348- mashq. So‘zlarni o‘qing.
Tarkibida ot yasovchi qo‘shimcha bo‘lgan so‘zlarni ayting.
Suvchi, tomchi, tennischi, ninachi, sinfdosh, bardosh, bo‘taloq, o‘tloq.
Suvchi
Tennischi
Sinfdosh
Shu so‘zlardan qatnashtirib ikkita gap yozing.
Men sinfdoshlarimni juda yaxshi ko‘raman.
Tennischi Iroda To‘lganovani hamma hurmat qiladi.
Dam olish daqiqasi.
“Kapalak” qo‘shig‘i magnitofondan qo‘yib eshittiriladi. Bolalar tinglab, raqsga tushishadi.
349- mashq. She’rni ifodali o‘qing. Kim? , Nima? So‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni aniqlang.
Latifjonning o‘ylagani
Ertangi dars, topshiriq.
-Yur,- deb futbol o‘ynagani,
Olim keldi shoshilib.
-Yo‘q, - der Latif, - ayt-chi, Olim,
Dars kelarmi o‘yingga ?
Tayyorlaylik darsni oldin,
Ulguramiz o‘yinga.
Sulton Jabbor
Qaysi otlar bosh harf bilan yozilgan? Ularni ko‘chiring.
Latif, Olim
Do'stlaringiz bilan baham: |