Халқ таълими ходимлари малакасини ошириш тизимини ислоҳ қилишнинг долзарб



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/143
Sana01.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#522369
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143
Bog'liq
4hiAMB9GJLCV3ZrOb6UReu8AJW6kuZM4N2T3iGi8

«Dalil» (fakt)
atamasi lotincha «
factum
» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, 
«amalga 
oshirilgan», «sodir etilgan»
degan ma'noni bildiradi. Binobarin, ilmiy bilishda dalil deganda real 
amalga oshgan, o‘zining mavjud borlig‘ini ro‘yobga chiqargan ayrim hodisani nazarda tutish 
o‘rinli bo‘ladi. Avvalambor, 
empirik, tajriba o‘tkazish yo‘li bilan, ya'ni kuzatish va uning 
natijalarini tavsiflash orqali olingan qoidalar ilmiy dalil deb hisoblanadi
. Ilmiy bilim, ilmiy 
ijod real dalillarga asoslanadi, bunda dalillarning o‘zi to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishi kerak. Ilmiy dalil - 
bu ob'ektiv-haqqoniy deb isbotlangan va qaysi bilim tizimiga kiritilganidan qat'iy nazar, o‘zining 
bu mazmunini yo‘qotmaydigan dalildir. Binobarin, 
bir variantlilik va ob'ektivlik 
ilmiy 
dalilning muhim xossasidir. 
Dalillar to‘plash ilmiy izlanishning muhim qismidir, ammo dalillar olinishi bilan ilmiy 
bilishning ijodiy, evristik qismi faqat boshlanadi. Yangi dalillarni fan binosiga muvofiq ravishda 
kiritish, insonni qiziqtirgan hodisa yoki jarayonni to‘g‘ri tushunish va tushuntirish zarur. Dalillar 
ilmiy farazlar, taxminlar, gipotezalar tuzishga faol yordam beradi. 
Dalil haqida epistemologik tushuncha sifatida gapirganda, mazkur tushuncha («ilmiy 
dalil») bilish faoliyatining o‘zida bilish ob'ektining u yoki bu xossalari haqida haqqoniy 
axborotni mujassamlashtirgan va barcha odamlar tomonidan bir xil tushunilishi mumkin bo‘lgan 
ayrim ob'ektiv natijasini ifoda etishini qayd etib o‘tish kerak.
Ilmiy bilish tizimida dalillar quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1)Tavsiflash; 2) 
tushuntirish; 3) asoslash; 4) tushunish; 5) bashorat qilish. 
Ilmiy dalillar ilmiy bilish ob'ektini to‘g‘ri va ob'ektiv tavsiflaydi. Dalil ko‘rinishida olingan 
bilim va dalillarni tavsiflash asosida fan ilgari unga ma'lum bo‘lmagan, olingan dalillar natijasida 
ilmiy bilim arsenalidan o‘rin olgan yangi bilimni tushuntirish va asoslashga o‘tadi.
Ilmiy dalillarni tushuntirish, asoslash, talqin qilish asosida mazkur dalillarni tushunish, 
anglab yetish sodir bo‘ladi. Bu yerda Gegel o‘zining «Mantiq fani» asarida qayd etgan quyidagi 
so‘zlarni keltirish o‘rinli bo‘ladi: «U yoki bu predmetni anglab yetish faqat shundan iboratki, 
Men bu predmetni o‘ziniki qilib oladi, u predmetning mohiyatiga kirib boradi va unga o‘z 
shaklini, ya'ni barchaga baravar taalluqlilik shaklini beradi»
61
. Gegelning fikrini hozirgi zamon 
nemis faylasufi, falsafa va psixologiya germenevtikasining asoschilaridan biri V. Diltey ham 
takrorlaydi. Bilishda tushunish deganda u ob'ektni «sezish asosida yalpi anglab yetish va uni 
qayta tuzish»ni tushunadi. Ilmiy dalil ob'ektni «sezish», uning asl mohiyatini tushunib yetishga 
ko‘maklashadi. Dalillar olim narsalarni ma'lum nuqtai nazardan, ijodiy ko‘rishiga yordam beradi. 
Ilmiy dalillarni tahlildan o‘tkazish, ularni talqin qilishga o‘ziga xos yondshuvni tanlay olishda 
olimning ijodiy salohiyati namoyon bo‘ladi. Mana shunday ijodiy faollikda olimning miyasida 
atoqli fizik N. Bor qayd etgan «telbanamo g‘oyalar» tug‘iladi. Aynan mana shunday g‘oyalar 
ko‘pincha ilmiy kashfiyotlarga olib keladi. Ilmiy dalillarni qayta ishlash bilan bog‘liq 
11
Г. Гегель. Наука логики. – М.: Мысль, 1972. Т. 3. С. 18.


234 
epistemologik vaziyat mazkur dalillarni tushunish va talqin qilishni zarur komponent sifatida o‘z 
ichiga oladiki, bu teran ilmiy abstraksiyalar, umumlashtirishlar va prognozlarga yo‘l ochadi.
Ilmiy dalilning evristik qudrati uning ilmiy bilishdagi prognostik rolida o‘z ifodasini 
topadi: fanda bashorat, ilmiy faraz va intuitsiya dalillarga tayanadi. Masalan, qushlar va 
hashoratlar, ya'ni havodan og‘ir ob'ektlar fazo muhitida uchishga qodirligi buyuk mexanik N.Ye. 
Jukovskiy tomonidan hozirgi zamon aerodinamikasining negizini tashkil etuvchi ko‘tarma kuch 
nazariyasining yaratilishiga olib keldi. Barcha eng yangi aviatsiya va kosmonavtika vositalari - 
raketalar, samolyotlar, vertolyotlar, dirijabllarni loyihalash Jukovskiy kashf etgan aerodinamika 
asosida amalga oshiriladi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish