1926- yilning 19—21- mayida Samarqandda o'zbek ziyolilarining alifbo muammolariga bag'ishlangan ilmiy kengashi bo'lib o'tadi va kengash qaroriga binoan yangi alifbo loyihasi tuziladi, u O'zbekiston Maorif Xalq Komissarligi tomonidan tasdiqlanadi81.
1926- yilning 10- iyunida O'zbekiston Ijtimoiy Sho'rolar Jumhuriyati Kengashining 1-chaqiriq 4-sessiyasi bo'lib o'tadi. Unda yangi alifboga o'tishni rejali ravishda amalga oshirish maqsadida Ijroiya Qo'mita huzurida O'zbekiston Yangi alifbe Markaziy qo'mitasini tashkil etish to'g'risida qarorqabul qilinadi. Shu qarorga ko'ra yangi alifbe Markaziy qo'mitasining 44 kishidan iborat tarkibi va uning raisi (Y.Oxunboboev) belgilanadi*4.
Do'stlaringiz bilan baham: |