Men — jilg‘aman,
ummon bo‘lgim keladi,
Men — yog‘duman,
Cho’lpon bo’lgim keladi.
Men — uchqunman,
bo‘lgim kelar alanga,
Farzand bo‘lib yaray
aziz Vatanga!
Normurod Narzullayev
Uyga vazifa : 54-mashq. Topishmoqlarni o‘qing va javobi bilan yozing.
1. Yumaloq, semiz, yog‘i yo‘q,
Terisi qalin, tuki yo‘q.
2. Ilmga kon,
Mazmunga makon,
So‘zi serhikmat,
Bizga do‘st, ulfat,
0‘rgatar odob,
Bu nima, Ozod?
Topishmoqlardagi tekshirilishi kerak bo‘lgan so‘z tagiga chizing.
V. Darsni yakunlash.
- Darsda nimalarni o'rgandik? (Savolga o'quvchilar saviyalariga mos javob beradilar. O'qituvchi umumlashtirib xulosalaydi.)
Sana: __________ Sinf: 3 ______ Fan nomi: Ona tili
Mavzu: 1-октабр — Ўқитувчи ва мураббийлар куни (55-57-mashq)
Maqsad. jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash ko'nikmasini o'stirish; yozishdan oldin tekshirish zarur bo'lgan so'zlar va tekshiruvchi so'z bilan tanishtirish.
Darsning jihozi: darslik, plakat, tarqatmalar.
Darsning uslubi: suhbat, savol- javob, aqliy hujum.
Darsning borishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |