§. Etimon haqida ma’lumot
Etimon (yun.: etymon - «haqiqat») - muayyan leksemaning kelib chiqishiga asos bo'lgan so'z (tub yoki yasama) yoxud so'z birikmasi: qatun > xatun > xotin (etimon — qatun), bu кип > bukun > bugun (etimon — «bu кип» so'z birikmasi), qbishlag‘ > qbishlaq > qishloq (etimon — qushlag0 kabi. Demak: a) hozirgi o'zbek tilidagi xotin leksemasining shakl etimoni
"K Bobur Zohiriddin Muhammad. Asarlar. Uch jildlik. 2- jild. Boburnoma. - T.: «Badiiy adabivol». 1965. 207- b.
qatun, ma'no etimoni esa «yuqori martabali kishining umr yo'ldoshi» bo'lgan. Hozir bu so'zning ma'nosi kengaygan: u «biror erkak kishining umryo‘ldoshi»ni va ununnan «ayol»ni ham anglatadi1"'1; b) bugun so'zining shakl etimoni «bu kun» so'z birikmasidir, ma'no etimoni esa «so'z borayotgan paytda kechirilayotgan yoki kechirilgan kun» haqidagi axborot,
1121, 1-1, -1441; d) qishloq lekscmasining shakl etimoni «qbishlag‘»dir, u quyidagi morfemalardan tarkib topgan: qbish (fasl) + la (fe’I yasovchi) + + g' (ot yasovchi). Keyinchalik etimon tarkibida fonetik o'zgarishlar yuz bergan: qbishlag' > qbishlaq > («g‘» undoshi «q»ga o'tgan) > qishloq («а» unlisi «o»ga o'tgan, «ы» uniisi qattiqlik bclgisini yo'qotgan)""; bu so'zning ma'no etimoni esa «aholi yozda dalalarga ketib, qishda qaytib kelib yashaydigan joy» ma’nosidir. Hozir bu ma'no kuchsizlanib, sezilmas holga kelgan, so'nib qolgan.
Ba'zan bir necha til so'zlarining etimoni bitta bo'ladi. Buni qadimgi hind tilidagi sakkxara so'zi taqdirida ko'rish mumkin: u .v/itf&tfrjo'zbekcha, forscha). slicker (turkcha). suker (nemischa), sukor (ukraincha), sukkar (arabcha), .smc/r (ruscha), sakxciron (yunoncha), syukr (fransuzcha), sugar (inglizcha) leksemalari uchun dastlabki «poydevor» bo'lgan; bu so'z (etimon) qadimgi hind tilida «shag'al», «уiriк qum» ma’nolarini anglatgan, keyinchalik, u metafora yo'Ii bilan ma'no ko'chirilishi asosida «shirin ta'mli qumsinion modda», «qumsinion shirinlik» ma'nosiga ega bo'lgan. Demak, sakkxara so'zining «virik qum» ma'nosi vuqorida keltirilgan barcha so'zlar uchun ma'no etimonidir.
Etimon vazifasini bajargan so'zning shakli va ma'nosi turli omillar ta'sirida ko'pincha o'zgarib ketadi. bu hoi lining asl «nusxa»si va «nta'no»sini xiralashtirib qo'vadi, ularni aniqlash va tiklash ishlarini ham qiyinlashtiradi. Hozirgi kartoshka leksemasi tarixida xuddi shunday bo'lgan: tartufolo (italyancha: tarryfolo - «yerqo'ziqorini») so'zi ncmis tiliga o'tgach, kanojlel (kartofiel) shakliga kirgan. so'ng rus tiliga kartofel (картофель) shaklida o'zlashgan, ammo rus dehqonlari uni soddalashtirib kartoshka deb qo'llay boshlashgan, o'zbek tiliga ham u shu shaklda kirib kelgan, farqi shundaki, rus tilida kartofel adabiv til birligi, kartoshka esa lining jonli so'zlashuvdagi varianti bo'lsa, o'zbek tilida kartoshka adabiy til birligi, kartishka esa uning jonli so'zlashuvdagi varianti tarzida ishlatilmoqda. Demak: o'zbek tilidagi kartoshka so'zining shakl etimoni italyancha tartufolo so'zi, ma’no etimoni (etimologik ma'nosi) esa «yer qo'ziqorini»dir: ma'lumki, kartoshkaning
"w Qaran!>: Rahmalullaycv Sh. O'zbek tilining qisqa etimologik lug'ati. 4-qism. - T.: «Univcrsitcl». 1999. X-b.
"" RahmatLi11iiуev Sh. Ko'rsatilgan lug'ai. 105-196-b.
vatani - Janubiy Amcrika. U yerdagi mahalliy hindular kailoshkani pa la to deyishgan, shu nom biIan u XVI asrda Ispaniyaga keltirilgan, kcyinchalik kartoshka Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqalgan, natijada Yevropadagi ayrim xalqlar kartoshkaga yangi nom qo'yisligan: fransuzlar uni pom de ter(pommes de fare ~ «ycr olmasi») deb, italyanlar esa tarlufolo («yer qo'ziqorini») deb atashgan, bunda lining shakli qo'ziqoringa o'xshash boiganligi, ammo qo'ziqorindan farqli ravishda ver ustida cmas, tuproq orasida yetilishi nazarda tutilgan1".
Leksemalarning etimonini aniqlash bilan tilshunoslikning etimologiya bo'limi shug'ullanadi. Bunday tadqiqot natijalari til sistemasi va struktura- sidagi turli jarayonlami hamda so'zlarning etimologik ma'nolarini aniqlashda, etimologik lug'atlar tuzishda ahamiyatlidir (darslikning «Leksikografiya» bo'lintiga ham qarang).
So'z ctimologiyasining ilmiy (faktlar tahliliga asoslangan), soxta (g'ayri ilmiy) va xalq etimofogiyasi (xalqning taxminiga tayangan etimologiya) kabi turlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |