1. Ijtimoiy-siyosiy jurnallar
Bu turdagi jurnallar jamiyatning ijtimoiy — siyosiy hayoti chuqur
qatlamlarini aks ettiradilar. Jahon jurnalistikasida ijtimoiy— siyosiy
jurnallar muhim o‘rinni egallaydi. Dunyodagi yirik, rivojlangan
mamlakatlarda ko‘pgina ijtimoiy — siyosiy jumallar nashr etiladi. Bunga
misol sifatida, AQShda uzoq yillar chiqib turgan «Layf» («Hayot»),
Angliyada nashr etiladigan - «Ekonomik», Fransiyadagi «Novel
Observator» («Yangiliklar sharhi»), Germaniyadagi yirik nashr —
«Shtem», «FokUs» Kanadadagi doimiy chiqib turadigan «Taym» («Vaqt»)
kabi jumallarni keltirish mumkin, Rossiyada esa «Огонек» ijtimoiy —
siyosiy, adabiy jurnali mashhurdir. Turkiyada ham bir qator ijtimoiysiyosiy jumallar nashr etiladi.
0 ‘z milliy mustaqilligiga erishgan respublikamizda ham qator
ijtimoiy-siyosiy jurnallar nashr etilmoqda. Bular orasida 1995-yildan beri
nashr etilayotgan. «Tafakkur» jurnali markaziy ijtimoiy-siyosiy jurnal
sifatida alohida o‘rin tutadi. Bu nashr ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy
jurnal bo‘lib, milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, ma'naviyat va ma’rifatga
doir masalalarni keng yoritadi, hamda kishilar ongiga istiqlol matkurasini
singdirish, o‘zligini anglatishda katta vazifani bajarib kelmoqda. 1991-
yildan nashr etilayotgan «Muloqot» jurnali esa respublikamizdagi ikkinchi
yirik ijtimoiy-siyosiy jumal boiib, 0 ‘zbekiston Xalq demokratik
partiyasining nashri hisoblanadi. Jurnalda ijtimoiy hayot, tarixiy o‘tmish
merosimiz, yangi davrni falsafiy mushohadalash, milliy mafkurani
shakllantirish va boshqa masalalar keng yoritiladi.
Ijtimoiy-siyosiy jurnallar o‘z xususiyatlari bilan turlicha ko‘rinishga
ega bo‘ladilar. Xotin-qizlar uchun chiqariladigan «Saodat», «Sanam» kabi
jurnallar ham ijtimoiy-siyosiy jurnallar tipiga kiradi. Chunki, mazkur
jurnallarda ham shu kungi ijtimoiy-siyosiy hayotning u yoki bu masalalari,
muammolari yoritib boriladi. Yoshlar hayotini yorituvchi «Yoshlik»,
«Yosh kuch», ma’rifat va yangi avlod tarbiyasi masalalarini yoritishga
bagMshlangan «SogMom avlod uchun», bolalar uchun chiqariladigan
«Gulxan» hamda kichkintoylar jurnali «G‘uncha» ham o‘z xususiyatlari
bilan ijtimoiy-siyosiy jurnallar qatoriga kiradi. Shuningdek, hayotni
adabiy-badiiy vositalar yordamida aks ettirishga mo‘ljallangan «Guliston»,
adabiyot va san’at masalalariga bag‘ishlangan “Sharq yulduzi», «Jahon
adabiyoti», “Teatr” jumallari ham o‘z sahifalarida ijtimoiy-siyosiy hayot
masalalarini ko‘tarib chiqishlari boisidan ma’lum darajada ijtimoiy-siyosiy
jurnallar sanaladilar. Respublikamizda ijtimoiy-siyosiy jurnalistika va
uning markazi hisoblanmish ijtimoiy-siyosiy jurnallar tobora ko‘payib
bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |