Leksemaning mazmun planidagi leksik ma'no (yoki ma’nolar) va uslubiy semalar lining ichki formasi sanaladi.
Leksemaning ifoda va mazmun planlari dialektikaning shakl va mazmun kategoriyalari munosabatiga asoslanadi: shakl mazmunning bo'lisliini taqozo qiladi, maznum csa shaklsiz yuzaga kclniaydi, ifodalan- maydi ham. Qiyos qiling: shahar, hashar leksemalarining ikkalasida bir xil fonemalarqatnashgan, ammo bu fonemalarningjoylashish tartibi, dcmak, leksemaning shakli bar xil. Bu hoi shu ikki lekscma ma’nolarining tilda farqlanishini ta’minlaydi. Ulardagi fonemalar tartibini o'zgartirish esa shaklning vo'qolishiga olib keladi: shahar (so'z, lckscma) - ashhar (so'z emas), hashar (so'z. lckscma) — rashali (so'z cmas). Dcmak, tovushlarning liar qanday yig'indisi so'z (lekscma) bo'lavcrmaydi: bimday yig'indi til birligining (leksik birlikning) shakli darajasiga ko'tarilishi uchun u albatta mazmun bilan bog'langan bo'lishi kcrak.
Leksemalarga xos muhim belgilardan yana biri shuki, ularning liar biri u yoki bu leksik-grammatik guruhlarga mansub bo'ladi: prcdmet nomlari ot turkimiiga, bclgi-xususiyat nomlari sifat turkumiga, miqdor anglatuvchi so'zlarson turkumiga, harakat-holat niazmunli so'zlarcsa fc'l turkumiga kiradi. Bunday mansublik Ickscmalaming nutqdagi grammatik shakllarini belgilaydi: otlarcgalik, kelishik, ko'plik yoki birlik shakllarida, sifatlar oddiy, orttirma yoki qiyosiy daraja shakllarida. fc’liar shaxs-son, zamon, mayl, bo'lishli yoki bo'lishsiz, nisbat shakllarida qo'llanadi. Bu hoi tilning leksik va grammatik sathlari o'rtasidagi aloqadorlikdan kclib chiqadi.
Leksemalar albatta yaxlitlangan, bir butun birlik bo'ladi, shu xususiyati bilan grammatik shakllardan, so'zlar biriknlasi va gapdan farq qiladi. Chunonchi, maktah leksemasi leksik birlik sifatida o'zgarmasdir, ammo lining grammatik shakllari nutqda o'zgarib turadi: maktabning, maktahni, maktahga, maktahda, maklabdan kabi. Shuningdek, «beshta olma» birikmasini «beshta qizil olma» deb qo'llash (birikma tarkibiga «qizil» so'zini qo'shish) mumkin, ammo maklab leksemasi tarkibiga bosliqa bo'g'in yoki so'z kiritilmaydi.
Leksemada bitta bosh (asosiy) urg'u bo'ladi, u shu leksemaning yaxlitligini, bir butun birlik bo'lisliini ta’minlovchi muhim supersegment birlikdir: qovoq, oshqovoq, temir, temirheton (so'nggi so'zning ikkinchi bo'g'inida ikkinchi darajali urg'u, oxiigi bo'g'inda esa bosh urg'u qo'llangan) kabi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkin: liar qanday leksema shakl va ma'no butunligiga ega. Leksemaning shakli uning tashqi formasi, mazmun plani esa shu leksemaning ichki formasi bo'ladi. Shakl ma’noni borliq tusiga kiritadi, shu orqali ma’noning tilda va inson ongida yashashini ta’minlaydi.
Nima uchun so‘z nominativ birlik sanaladi?
Leksik so'zlar va grammatik so'zlar qanday farqlanadi?
Leksik va grammatik mazmunli so'zlar tilshunoslikning qaysi bo'lim- larida o'rganiladi?
Leksema, nomema, semema atamalarini tushuntiring.
Leksemaning ifoda va mazmim planlari haqida ma'lumot bering.
Tub va yasama so'zlarning ifoda planlari qanday farqlanadi?
Leksemaning tashqi va ichki formalari haqida ma'lumot bering.
Leksemaning ifoda va mazmun planlari dialektikaning qaysi kategoriya- lariga mos?
Leksemaning yaxlit birbutun birlik ekanligi nimalarda namoyon bo'ladi?
Leksemaning leksik birlik sifatidagi asosiy belgilarini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |