Darsning borishi:
1-bosqich. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, o‘quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
Darsning shiori:
Chiroyli yoz, yozsang xat,
Chunki bu ham bir san’at.
O‘quvchilar 4 guruhga bo‘linishadi.
1- guruh – “Nihol”
2- guruh – “Ko‘chat”
3- guruh – “Yaproqchalar”
4- guruh – “Mevalar”
2-bosqich O‘tgan mavzuni so‘rash.
347- mashq. O‘qing shaxsni bildirgan otlarni aniqlang. Ularning qanday so‘roqqa javob bo‘layotganini ayting.
Jamshidning otasi traktor zavodida ishlaydi. Zavodda ishchilar har xil ishlarni bajaradilar. Chilangar traktor qisimlarini yig‘adi. Bo‘yoqchi tayyor mashinalarni bo‘yaydi. Nazoratchi mashina sifatini tekshiradi. Traktor zavodi dehqonlarda sifatli mashinalarni yetkazib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |