IV. Mustahkamlash.
56- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko’rsatilgan so‘zlardagi jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni aniqlang.
USTOZ VA MURABBIY
Bizni o‘qishga, yozishga o‘rgatgan, aqlimizni raso, tilimizni burro etgan, olam sirlarini tanitgan ustoz muallimdir.
Bizni mehnatsevar, halol, to‘g‘riso‘z, yaxshi xulqli, yoqimtoy bo‘lishga undagan va chiroyli kiyinishga, ozoda yurish-turishga o‘rgatgan tarbiyachi murab-biydir. Bu oliyjanob kasb sohiblari bolalarning ona-Vatanni sevishlari, baxtli-saodatli, kelajagi porloq bo‘-lishi uchun g‘amxo‘rlik qiladilar. Zahmatkash ustoz-lar va murabbiylar iftixorimizdir. Ularning ishonchini oqlash muqaddas burchimizdir.
Ustozingiz haqida 3—4 gapli matn yozing.
Oliyjanob, zahmatkash so‘zlarining ma’nosini izohlang.
Uyga vazifa: 57-mashq. Nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan harflarni qo‘yib yozing. U qanday tovushni ifodalaganini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |