17.Журналистика тизимининг асосий омиллари
Режа:
Jurnalistikada erkinlik masalasi va uning g‘oyaviy-nazariy
mohiyati
Jurnalistika erkinligining ma’naviy asosi
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi
Jurnalistikada erkinlik masalasi va uning g‘oyaviy-nazariy
mohiyati
Jurnalistika nazariyasida jurnalistika erkinligi masalasi muhim o‘rin
tutadi. Chunki bu muaramo ham jumalistikaning mohiyatini, uning
jamiyat hayotidagi o‘rnim belgilaydi. Jurnalistika erkinligi - so‘z
erkinligi, shaxs erkinligi, vijdon erkinligi singari siyosiy huqiiqlardan
biri boiib, jumalistikaning erkin faoliyat kocrsatishi, kishilaming
jurnalistikadan erkin foydalana olishi, unda fikr va tuyg‘ularini ifoda eta
olishi erkinligi, axborot yig‘ish va tarqatish erkmligidir.
Jurnalistika erkinligi masalasi jurnalistika paydo bo‘lgandan beri
mavjud bo‘lib, turli jamiyatda turlicha ado etib kelinmoqda.
Erkinlik so‘zining tub ma’nosi har qanday to‘siq, g‘ov, monelikdan
holi boclish, bemalollik, mustaqillik, ozodlik degan ma’noni beradi. Ammo
erkinlik aslida anglangan zaruriyatdir. Inson o‘z oldida turgan tarixiy,
iqtisodiy, siyosiy zaruratni anglab yetgandagina erkin bo‘ladi, erkin fikrlay
oladi. Jurnalistika erkinligi ham ana shunday xususiyatga ega. Ya’ni,
jamiyat taraqqiyotiga, uning qonuniyatlariga javob beruvchi
jurnalistikagina erkin jurnalistika bo‘ladi. Jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq
qonunlarni chuqur tushungan, unga javob bera oladigan jurnalistgina
erkindir. В uning aksi, eskirgan, o 'z umrini yashagan ijtimoiy tartiblar va
qarashlarga xizmat qiluvchi jurnalist erkin bo‘la olmaydi.
Jurnalistika erkinligining uch asosi mavjud bo‘lib, bular-uning
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy asoslaridir. Jurnalistika
erkinligining ijtimoiy-siyosiy asosi muayyan jamiyatdagi jumalistikaning
qaysi ijtimoiy borliqda, qanday tuzumda faoliyat ko‘rsatishi, qaysi ijtimoiy
ongning ko‘rinishi ekanligi, qaysi mafkura va g‘oyalarga xizmat qilishidan
kelib chiqadi. Jurnalistika erkinligining bu bosh asosi uning huquqiy
imkoniyatlari bilan ifodalanadi. Har bir jamiyat, har bir tuzum jurnalistika
erkinligi huquqini belgilar ekan, uning faoliyatini ma’lum qonunlar,
ko‘rsatmalar, bu borada olib boriladigan siyosat bilan belgilab qo'yadi.
Jurnalistika erkinligining iqtisodiy asosi esa jurnalistika nashrlari va
ommaviy axborot vositalarining kim toraonidan, qaysi mablag‘lar evaztga
chiqarilishi bilan belgilanadi. Ya’ni, jurnalistika kimning mablag‘i evaziga,
iqtisodiy qo'llashi natijasida chiqsa o‘sha uchun erkin bo‘ladi.
Jurnalistika erkinligining ma’naviy asosi esa uni chiqarayotgan shaxs,
guruh, unda ishlovchi jurnalistlarning dunyoqarashi, e’tiqodi, maslak va
maqsadlari bilan o‘lchanadi. Yuksak ma’naviyatli, e’tiqodli, insoniyat
oldidagi, jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini chuqur anglab olgan,
umuminsoniy ,va milliy qadriyatlarga xizmat qiluvchi, ezgulikka intiluvchi
jurnalist doimo erkin bo‘ladi. Buning aksicha qoloq, qotib qolgan
tushunchalar, aqidalar asosida faoliyat yuritadigan jurnalist esa hech
qachon ruhan erkin bo‘la olmaydi.
Jurnalistika erkinligi masalasi jurnalistika paydo boigan paytdan
boshlab mayjuddir va turli davrlarda turlicha hal etib kelingan.
Jumalistikaning ilk davri hisoblangan va yakka hukmdorlar tomonidan
boshqarilgan avtoritar jurnalistika keng omma uchun erkin bo‘la olmadi,
xalqning fikr-tuyg"ularini o‘zida ifoda eta olmadi. Bu jumalistikaning
egalari bo‘lgan yakka hukmdorlar manfaatiga zid edi. Shu boisdan ana shu
davrdayoq jurnalistika erkinligi talabi paydo boidi. Yangi o‘sib
chiqayotgan taraqqiyparvar kuchlar o'zlari uchun, o‘z fikrlarini erkin
bayon etish uchun jurnalistika erkinligini talab qildilar. Bunmg yaqqol
misoli sifatida XVII-XVIII asrlarda Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda
yuz bergan inqilobiy voqealar davridagi jurnalistika erkinligi uchun
kurashni keltirish mumkin. Angliyada yashab ijod etgan Djozef Addison,
Richard Stil, Fransiyada Kamil Demulen, Jan Pol Marat va boshqa
taraqqiyparvar jurnalistlar o‘z asarlarida xalq ommasining fikr va
tuvg ularini ifoda etib, jurnalistika erkinligi uchun kurashdilar. Rossiyada
A S.Pushkin, N.A.Nekrasov, N.G.Chemishevskiy, A.I.Gertsen kabi ilgcor
fikrli, o‘z asarlarida xalq ommasining fikr va tuyg‘ularini ifoda etgan
adiblar, publitsistlar chor hukumati tomonidan doimiy ravishda
jurnalistikani o‘z ta’qibi ostida olib kelgan senzuraga qarshi kurashib
keldilar. Asrimizning boshida Turkistonda vujudga kelgan jadid
jurnalistikasi namoyandalari ham mustamlakachi chor hukumatining
jurnalistika erkinligi borasidagi qattiq zulmiga qarshi chiqqan edilar.
“Hozirda ijtimoiy kaiom, jurnalistika uchun berilgan hurriyatlar
to'shak ustida, og‘ziga suv tomizilib turilgan og‘ir xastadek ekanini tilsiz
va ko‘r tabiblar ham tasdiq eturlar”, deb yozgan edi “Taraqqiy”
gazetasining muharriri I.Obidov gazetaning l-sonida (1906, 14 iyun)
bosilgan “Biz musulmonlarni hurriyatda haqlari bormi? Yo‘q!
Qarindoshlar, yuz marta yo‘q!” sarlavhali publitsistik maqolasida. Bu
davrda jurnalistikada publitsistika sohasida ijod qilgan M.Behbudiy,
M Abdurashidxonov, A Avloniy va boshqalar ham chor Rossiyasi generalgubematorligining jurnalistika erkinligidan mahrum qiluvchi siyosatiga
qarshi keskin fikrlar aytgan edilar.
Keyinchalik, dunyodagi qator rivojlangan mamlakatlarda hokimiyat
o‘zgarib burjuaziya hukmronligi boshlangach, jurnalistika erkinligi
msbatan kengaydi. Bu davrda chiqqan jurnalistika nashrlarida axborot
olish va tarqatish yaxshilandi, kishilaming jurnalistikadan foydalanish
imkoniyatlari ancha oshdi. Umuman olganda burjuaziya jurnalistikasi
erkin jurnalistika deb nom oldi. Bunda ma’lum darajada haqiqat bor edi.
Burjua hukumatlari jumalistikaga oid qonunlarida jurnalistikani hamma
uchun erkin, deb e’lon qildilar, bu qonun ma’lum darajada amalga oshdi,
iqtisodiy jihatdan imkoniyati bor shaxslar, guruhlar uchun jurnalistika
nashrlari chiqarish, axborot yig‘ish va tarqatish erkinligi paydo bo'ldi. Shu
bilan birgalikda burjua jumalistikasida erkinlikning iqtisodiy asosi katta
ahamiyatga ega bo‘la borganligi boisidan jumalistikaning kapitalga
qaramligi ham oshdi, jurnalistika erkinligi undan xohlagancha foydalanish
erkmligiga, boylik orttirish erkinligiga aylana bordi. Jurnalistikada shovshuvli materiallarga, reklama va e’lonlarga haddan tashqari keng o‘rin
berila boshlandi. H.H.Niyoziyning “Gapur” she’ridagi:
Qo‘y ondin-mundin xabar, e’lon kerosin yoyma ko‘p;
Ismi jumoli kitob, yaxshi ro‘monlardan gapur, kabi misralar “Sadoyi
Farg‘ona” gazetasida juda ko‘plab bosiladigan reklama va e’lonlarni tanqid
qilishga bagcishlangan edi. (“Sadoyi Turkiston” gazetasi. 1914. 20 may).
1917-yil oktyabr o‘zgarishidan keyin hukmronlikni o‘z qo‘liga olgan
bolsheviklar partiyasi jurnalistika erkinligi masalasiga sinfiy nuqtai
nazardan yondashishini e ’lon qildi va bu borada bir yoqlama, sinfiypartiyaviy zo‘ravonlikdan iborat siyosatni o‘tkaza boshladi.
Bolsheviklarriing buyrug‘i bilan Rossiyaning o‘zida va unga tobe bo'lgan
o'lkalarda o‘sha davrgacha mavjud bo‘lgan barcha ommaviy axborot
nashrlari yopildi, bosmaxonalar musodara qilindi va ulaming o‘miga
kommunistik partiyaning nashrlari chiqarila boshlandi. V I. Lenin
“G.Myasnikovga xat” asarida jurnalistika erkinligini faqat sinfiy nuqtai
nazardan hal etish mumkinligini ko‘rsatib berdi va kommunistik ta’limotga
zid har qanday qarashlar, fikrlarni jurnalistikada e ’lon qilinishi mumkin
emasligim ta’kidladi. Jurnalistika “faqat proletarlar va keng mehnatkash
omma“ uchungma erkm deb e’lon qilindi va kommunistik partiyaning
siyosatiga mos tushmaydigan har qanday g‘oya va fikrlar, milliy, dmiy va
boshqacha qarashlar man etildi, jurnalistika yakka gcoyaviy hukmronlik
quliga aylantirildi. Bunday holat oikam izda yetmish yildan ko‘proq davr
mobaynida hukm surib keldi. Bu qonunga bo‘ysunmagan yoki o‘zicha,
erkin fikrlashga uringan qator adiblar, jumladan A.Qodiriy, Cho‘lpon,
Fitraf va necha yuzlab jumalistlar, publitsistlar jismonan yo‘q qilindi,
siyosiy qatag‘on etildi. 0‘z milliy mustaqilligiga erishgan, demokratik va
huquqiy davlat, adolatli fuqarolar jamiyati tuzish yo‘lidan borayotgan
respublikamizda jurnalistika erkinligi masalasi huquqiy to‘la hal etildi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67 - moddasida “Ommaviy
axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Senzuraga yo‘l
qo yilmaydi”, deb yozib qo‘yilgan. Jurnalistika erkinligining bu ijtimoiysiyosiy va huquqiy asosi yana bir muhim qonun - “Ommaviy axborot
vositalari to‘g‘risida”gi Oliy majlis tomonidan 1997-yil 26-dekabrda qabul
qilingan hujjatda yanada oydinlashtirilib, 0 ‘zbekiston Respublikasida
ommaviy axborot vositalarining erkinligi, har bir fuqaro axborot
vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga
ega ekanligi hamda ommaviy axborot vositalarida senzuraga y o i
qo'yilmasligi ta’kidlab o'tiladi. O'zbekistonda bu qonunlarning hayotga
tatbiq etilishi, o ‘zbek jurnalistikasining haqiqiy erkin, rivojlangan
jurnalistika darajasiga etib, jahon erkin jurnalistikasining ajralmas tarkibiy
qismiga aylanishi uchun, jumalistikamizning qonun chiqaruvchi, ijro va
sud hokimiyatlaridan keyingi “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylanishi uchun
qator amaliy tadbir va choralar ko‘rilmoqda. “Jurnalistika va axborot
vositalarini to'rtinchi hokimiyat sifatida e’tirof etish huquqiy davlat
oyoqqa turishining muhim shartlaridan biridir”, - degan edi 0 ‘zbekiston
Prezidenti l.A.Karimov.9 Bizning jurnalistikamiz, ommaviy axborot
vositalari kishilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda, milliy
mustaqillik, tinchlik, barqarorlik, demokratiya va adolat g‘oyalarini,
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni ulaming ongiga singdirishda, milliy
mafkuramizni vujudga keltirishda kuchli faoliyat koYsatib kelmoqda.
Jurnalistika erkinligi masalasi jamiyat taraqqiyoti bilan birgalikda
rivojlanib boradi.
Jamiyatimiz taraqqiy etishi, mustaqilligimizning mustahkamlanishi
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar1 muvaffaqqiyat bilan amalga oshishi
jarayonida jurnalistika erkinligi borasidagi ayrim muammo va nuqsonlar
ham о ‘ z yechimini topib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |