H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


Kolloidlarning  sedimentatsiyasi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/76
Sana04.10.2020
Hajmi0,63 Mb.
#49613
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76
Bog'liq
kolloid kimyo fanidan

Kolloidlarning  sedimentatsiyasi.  Kolloid  zarrachalar  tabiati  qanday 

bo’lishdan  qat’iy  nazar  og’irlik  kuchi  ta’siri  ostida  eritma  tagiga  cho’kadi  va  bu 




 

34 


hodisa  sedimentatsiya  deyiladi.  Sedimentatsiya  tufayli  kolloid  eritmaning 

konsentratsiyasi  o’zgaradi.  Lekin  eritmada    Broun  harakatining  mavjudligi 

sedimentatsiyaga  qarshilik  ko’rsatadi.  Kolloid  zarrachaning  o’lchami  qancha 

kichik bo’lsa, Broun harakatining ta’siri shuncha katta bo’ladi. Shu sababli kolloid 

eritmalarda  sedimentatsiya  nihoyatda  sust  boradi.  Lekin  kolloid  zarrachalarga 

markazdan  qochuvchi  kuch  ta’sir  ettirish  bilan  sedimentatsiyani  kuchaytirish 

mumkin.  Shu  maqsad  uchun  dastlab  1913  yilda  A.V.Dumanskiy  tomonidan 

sentrifuga  qo’llanildi.  So’ngra  1923  yilda  Svedberg  sedimentatsiyani  nihoyatda 

tezlashtiradigan juda kuchli ul’trasentrifugadan foydalanishni taklif qildi. Bunday 

sentrifugada  gidrofob  kolloid  zarrachalargina  emas,  balki  oqsillar  va  yuqori 

molekulyar  moddalarning  molekulalari  ham  cho’kadi.  Sedimentatsiya  tezligini 

o’lchash orqali kolloid zarrachalarning molekulyar massasini topish mumkin. 

Sedimentatsiya  tezligi  bilan  muhitning  qovushqoqligi  va  zichligi  orasidagi 

bog’lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 



q

d

D

r

V



)



(

9

2



2

              (VI) 

bu  yerda  r-zarracha  radiusi,  η-dispersion  muhitning  qovushqoqligi,  D-

zarracha  moddasining  zichligi,  d-dispersion  muhit  zichligi,  q-og’irlik  kuchi 

tezlanishi. 

Sedimentatsiya  tezligining  dispersion  muhit  qovushqoqligiga  teskari 

proporsionalligi  formuladan  ko’rinib  turibdi.  Bir  xil  dispersion  muhitda  bo’lgan 

turli  modda  eritmalarining  sedimentatsiya  tezligi  o’sha  dispers  fazaning  radiusi 

kvadratiga,  dispers  faza  va  dispersion  muhit  moddalarning  zichliklari  ayirmasiga 

to’g’ri proporsionaldir. Avval yirik zarrachalar, undan keyin esa mayda zarrachalar 

cho’kadi. Albatta D>d bo’lgan hollardagina cho’kish kuzatiladi. Agar D

aksincha dispers faza suyuqlik sirtiga qalqib chiqadi. 

Sedimentatssiya tezligini aniqlash uchun N.A.Figurovskiyning  sedimentator 

deb ataladigan asbobidan foydalaniladi (.-rasm). 

 

 



 

35 


 

 

 



 

 

 



.-rasm. Figurovskiy asbobi (sedimentator). 

1-kvarsdan yasalgan shayn; 2-shisha ip; 3-tarozi pallachasi. 

Bu usulning mohiyati shundaki, suspenziya ichiga joylashgan pallachaga (t) 

vaqt ichida cho’kkan modda massasi(m) aniqlanadi. 

Tajriba  natijalarini    grafik  orqali  ham  ifodalash  mumkin.  Buning  uchun 

absissalar  o’qiga  vaqtni,  ordinata  o’qiga  modda  massasini  qo’yib  sedimentatsion 

diagrammasi hosil qilinadi (.-rasm). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

.-rasm. Sedimentatsion diagramma. 

Sedimentatsiya  diagrammasining  chiziqlari  turli    suspenziyalar  uchun 

turlicha  bo’ladi.  Bu  chiziqlardan  foydalanib,  suspenziyadagi  zarrachalarning 

o’rtacha  radiuslarini  aniqlash  mumkin.  Shuningdek,  agar  sistema  polidispers 

bo’lsa, sedimentatsiya diagrammasidan foydalanib, suspenziyalarning qancha foizi 

qanday  disperslikka  ega  ekanligini  hamda  suspenziya  fraksiyalarining  nisbiy 

miqdorlarini aniqlay olamiz (.-rasm). 

 



 

36 


 

 

 



 

 

.-rasm. Polidispers suspenziyaning sedimentatsion diagrammasi. 



Dispers  sistemalarning  sifatini  tekshirishda  odatda  kimyoviy  analizdan 

tashqari  disperslik  darajasi  va  konsentratsiyani  aniqlash  uchun  maxsus  usullar 

qo’llaniladi.  Suspenziya  zarrachalarining  o’lchamlarini  aniqlash  uchun 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish