«Lug'ati turki» — chig'atoycha-forscha lug'at. (Tuzuvchi — Fazlullaxon). Bu lug'at XVII asrning ikkinchi yarmida tuzilgan bo'lib, 1825-yilda Kalkuttada nashr etilgan. Unda eski o'zbek tilining lug'ati va grammatikasiga oid ma’lumotlar bor135.
154 Qarang: A.K.Боровков. «Бадаи ал-лугат». Словарь Талии Имани Гератского к сочинениям Алишера Навои. - М.: Изд-во Восточной литературы, 1961.
1,5 Bu haqda qarang: G.Abdurahmonov, Sh.Shukurov. O'zbek tilining tarixiy grarrmiatikasi. — T.: «O'qituvchi», 1973, 8-b.
«Kelurnoma» — chig'atoycha-forscha lug'at. (Tuzuvchi-Muhammad Yoqub Chingiy). U XVII asming oxirida yozilgan. Lug'at 15 bobdan iborat, shundan 14 bobida o'zbek tili fe’llari alifbo tartibida berilgan; 15-bobi 9 qismdan tarkib topgan, har bir qism alohida mavzuga bag'ishlangan: 1- qismda kosmografiyaga oid so'z va atamalar, 2- qismda geograflyaga oid so'zlar, 3- qismda hayvon nomlari, 4- qismda ovchi qushlar va uy parran- dalari nomlari. 5- qismda insonning ichki va tashqi a’zolari nomlari, 6- qismda ota-ona, qarindosh nomlari, 7- qismda harbiy terminlar, 8- qismda sonlar, 9- qismda esa grammatik shakllar berilgan.
Lug'atning qo'lyozma nusxalaridan biri O'zbekiston Fanlar akademiya- sining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida, ikkinchisi London muzeyida saqlanadi85.
«Sanglah» — Mahdixon Muhammad Nizomiddin Muhammad Hodiy al-Husayniyning chig'atoycha-forscha lug'ati. U 1760-yilda yozib tugatilgan. Uning «Xulosai Abbosiy»deb nomlangan qisqartirilgan varianti ham bor. Lug'at 6 ta mabna (bob)dan tarkib topgan. Ularda fe’llar, fe'l qo'shimchalari, unlilar uyg'unlashuvi, kishilik va ko'rsatish olmoshlari, kelishik qo'shimchalari, so'roq olmoshlari, sifatlarning qiyosiy darajalari. so'z yasalish modellari. qo'shma fe’llar, frazeologizmlar, fonetikaga oid kuzatuvlar, imlo, turkiy va fors tillari o'rtasidagi aloqalar haqida ma’lumot beriladi.
Lug'atning materiali Alisher Navoiyning 12 ta she’riy va 9 ta nasriy asari tiliga asoslangan, ammo unda Bobur, Fuzuliy, Husayin Mirza, Lutfiy, Sa’didin Safoyi. Rumiy, Ali Usmon asarlari tilidan foydalanilgan o'rinlar ham bor.
Asarda muallif yoshligidan Alisher Navoiy she’rlarini o'qishga juda qiziqqanligini, shu bois buyuk so'z sultoni Alisher Navoiy asarlari tilini tushunib olishga yordarn beradigan kitob yozishni maqsad qilganini aytadi.
«Sanglah»ning bir necha qo'lyozmalari bizgacha yetib kelgan, ular Londondagi Britaniya muzeyida, Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida va Kalkuttadagi kutubxonada saqlanadi86.
Do'stlaringiz bilan baham: |