H jamolxonov



Download 1,67 Mb.
bet182/240
Sana23.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#402821
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   240
Bog'liq
хозирги озбек адабий тили

FRAZEOLOGIYA

FRAZEOLOGIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT



Adabiyotlar: 11 [78-81], 27 [55-61,74-79], 32 [82-88], 110 [3-5].

  1. §. Frazeologiya

Frazeologiya tilshunoslikning bir bo'limi bo'lib, u tilning lug'at tarki- bidagi frazemalar haqida ma’lumot beradi.

Frazema ko'chma ma’noli tuig'un konstruksiyadir. Masalan, zo'raymoq (leksema) — avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema) - azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi lug'aviy birlik sanaladi, ammo o'zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi.

  1. §. Frazemaning ifoda plani

Frazemaning ifoda plani deganda uning tovush tomoni, leksik tarkibi, birikmaga yoki gapga teng konstruksiyasi nazarda tutiladi. Masalan: ко ‘nglini olmoq (birikmaga teng), ko'zlari qinidan chiqib ketdi (gapga teng), bos hi qotdi (gapga teng), ensasiqotdi (gapga teng) kabi. Frazemalar orasida qo'shma gapga teng qurilishli turg'un konstruksiyalar ham uchraydi: «qor yog'ib, izlar bosildi» kabi.

Frazemalar tarkibidagi so'zlarning bog’lanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi so’zlarning bog'lanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida so'zlar tobelanish asosida bog'lanadi, biroq: a) erkin birikmadagi yoki gapdagi bog'lanish nutq jarayonida, nutq bilan bir paytda sodir bo'ladi; frazemadagi bog'lanish esa nutq paytidan ancha awal yuzaga kelib, tuig'unlashib qoladi, inson xotirasida va tilda yaxlitligicha saqlanadi; b) erkin birikmadagi yoki gapdagi so'zlami so'zlovchi o'z ixtiyori bilan almashtira oladi: «kengko'cha» 216 birikmasi o'rnida «tor ko'cha» birikmasini, «men o'qiyman» gapi o'rnida «men ishlayman» gapini qo'llashi mumkin, ammo «yulduzni benarvon urmoq» birikmasi o‘mida «yulduzni narvonsiz urmoq», «yulduzni shotisiz urmoq», «yulduzni beshoti urmoq» birikmalari qo'llanmaydi.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turg'un birikma frazema bo'lavermaydi. Masalan, Birlashgan Milllatlar Tashkiloti birikmasi turg‘un konstmksiyadir, ammo to'g'ri ma’noli turg'un konstruksiya bo'lganligidan frazema hisoblanmaydi. Frazema yaxlit holda ko‘chma ma’no ifodalashi shart.

Frazemalaming ifoda planida leksemalardan tashqari, yordamchi so'zlar (ko‘makchilar) va turli forma yasovchi morfemalar qatnashishi mumkin. Masalan, ochiq yuz bilan (bu frazemaning ifoda planida «bilan» ko‘makchisi qatnashgan), dam olmoq (bu frazemaning ifoda planida «-moq» morfemasi ishtirok etgan). Keltirilgan misollarda ko'makchi va affiksal morfema frazemalaming doimiy belgilari hisoblanadi, chunki ular shu frazemalaming ichki grammatik qurilishiga mansubdir, ammo dam oldim, dam olgin, dam olsin kabi boglanishlarda qo'llangan «-di+т», «-gin», «-sin» morfemalari (zamon, shaxs-son, mayl ko'rsatkichlari) shu frazemalaming ifoda planiga kirmaydi, chunki bu morfemalar nutq talabiga ko'ra qo'shiladi.



  1. §. Frazemaning mazmun plani

Frazemaning mazmun plani uning nimanidir nomlashi, ifodalashi, anglatishidir. Masalan, og‘zi-qulog‘ida frazemasining mazmun planida «xursand» ma’nosi ifodalangan.

Frazemaning mazmun plani albatta ko'chma ma’noga asoslanadi, aks holda uning to'g'ri ma’noli turg'un birikmalardan (elektron hisoblash mashinasi, kvadrat uyalab ekish kabi sostavli terminlardan) farqi qolmaydi.

Frazemaning mazmun planidagi ma’no frazeologik та ’no hisoblanadi. Qiyos qiling: leksemaning mazmun planida - «leksik ma’no»; frazemaning mazmun planida — «frazeologik ma’no». Frazeologik ma’no leksik ma’nodan murakkabroqdir, chunki u frazema tarkibidagi so'zlar bog'lanishidan kelib chiqadi va umumlashgan bo'ladi.

Frazemaning semantik tarkibida frazeologik ma’nodan tashqari, uslubiy bo'yoq ham mavjud bo'ladi. Masalan, to'nini teskarikiymoq frazemasining semantik tarkibida «o'chakishmoq» (frazeologik ma’no) bilan birga «qaysarlik» semasi (uslubiy bo'yoq) ham bor. To‘rt tomoni qibla frazemasida «qayoqqa xohlasa ketaversin» ma’nosi bilan birga salbiy baho (uslubiy bo'yoq) ham ifodalangan. Chehrasi ochiq frazemasining semantik tarkibida esa «xushtabiat» ma’nosi ijobiy baho (uslubiy bo'yoq) semasi bilan qoplangan.



217

Salbiy yoki ijobiy baho semalari, odatda, frazemalarning mazmun planida bo'rtib turadi, bu omil frazemalardan nutqiy ta’sirchanlikni ta’minlovchi uslubiy vosita sifatida foydalanish imkonini beradi, ayniqsa, badiiy asar tilida bunday birliklarning roli katta. M i s oj 1 a r: Bir umr qulingiz bo‘lmasam, kalomullo ursin, ko'zim ochildi, aka! (T.M.) Rangi quv o'chib, yupqa lablari titrab, ко ‘zlarining paxtasi chiqib ketdi. (H.N)



Ba’zi frazemalarda qormn hujjatlari tiliga ixtisoslashish, terminlashish ham uchraydi. Bunday paytiarda frazema ma’nosida neytrallashish yuz beradi, uslubiy bo'yoq sustlashib, oxiri tushib qoladi. Buni jinoyat-protsessual kodeksida qo'llanadigan aybini bo'yniga qo'ymoq, aybiga iqror bo'lmoq kabi termin «frazemalar»da ko'rish mumkin.

  1. §. Frazemalarning semantik tarkibidagi turkum semalari

Bu semalar frazeologik ma’noga tayanadi. Masalan: aravani quruq olib qochmoq (fe’l frazema), arpasini xom o'rmoq (fe’l frazema), ammamning buzog'iday (sifat frazema), bag‘ri qattiq (sifat frazema), bir og'iz (ravish frazema), bir og'izdan (ravish frazema), to'rt ko'z bilan (ravish frazema), tomdan tarasha tushganday (ravish frazema) kabi.


Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish