mahsulotining etikdo`z mahsulotiga bo`lgan to`g`ri
munosabati, to`g`ri tenglamasi topilishi
kerak". Lekin o`sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. Savolga javob izlab, u o`z fikrini shunday
davom ettiradi: "Biz nima uchun almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening
tovarim kerak", degan oddiy xulosaga keladi. Tovarlarning tengligi
pul tufayli amalga oshadi,
deydi u. Hamma narsa biron narsa bilan o`lchanishi kerak. Bu avvalo ehtiyoj, u barcha narsani
bog`lovchi asos. Ehtiyojni almashtirish uchun (odamlar kelishuvi bilan) pul - chaqa paydo
bo`ldi. Aristotelning bu fikrida hozirgi zamon marjinalizm g`oyalari yotadi, ya'ni tovarlarning
foydaliligi asosiy o`ringa chiqadi.
Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qarama-qarshi qo`yishi
xarakterlidir. U o`ylab topgan "xrematistika" matni "xrema" so`zidan olingan bo`lib, mulk,
egalik mazmuniga ega. Aristotel iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo`lgan
mahsulotlar (iste'mol qiymatlari)ni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan tabiiy xo`jalik
faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdo). Bu almashuvni ham o`z
ichiga oladi, ammo zarur shaxsiy talab-ehtiyojlarni qondirish chegarasidan chiqmasligi kerak. Bu
faoliyat chegaralari ham tabiiy soha bo`lib, insonning ongli shaxsiy iste'moli doirasida bo`lishi
kerak.
Xrematistika esa (amaliyotda kam qo`llaniladi) "mulk orttirish san'ati", ya'ni ayniqsa
pul
shaklida foyda orttirish, boylik (pul) to`plashga yo`naltirilgan faoliyatdir. Boshqacha
aytganda, xrematistika - bu kapital qo`yish, sudxo`rlik va jamg`arish "san'ati"dir.
Antik davrda hali sanoat kapitali mavjud emas edi, ammo savdo va sudxo`rlik (pul)
kapitali sezilarli rolni o`ynagan. Shularni hisobga olib, olim savdo bilan bog`liq bo`lgan mol-
mulk orttirish san'atida maqsadga erishish borasida hech qachon chegara bo`lmaydi,
chunki
cheksiz boylik va pulga egalik asosiy maqsaddir, deydi. Pul oboroti bilan shug`ullanuvchilarning
hammasi o`z kapitalini cheksiz o`stirishga intiladilar (notabiiy soha).
Aristotel bularni notabiiy deb hisoblagan, ammo sof "ekonomika" ham bo`lmasligini
yetarli tushungan, ming afsuslar bo`lsinki, ekonomikadan doimo xrematistika o`sib chiqadi va bu
asta-sekin tabiiy holatga aylangan. Aristotelning bu g`oyasi tarix sinovidan o`tmadi. Olimlar
qanchalik urinmasinlar (bu harakat o`rta asrda ham bo`lgan), xrematistikani qanchalik notabiiy
deb hisoblamasinlar, kapitalizm munosabatlari rivoji bilan u "tabiiy huquq"qa aylana boshladi.
Hatto XVII-XVIII asrlarda
iqtisodiy odam yetishib chiqdi, uning barcha xatti-harakatlari faqat
boyish bilan bog`liq edi.
"Ekonomiya" so`zi dastlab uy xo`jaligini yuritish san'ati sifatida yuzaga kelgan bo`lsa,
keyingi davrda u ko`proq va asosan "ekonomika" ma'nosida qo`llaniladi va odatda harajatlarni
qisqartirish, ma'lum resurslarni sarflashda tejamkorlikni anglatadi. Hozirgi davrda bu matn
ko`proq quyidagilarni anglatadi:
1. Tuman, hudud, mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki jahon xo`-jaligi (masalan, jahon
iqtisodiyoti, O`zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar);
2. Xalq xo`jaligining, to`la ishlab chiqarishning ayrim shart-sharoitlari
va elementlari
(aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim tarmoqlar (sanoat, mashinasozlik, qishloq
xo`jaligi, chorvachilik, ta'lim va boshqalar)
ni tadqiq etadigan ilmiy soha;3. Ma'lum iqtisodiy
tizimni tashkil etuvchi ishlab chiqarish, taqsimot,
almashuv, iste'mol jarayonidan tashkil
topuvchi odamlar o`rtasidagi ma'lum tarixiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: