishlashi uchun munosib 
sharoitlarni yaratish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 
Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, maqsad uchun va oqilona 
ishlatishni ta’minlash zarur. Bu hammaga ma’lum va rad etib bo‘lmaydigan belgilangan 
haqiqatlardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda bugungi kunda 10 mingga yaqin maktab faoliyat 
yuritmoqda, 
ularning 
60 
foizini 
moddiy-texnika 
bazasi 
mustahkamlanishi 
kerak. 
O‘zbekistondagi maktablarning faqat 37 foizi kompyuter sinfiga ega bo‘lib, ularning 7 foizi 
Internet tarmog‘iga ulangan. Umumta’lim muassasalarini moliyalashtirish mamlakat 
qonunchiligi doirasida byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi kerak. Har bir maktab yil 
davomida tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida mablag‘ oladi. Mazkur mablag‘ning asosiy 
qismi maktab hodimlarining oylik ish haqi va u bilan bog‘liq to‘lovlarga yo‘naltiriladi. 
Mablag‘ning qolgan qismi esa kommunal hamda aloqa (telefon, Internet) uchun to‘lovlar, 
maktabni joriy ta’mirlash(remont) uchun qog‘oz, kanselyariya va xo‘jalik mollari, kompyuter 
texnikalari va boshqa turli tegishli xarajatlarga ajratiladi. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib,
hukumatimiz tomonidan maktablarning infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘lar 
ajratilmoqda. Ammo qisqa vaqt ichida belgilangan maqsadlarga erishish uchun byudjetdan 


91 
tashqari mablag‘larni topish yo‘llarini shakllantirish va takomillashtirishimiz lozim bo‘ladi. 
Bugungi kunda iqtisodiyotning rivojlanishi va marketing samarasi bois umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarida 
byudjetdan 
tashqari 
moliyalashtirishning 
yangidan-yangi 
manbalari 
o‘rganilmoqda. Hozirgi vaqtgacha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faqatgina davlat tomonidan 
moliyalashtiriladi, byudjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘larining deyarli o‘sishi kuzatilmagan
.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish sharoitida budjet 
mablag‘lari bilan bir qatorda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari 
mablag‘larini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Umumta’lim maktablarining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari maktab 
xarajatlarini moliyalashtirish manbalaridan biri bo‘lib, uni shakllantirishda maktab direktori 
tashabbus ko‘rsatishi talab qilinadi. Chunki qonunchilikda jamg‘armani shakllantirishning bir 
necha 
daromad 
yo‘nalishlari 
belgilangan 
bo‘lsada, 
umumta’lim maktablari ushbu 
imkoniyatlardan to‘liq foydalanmaydilar. Umumta’lim maktablari direktorlari byudjetdan 
tashqari jamg‘armani tartibga solish yuzasidan me’yoriy hujjatlar bazasi mazmuni bo‘yicha 
yetarli darajada ma’lumotga ega emas. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari 
mablag‘larni jalb etish orqali biz maktablardagi shart-sharoitlarni yaxshilash, farzandlarimizning 
ta’lim olishlari va har tomonlama rivojlanishlari uchun qulay sharoitlar yaratishimiz mumkin.
Umumiy o’rta ta’lim muasssasalarida budjetdan tashqari mablag‘ topish yo‘llari Respublikamiz 
qonunchiligida o‘z aksini topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2019 yil 22 apreldagi 343-son «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida 
nizomni tasdiqlash haqida»gi va 344-son «Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarning byudjetdan 
tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorlarida o‘z aksini topgan. Qarorda xalq ta’limi tizimidagi 
muassasalarning ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan, o‘quvchilar uchun tashkil etilgan pullik 
xizmatlardan, homiylar tomonidan berilgan mablag‘lar va boshqa mablag‘lar hisobidan 
shakllantirilgan byudjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va to‘g‘ri foydalanish 
yo’llari ko’rsatib o’tilgan. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasida byudjetdan tashqari mablag‘ 
topishning manfaatli tomonlari
 
ota-onalarning tanlovi asosida o‘quvchilarga pullik ta’lim 
xizmatlari ko‘rsatish orqali ularga sifatli ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, muassasa rahbari, 
pedagog xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, ta’lim 
muassasalarning mustaqilligini oshirish,ta’lim muassasalarida asossiz pul yig‘imlari, korrupsiya 
holatlarini oldini olish, byudjetdan tashqari topilgan mablag‘larni ta’lim muassasasi rahbarining 
erkin tasarruf etish imkoniyatlari yaratiladi.Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat turiga xos mahsulotlar (ish,xizmat) realizatsiyasi 
daromadlar tushumini shakllantirish, umumta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini 
takomillashtirish, moliyaviy xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet va byudjetdan 
tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarni 
amaliyotga qo‘llashni takomillashtirish zarur. Umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi mavjud jihozlar va 
imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash uchun 
sharoitlarni yaxshilash maqsadida bor kuch va imkoniyatimizni ishga solishimiz lozim. Xulosa 
qilib aytganda, byudjetdan tashqari mablag‘larni topish orqali ta’lim samaradorligining oshishi, 
byudjetdan tashqari mablag‘lar manbaining ko‘payishi byudjet mablag‘larining tejalishiga va 
byudjet taqchilligini oldini olishga yordam beradi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi,


92 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat yuzaga keladi, ta’lim 
muassasalarining talabgorligi ortadi, asossiz pul yig‘imlarini oldi olinadi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish