4.Матбуот ва журналистик фаолият эркинлиги
Режа:
Matbuot erkinligi masalasi
Matbuot erkinligining 3 asosi
Axborot tizimi huquqlari mazmuni
Jurnalistika amaliyotini boshqarish ommaviy axborot vositalari
tizimida ham ichki, ham tashqi tomondan amalga oshiriladi. Ommaviy
axborot vositalari nimani va qanday yoritish mumkin yoki mumkin emas
degan savolning javobi matbuot erkinligi bilan belgilanadi. Bu masala
necha asrlar o‘tibdiki, kun tartibidan tushmay keladi.
Matbuot erkinligi iborasi taraqqiyotning buyuk qadriyatlari boigan
fikr, vijdon, ong erkinligi bilan bir qatorda turadi. Insoniyatning madaniy
rivojlanishida erishgan barcha yutuqlari axborot vositalari ishtirokida
amalga oshirilgan. Bu o‘zaro aloqa Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Inson Huquqlari umumiy Deklaratsiyasida ham o‘z ifodasini topgan. BMT
Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10 (Jekabrda qabul qilingan bu
Deklaratsiyada “insoniyat oilasinmg hamma a’zolariga xos qadr -
qimmatni, ularning teng va ajralmas, huquqlarini tan olish - erkinlik, adolat
va yalpi tinchlik negizi” ekanligi e io n etilgan.13 Deklaratsiyada insonning
fikrlash, vijdon, din erkinligi, e’tiqod erkinligi va uni erkin ifodalash va
boshqa huquqlar ifodalangan.
Ushbu Deklaratsiya mustaqil О ‘zbekiston Respublikasi imzolagan
birinchi xalqaro hujjat hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasming “Inson va fuqarolaming asosiy huquqlari erkinliklari
va burchlari” deb atalgan 2-boiim i mazkur Deklaratsiya talablariga to ia
mos keladi. Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tganimizdek, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasida “Ommaviy axborot
vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning
to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga y o i
qo‘yilmaydi”, deyiladi. Matbuot erkinligi iborasiga hozir ham turli qarashlar mavjud. Chunki, senzuraga y o i qo‘yilmaydi, degan konstitutsiyaviy huquq bor boiishiga qaramay senzura faoliyati bir - necha yil davom qilgani, hatto hozir ham
ko‘pgina muassislar tomonidan tahririyat ishiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri
aralashish va maqolalarni senzura qilish davom etayotgani, o‘sha
boshliqlarning qonunga loqayd qarashlari, ocz lavozimlarini suiste’mol
qilayotganliklari deb qaralmogi kerak. Chunki matbuot erkinligi so‘z,
shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri boiib, matbuotning
erkin faoliyat15 ko‘rsatishini, kishilarning matbuotda o‘z fikr va tuyg'ularini
to‘siqlarsiz ifoda eta olishini ifodalaydi. Aslida erkinlik anglangan zarurat
ekanligim ham yoddan chiqarmaslik kerak. Matbuot erkinligining 3 asosi
mavjudli to‘g‘risida fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |