H a m d a m o V turkiy xalqlar adabiyoti tarixi


filologiya fanlari nomzodi



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana19.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#501247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
@BOOKS KITOB TURKIY XALQLAR ADABIYOTI TARIXI

filologiya fanlari nomzodi
Ushbu qo'llanma Qarshi davlat universiteti o'qu v — uslubiy 
kengashining 2019-yil 29-avgustdagi 1 - sonli yig'ilishi qaroriga 
m u vo fiq nashirga tavsiya etilgan.
© Akram Hamdamov, 2019 yil.
© “N asaf’ nashriyoti, 2019 yil.
ISB N 978-9943-18-261-5


SO Z BOSHI
Mamlakatimizda istiqlol tufayli turk ellari adabiyotini 
o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldik. Kelib chiqishi bir -
b irig a yaqin , qarindosh b o 'lga n xalqlarn in g tarixi, 
madaniyati, rivojlanishi bir ildizga borib taqaladi. Bu 
xalqlarning urf - odatlarida, rasm - rusmlarida, xalq 
og'zaki ijodida bir - biriga o'xshash holatlar juda ko‘p 
ko'zga tashlanadi. Albatta, tarixiy taraqqiyot tufayli, 
keyinroq ayrim farqlar ham vujudga kelgan. Jumladan
biz o 'rg a n a y o tg a n turk ellari adabiyoti ham xuddi 
shunday tarixiy taraqqiyotni boshidan kechirgan.
M a ’lumki, turkiy qavmlar deganda biz o'zbek, qazoq, 
qirg'iz, turkman, qoraqalpoq, u y g ‘ur, totor, boshqird, 
chuvash, ozarboyjon, qorachoy, turk, gagauz, qo'miq, 
balqar kabi o'ttizga yaqin millatlarni ko'zda tutishimiz 
kerak. Bu m illa tla r esa Y e v r o - O s iy o m aterigin in g 
kattagina qismida joylashgan hududlarda hayot kechiradi. 
A n a shu qarindosh xalqlarning adabiyotini bir butun holda 
yaxlit o'rganish, ularning ijtim oiy - m a’naviy hayotini 
yaqindan anglashga yordam beradi. Yuqorida ko‘rsatilgan 
xalqlarning eng qadimgi adabiy — madaniy yodgorligiga 
e ’ tibor bersangiz, ularda b ir-b iriga o‘xshash asarlarning 
variantlariga duch kelasiz. Masalan, “ G o‘ro‘g ‘li” turkumi- 
dagi dostonlarning usmonli turklarda, ozarbayjon, turk­
man va o'zbeklarda bir qancha variantlari uchraydi. 
“ Alpom ish ” , “ M anas” , “ Dada Qurqut” kabi dostonlar 
haqida ham shuni aytish mumkin. Bunday holatni biz 
faqat doston janridagi asarlar misolida emas, balki xalq 
o g 'z a k i ijo d in in g boshqa ja n rla rid a ham k o ‘ plab 
u ch ra tish im iz m um kin. M asalan, N asrid d in afandi 
haqidagi latifalar turk, ozarboyjon, turkman, o'zbek xalq 
ijodida ko'plab uchraydi. Qadimda kuylangan turli marosim
3


va mehnat qo'shiqlari, maqollar va ertaklar haqida ham 
shunday holat ko'zga tashlanadi.
Dunyodagi qariyb barcha xalqlar, o'zlarining kelib 
chiqishi tarixi haqida turli afsona va rivoyatlar, naqllar 
to'qigan. Turk qavmlari haqida ham bunday rivoyat va 
a fs o n a la r k o 'p la b u chraydi. H o zirg i k u n d agi ilm iy 
tadqiqotlar xulosasiga ko‘ra turk qavm larining asl vatani 
O ltoy bo'lgani, ta rix iy ta ra q q iyo t tu fa y li u yerd a gi 
xalqlarning turli tomonga tarqagani haqida gipotezalar 
mavjud. “ Yaratilish dostoni” nomli asarda ham turk 
ellarin in g kelib chiqishi haqida shu x ild a g i gaplar 
keltirilgan. Eng qadimgi turk dostonlaridan biri “ A lp er 
T o'n ga” nomli dostondir. Bu doston qahramoni A lp er 
T o ‘nga tarixiy shaxs bo'lib, ayrim tarixiy m a’lumotlarga 
qaraganda eramizdan oldingi V II asrlarda yashagan. Bu 
shaxs haqida ko'p lab asarlarda m a ’ lum ot beriladi. 
Jum ladan, M ahm ud K o s h g ‘ a riy o ‘ z asarida A lp er 
To'nganing forscha nomi Afrosiyob deb ta ’kidlab o'tgan. 
F ird a v s iy n in g “ Shohnom a” asarida ham A fro s iy o b
Turonning podshosi bo'lganligi, uning mard, jasur va 
tadbirkor podshoh bo'lganligi haqida m a’lumotlar beriladi. 
Umuman, A lp er To'nga haqida Sharq adabiyotida ko'plab 
asarlar yozilgan. Mahmud Koshg'ariyning “ Devoni lug‘atit 
turk” kitobida A lp er To'nga haqida yozilgan dostondan 
ko'plab parchalar keltirilgan. Bularda A lp er To'nganing 
qahramonliklari, Turon tuprog'ini chet el bosqinchilaridan 
himoya qilishi, Eron bilan olib borgan janglari hikoya 
qilinadi.
Turkiy xalqlarning kelib chiqishi bo'yicha “Alan Quva” 
to‘g ‘risidagi afsona ham diqqatga sazovordir. Bunda Alan 
Quva nomli ayol turklarning eng katta onasi sifatida 
tasvirlangan. Bunda aytilishicha, Alan Quva juda aqlli, 
tadbirkor, mehribon ayol sifatida tasvirlangan. Mazkur
4


afsonada barcha turk qavmlari Alan Quva farzandlari 
deyilgan. Qadim gi turkiy xalqlarning umumiy yodgorligi 
bo'lgan “ 0 ‘g ‘iznoma” , “ Dada Qurqut” kabi dostonlar ham 
m avjud. Bu dostonlarda aks ettirilgan voqealarning 
ko'pchiligi miloddan oldingi davrlarda bo‘lib o'tgan. Bizga 
grek tarixchilarining asarlaridan yetib kelgan "To'm aris” , 
“ Shiroq” nomli af son alar ham barcha turkiy xalqlarning 
madaniy yodgorligi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, 
qadim iy turkiy xalqlar Eron tili guruhiga mansub xalqlar 
bilan yonm a—yon yashagan. Tarixiy taraqqiyot natijasida 
ular bilan qo‘shilib, aralashib ketgan turkiy qavmlar ham 
bor. Bu holat k o ‘ proq o‘zbeklarda ko'zga tashlanadi. 
Qadim gi Xorazm hududida paydo bo‘lgan zardushtiylik 
dini bilan bog‘liq bo‘lgan afsona va rivoyatlar ham bevosita 
tu rk iy x a lq la rn in g q a d im gi o'tm ish iga aloqadordir. 
Ayniqsa, bu dinning muqaddas kitobi bo‘lgan “ Avesto”dan 
bizgacha yetib kelgan parchalar madaniyatimiz tarixi juda 
boy va rang — barang bo'lganidan darak beradi. Zarina, 
Rustam, Siyovush haqidagi af son alar ham turkiy xalqlar 
orasida keng tarqalgan. Qadimgi qipchoqlaming ham o‘ziga 
xos madaniyati va folklori bo'lgan. Bu borada ham hozir 
katta ta d q iq o t ishlari olib borilmoqda. Y e v r o -O s iy o
materigining juda katta hududida ko‘ chmanchi chorvador 
bo‘lib yashagan qadim gi qipchoq madaniyati hozirgacha 
fanga noma’lum bo‘lib keldi. Shuning uchun uning ko'plab 
obidalari o‘z tadqiqotchilarini kutib yotibdi. Bu sohada 
I.Stebleva, N.Gum ilyov, Adjumurod, Xasan Ota Abushiy 
kabi olimlarning dastlabki ilmiy kitoblari e ’lon qilindi.
Xullas, qadim gi turk madaniyati juda boy va rang -
barang b o ‘lib, u barcha turkiy m illatlar m adaniyati 
tarixiga bevosita taalluqlidir. Bularni bir butun holda 
q iy o s iy o ‘ rg a n ish tu rk ellari m a d a n iya ti aloqasini 
mustahkamlaydi va bir — biriga yaqinlashtiradi.
5



Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish