ahamiyatga ega. Bu jarayonda neytral molekulalarning yutilishi bilan birga
72
ionlarning adsorbilanishi ham kuzatiladi, lekin erigan elektrolitning ionlaridan
bittasi adsorbilanadi va bunday hodisa ionlar adsorbsiyasi deyiladi.
Agar erigan modda zarrachalarining suyuqlik sirtida va uning hajmida bir
teks tarqalmasa suyuq fazada sirt chegara vujudga keladi. Bu hodisa erigan modda
suyuqlikda molekulalar holida bo’lganida ham, ionlar holida bo’lganida ham ro’y
beraveradi. Lekin eritmaning sirt qavatida ionlar konsentratsiyasi eritma
hajmidagiga qaraganda kam bo’ladi. Bu yerda manfiy adsorbilanish vujudga
keladi. Eritma sirtida ionlarning manfiy adsorbilanishi ularning gidratlanish
energiyasi katta ekanligidan kelib chiqadi.
Shuning uchun suv molekulalari eritmaning sirt qavatida turgan ionlarni
eritma ichida kuchliroq tortadi. Kationlar anionlarga qaraganda ko’proq
gidratlanganidan eritmaning sirt qavatida anionlar konsentratsiyasi kationlar
konsentratsiyasidan ortiq bo’ladi. Natijada eritmaning sirt qavati manfiy zaryadga
ega bo’ladi. Turli anionlarning suyuqlik sirt qavatida manfiy zaryad berish
xususiyatini tekshirib, A.N.Frumkin, quyidagi liotrop qatorni tuzishga muvaffaq
bo’ldi:
CNS
-
>ClO
4
-
>I
-
>MnO
4
-
>NO
3
-
>Br
-
>Cl
-
>OH
-
>F
Bu qatorga ionlar suyuqlikning sirt qavatiga manfiy zaryad berish
xususiyatining pasayishi tartibida quyilgan. Suvda elektrolitlar eritilsa suvning sirt
tarangligi ortadi, chunki anorganik tuzlar suvga manfiy adsorbilanadi.
Ba’zan adsorbent o’z tarkibidagi ionlardan birini elektrolit ionlariga
almashtiradi. Bunday adsorbilanish almashinish adsorbilanishi deyiladi. Agar
elektrolit eritmasidagi anion va kation ekvivalent miqdorida adsorbilansa,
molekulyar adsorbsiya yuzaga keladi. Agar tarkibida bir necha modda aralashmasi
bo’lgan eritma qalin adsorbentdan o’tkazilsa, aralashmadagi har qaysi modda
adsorbentning ma’lum qismlariga adsorblanadi va adsorbent qavatida bir necha
zona hosil bo’ladi. Bu hodisani dastlab rus botanigi va bioximigi M.S.Svet
kuzatgan edi. Bu usul xromatografik adsorbsion analiz deb ataladi.
Shu usul yordamida aralashmaning komponentlari bir-biridan ajratib olishni
yordam beradi. Ajratilishi kerak bo’lgan eritma adsorbent bilan to’ldirgan
73
kolonkaga solinadi. Eritmaning tarkibiy qismlari o’zining moyilligiga qarab
adsorbentga yutiladi: ko’pincha qavatlar bir-biridan keskin ajralgan bo’lmay, bir-
biriga juda qiyin joylashadi. Unda har qaysi qavatni ochish uchun muvofiq
erituvchilardan foydalaniladi. Shu tariqa kerakli modda ajratib olinadi; uni yana
qaytadan adsorbentga yuttirib, yutilish zonasi kengaytiriladi. Xromatografik
adsorbsion analiz juda murakkab organik aralashmalarni bir-biridan ajratib olishda
katta ahamiyatga ega. O’zbekiston olimlari go’zaning kimyoviy tarkibini
aniqlashda bu usulni birinchi bo’lib qo’lladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: