175
Leksik sinonimiyada bo’lganidek, frazeologik sinonimiyada ham sinonimik
qatorlar yuzaga keladi: birinchi misoldagi
pixini yorgan
va
ilonning yog’ini yalagan
frazemalari «ayyor» ma’nosi bilan bitta sinonimik qatorni; ikkinchi misoldagi y
er
bilan osmoncha
va
ot bilan tuyacha
frazemalari esa «juda katta farq» ma’nosi bilan bir
sinonimik qatorni hosil qilmoqda.
Frazeologik sinonimlarda uslubiy bo’yoq, odatda, bo’rtib turadi. Aslida,
frazeologik birliklar (frazemalar) xuddi shu maqsadda – voqelikni nomlashda uni o’tkir
baholab berish uchun, shu voqelikka ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalash uchun
yaratiladi, shuning uchun ular nutqning ta’sirchan, obrazli bo’lishini ta’minlovchi
muhim uslubiy vosita sanaladi. Misollar: 1.
Bunga Botirning achchig’i keldi, buni
Bo’ston sezdi
(S.N.). 2)
Keyingi nasihatomuz gapi qonini qaynatib yubordi.
(S. An.).
Frazeologik sinonimiya hodisasi ko’proq har bir tilning o’z frazemalari doirasida
uchraydi:
Qilidan
quyrug’igacha
. –
Ipidan ignasigacha; Quvonchi olamga sig’maydi. –
Sevinchi ichiga sig’maydi
kabi. Boshqa tildan frazema o’zlashtirish juda passiv
bo’lganligidan, o’zlashma iboralarning frazeologik sinonimiya doirasiga tortilishi juda
kam uchraydi.
Frazeologik sinonimiya hodisasini
frazeologik variatsiyadan
farqlash kerak:
frazeologik sinonimiyada bir necha frazema bir ma’no atrofida birlashadi, demak, bitta
sinonimik qatorni hosil qiladi; frazeologik variatsiyada esa bitta frazemaning ichki
ko’rinishlari nazarda tutiladi, bunday ko’rinishlar sinonimik qator hosil qilmaydi.
Masalan: 1)
ko’zini yummoq
; 2)
bandalikni bajo keltirmoq;
3)
jon bermoq
. Bu uch
frazema bitta ma’noni – «vafot etmoq» ni bildiradi, shunga ko’ra bitta sinonimik
qatorga birlashadi.
Qo’lini bigiz qilmoq
va
barmog’ini bigiz qilmoq
qo’shilmalari esa
ikkita frazema emas: ular bitta frazemaning ikkita ko’rinishi, xolos. Bu frazema
tarkibidagi "qo’l" va "barmoq" so’zlari o’rtasida sinekdoxa yo’li bilan ma’no ko’chishi
(butun va qism munosabati) bor, bu hol "qo’l" so’zi o’rnida "barmoq" so’zining
qo’llanishiga yo’l ochgan, ammo bir frazema o’rnida butunlay boshqa frazema yuzaga
kelmagan, shunga ko’ra ular bitta frazemaning ichki ko’rinishlari – variatsiyalari
sanaladi. Demak, variatsiyalar bir obrazga asoslanadi. Yana misollar:
Kiprik
qoqmaslik.- Mijja qoqmaslik
(bir frazemaning ikki varianti, chunki "kiprik" va "mijja"
so’zlarida bitta obraz mujassam).
Ba’zan leksema bilan frazema bir sinonimik qatorga birlashadi:
qaramoq
(leksema) –
ko’z qirini tashlamoq
(frazema),
xursand
(leksema) –
boshi osmonda
(frazema) kabi. Bular leksik-frazeologik sinonimlardir. Leksik-frazeologik sinonimlar
qatorida leksema dominanta sanaladi. Demak, lug’aviy sinonimlar uch xil bo’ladi:1)
leksik sinonimlar (sinonimik qatorda faqat so’zlar birlashadi); 2) frazeologik sinonimlar
(sinonimik qatorda faqat frazemalar birlashadi); 3) leksik-frazeologik sinonimlar
(sinonimik qatorda so’z va frazemalar birlashadi).
Do'stlaringiz bilan baham: