bilan birga 2-toifa ahlining cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to`la-to`kis qondirishlari kerak edi.
Shunday qilib, Aflotun o`zining ideal, ya'ni bekamu ko`st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni
abadiy saqlash tarafdori edi.
Aristotel
qadimgi Gretsiyadagi quldorlarning eng yirik
mafkurachisi edi. Uni jahongir Iskandar Zulqarnaynning
tarbiyachisi va o`qituvchisi ekanligini alohida ta'kidlab
o`tmoqchimiz. Avval Makedoniyada yashagan olim, keyin
Afinaga
ko`chib
o`tgan.
Olimning
iqtisodiy
g`oyalari
"Nikomaxov ahloqi" va "Siyosat" kitoblarida mavjud. U "qul
tirik qurol, qandaydir tirik mulk", degan edi. Uning fikricha,
jamiyatning quldor va qullarga bo`linishi - bu tabiiy va qonuniy
ahvol bo`lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir. U
"haqiqiy boylik" (tabiiy) ni tan olgan, uni is-te'mol
qiymatlarining yig`indisi deb bilgan va bu bilan bog`liq faoliyatni
iqtisodiyotga tegishli soha deb bilgan. Quldorlik xo`jaligini
mustahkamlash uchun o`rtacha ta'minlangan quldorlar sinfini
yuksaltirish kerak, buning uchun davlat tomonidan odil
almashinuvni ta'minlash zarur. Olim masalani axloqiy ravishda
hal etishga urinsa-da, birinchi marta almashuv qiymatini tahlil etdi va qiymatning mehnat
nazariyasi kurtaklarini yaratdi. Tovarlarning almashuv qiymati tovar bahosining yaratilish shakli
ekanligini tushunib yetdi. K.Marksning formulalarini qo`llaydigan bo`lsak, T-T munosabati T-P-
T ga aylanadi va 5 ta "loja" 1 uyga yoki ma'lum miqdordagi pulga tenglashtirilishi mumkin.
Platonga nisbatan Aristotel pulning mohiyatini kengroq va chuqurroq anglab yetdi. Ammo, u
tovar ishlab chiqarishining rivojlanmaganligi va qiymatni to`la tushunmaganligi tufayli tovarlar
pul tufayli bir-biri bilan solishtirilishi mumkin, degan xato xulosaga keldi. Natural xo`jalik
tarafdori bo`lgan olim muomalaning T-P-T shaklinigina tan olgan (talabni qondirishga
mo`ljallangan holat), savdo va sudxo`rlik tabiatga zid bo`lib, bularni pul qilish san'atiga xos
narsa deb bilgan va uni xrematistikaga tegishli, degan.
Aristotel uchun ideal (bekamu ko`st) xo`jalik - bu uncha katta bo`lmagan dehqonchilik
xo`jaligi (unda albatta qullar ishlagan) bo`lib, u deyarli kerakli barcha mahsulotni yaratuvchi
(natural xo`jalik) bo`lishi shart edi. Ayrim yetishmagan narsalarni esa, qo`shnilardan "odil
almashuv" asosida olish kerak.
Bu olimning xizmati shundaki, u birinchilardan iqtisodiyotning ayrim kategoriyalarini
berdi va ma'lum darajada ular o`rtasidagi o`zaro bog`lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy
tizimi bilan A.Smitning "Xalqlar boyligi" asaridagi fikrlar hamohangligini ko`rish, qiymat
qonunining hosil bo`lishi mexanizmini tushunish mumkin.
Qiymat (qimmat) iqtisodiyotning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Tarixan uni talqin
etishda ikki yo`nalish bor. Birinchi yo`nalishda tovar qiymati obyektiv bo`lib, uning manbayi
shu tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat hisoblanadi. Ikkinchi yo`nalishda qiymat
tushunchasi subyektiv narsa bo`lib, odamlar tomonidan tovarning foydaliligi boshqa biron
foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi.
Aristotelning g`oyalarida ikkala yo`nalish kurtaklari mavjud. U qiymat qonuni
muammosini qo`yadi, lekin unga to`la javob topa olmaydi. U almashuvda tovar qiymatlari
tenglashtirilishini ko`radi. "Nikomaxov ahloqi" asarida u shunday fikr yuritadi: "Jamiyat ikki
vrachdan tashkil bo`lmaydi, balki vrach va dehqondan, umuman bir xil va teng bo`lmaganlardan
tashkil topadi. Ana shunday odamlarni bir-biriga tenglashtirish zarur. Shuning uchun
almashuvga uchraydigan barcha narsalarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa
biror narsa bilan o`lchanishi kerak. Etikdo`z mahsulotining dehqon mahsulotiga, dehqon
Do'stlaringiz bilan baham: