H jamolxonov



Download 0,78 Mb.
bet104/170
Sana01.05.2022
Hajmi0,78 Mb.
#601011
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   170
Bog'liq
Jamolxonov - копия (2)

Tekshirish savollari va topshiriqlar

  1. Leksik monoseniiya hodisasini qanday tushunasiz? Leksik poiisemiyani-ehi?

  2. Monoseniiya hodisasi qanday lug'aviy birliklarga xos?

  3. Polisemiyaning yuzaga kelishi qanday sodir bo'ladi?

  4. Ko'p ma’nolilikka olib keluvchi lisoniy (lingvistik) va nolisoniy (ekstra­lingvistik) omillar haqida ma’lumot bering.

  5. Ma’no taraqqiyotining qanday yo'llari bor?

  6. Metafora yo'li bilan ma’noning ko'chishi?

  7. Vazifadagi o'xshashlik asosida ma’noning ko'chirilishi?

  8. Metonimiya yo'li bilan ma’noning ko'chirilishi?

  9. Sinekdoxa yo'li bilan ma’noning ko'chirilishi?

  10. Leksik ma’no miqdorining ortishi?

  11. Leksik ma’no hajmining o'zgarishi: ma’noning kengayishi va torayishi?

  12. Leksik ma’no miqdorining o'zgarishida polisemiya va omonimiyaning yuzaga kelishi?

Tayanch tushunchalar

  1. Monosemiya — bir ma’nolilik hodisasi.

  2. Polisemiya — ko'p ma’nolilik hodisasi.

  3. Metafora yo‘li bilan ma’noning ko'chirilishi — predmetlar, hodisalar o'rtasidagi nisbiy o'xshashlik asosida ma’noning ko'chirilishi.

  4. Vazifadagi o'xshashlik asosida ma’noning ko'chirilishi — predmet- larning bajaradigan vazifasidagi o'xshashlik asosida ulardan birining nomini ikkinchisiga nisbatan qo'llash.

  5. Metonimiya yo'li bilan ma’noning ko'chirilishi.— narsa-hodisalar o'rtasidagi aloqadorlik asosida ma’noning ko'chirilishi.

  6. Sinekdoxa yo'li bilan ma’noning ko'chirilishi — butunning nomi bilan qismning yoki, aksincha, qismning nomi bilan butunning atalishi orqali yuz beradigan ma’no ko'chirilishi.

LEKSIK MA’NO TIPLARI
Adabiyotlar: 11 [26—28], 19 [73-78], 26 [17-23], 27 [89-95], 32 [64—67], 35 |64-65], 83 [60—64],

  1. §. Leksik ma’nolarning guruhlanishi

So'zning semantik tarkibidagi leksik ma’nolar dastlab ikkita katta guruhga — hozirgi leksik ma’nolarga va awalgi leksik ma’nolarga ajratiladi.
Hozirgi leksik ma’no til taraqqiyotining hozirgi bosqichiga, awalgi leksik ma’nolar esa til taraqqiyotining o'tmishdagi bosqichlariga xosdir. Shuning uchun hozirgi leksik ma’no tavsifiy semasiologiyada, awalgi leksik ma’nolar esa tarixiy (diaxron) semasiologiyada o'rganiladi.
161
11 ~ Hozirgi o'zbek adabiy tili

  1. §. Hozirgi leksik ma’nolar

Hozirgi leksik ma’nolar o‘z navbatida bosh ma’no va hosila ma’no kabi tiplarga bodinadi, ular kontekst talabiga ko‘ra to'g’ri ma ’no va ko'chma ma 'no, nominativ (nomlovchi) ma ’no va majoziy ma ’no, erkin ma 'no va bog'li ma’no (yoki bog'langan ma’no) nomlari bilan ham ataladi. Tildagi leksik polisemiya ana shu bosh va hosila ma’nolar tizimiga asoslanadi. Masalan, «0‘zbek tilining izohli lug‘ati»da [121, -136—138] bosh leksemasi­ning 15 ta leksik ma’nosi va yana bir necha ideomatik ma’nolari (frazemalar tarkibidagi qodlanishi) izohlangan: 1. Tananing bo‘yindan yuqori (odamda) yoki oldingi (hayvonlarda) qismi... 2. Ko'chma s.t. Aql-xush, miya.

  1. Boshliq, rahbar. Yaxshi yigit — davraning boshi... 4. Sft. Boshchilik, rahbarlik qiluvchi, eng katta yoki yuqori. Bosh vrach... 5. Sft. Eng muhim, asosiy. Bosh masala... 6. Sft. Eng oldingi, birinchi. Bosh kelin... 7. Ko'chma. Odam, kishi. Bir boshga biro'lim... 8. (Snq sonlar bilan) chorva hisobida har bir adad jonivor. O'n bosh ot. Ikki bosh qo'y... 9. Tik narsalarning tepa qismi, uchi, cho‘qqisi. Shamol bo'lmasa daraxtning boshi qimirlamaydi... va b.lar.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish