§. Sinonimiyaning turli leksik qatlamlarga mansub boMishi
Sinonimik munosabatda bo'lgan so'zlar o'zbek tili lug'at boyligining turli leksik qatlamlariga mansubdir. Masalan, anglamoq (o'zb.) - tushunmoq (o'zb.); £o‘ztf/(umumtil) — suluv (dial.); husn (ar.) - chimy (f-t.); xat (ar.) - maktuh (ar.) - noma (f-t.); kishi (o'zb.) — odam (ar.); ko'k (o'zb.) - osmon (t-f.) — falak (ar.); analiz (r-b.) - tahlil (ar.); tenia (r-b.) - mavz.u (ar.) kabi.
§. Sinonimiya va polisemiya
Sinonimiya va polisemiya o'rtasida ma’lum bog'lanisli bor. Xususan, polisemantik leksema liar bir ma'nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorlarga kirishi mumkin: o/wvyoqmoq va o'/yoqmoq (sinonimlar: olov va o‘t), quyosh olovi va quyosh harorati (sinonimlar; olov va harorat), oldv yigit va g'ayratli yigit (sinonimlar: olov va g'ayratli): bunda olov lekscmasining «predmet» semasi so'nib, «belgi» semasi faollashgan.
Sinonimlar nutqda muhim uslubiy vosita sanaladi: ular nutqning ravon va ta'sirli bo'lishini, fikrning aniq va obrazli chiqishini ta’minlaydi.
Izoli. Sinonimiya hodisasi frazemalar va grammatik birliklar (morfemalar, so'z birikmalari va gaplar) doirasida, shuningdek, leksema va frazema munosabatlarida ham uchraydi. (Bu haqda «Frazeologiya» va «Grammatika» bo'limlariga qaralsin).
Tekshirish savollari va topshiriqlar
Sinonimiya nima?
Sinonimiya hodisasining so'z turkumlariga munosabati qanday?
Sinonimik qator va doniinanta haqida ma’lumot bering.
Leksik sinonimlarning qanday turlari bor?
Ma'no sinonimlari, uslubiy sinonimlar va nutqiy sinonimlar qanday farqlanadi?
Qanday holatlarda kontekstual sinonimlar yuzaga keladi?
Absolut sinonimlar yoki leksik diibletlar haqida ma'lumot bering.
Qanday holatlarda leksemalar sinonimik munosabatda bo'lmaydi?
Sinonimiya va polisemiya o'rtasida qandav bog'lanish bor?
Sinonimiya hodisasi lilning qaysi sathlarida uchraydi?
Sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi rolini Uislumtiring.
Tayanch tushunchalar
Sinonimiya — leksemalarning bir xil ma'no anglatishiga ko'ra guriihlanishi.
Sinonimik qator (sinonimik uya) - bir ma'no anglatishiga ko'ra guruhlangan sinonim so'zlar yig'indisi.
Dominanta - sinonimik qatordagi betaraf ma’noli so'z.
Ma’no sinonimlari - bir umumiy ma'noga ega bo'lsa-da, ma’no qirralari bilan farqlanuvchi sinonimlar.
Uslubiy sinonimlar — leksik ma'nolari ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalovchi semalar bilan qoplangan sinonimlar.
Nutqiy sinonimlar — nutqning u yoki bn turiga xoslanganligi bilan farqlanadigan sinonimlar.
LEKSIK ANTONI MI YA
Adabiyotlar: 4 |74|, II |35—411, 26 |47-55|, 27 | 120— 126|, 32 173—74|. 73 |56-58|, I 13 |5-I7|.
Do'stlaringiz bilan baham: |