H. A. Jamolxonov


-§.  Frazemalarning  semantik  turlari



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

156-§.  Frazemalarning  semantik  turlari. 
Frazema  ma’nosi  bilan  uning 
tarkibida  qo’llangan  leksemalar  ma’nosi  o’rtasidagi  munosabat  asosida  frazemaning 
ikki semantik turi farqlanadi: 
1. F r a z e o l o g i k   b u t u n l i k. Bunday frazemaning umumlashgan ko’chma 
ma’nosi frazema tarkibidagi leksemalar ma’nosi bilan izohlanadi. Masalan, 
tepa  sochi 
tikka  bo’lmoq
  frazemasi  yaxlit  holda  "g’azablanmoq"  ma’nosini  –umumlashgan 
ko’chma ma’noni anglatadi. Bunday ko’chma ma’noga esa kishi darg’azab bo’lganida 
uning  badanidagi  tuklarning  sezilar-sezilmas  harakatga  kelishi  (psixo-fiziologik  holat) 
asos bo’lgan,  demak,  frazemaning ko’chma  ma’nosini  frazema  tarkibidagi  so’zlarning 


173 
 
o’z ma’nolari bilan izohlash mumkin. Ya n a: 
Ona suti og’zida
 frazemasi yaxlit holda 
"hali  yosh",  "tajribasiz"  ma’nosini  anglatadi,  bunday  ko’chma  ma’noni  esa  frazema 
tarkibidagi  so’zlar  ma’nosi  bilan  izohlash  mumkin: 
"Mahmadona,  shumsan-da.  Ona 
suting og’zingda-yu, soqolimning oqiga qaramay aql o’rgataman deysan".
 (O.) 
2. F r a z e o l o g i k   ch a t i sh m a.  Bunday frazema ifodalagan ko’chma 
ma’no  frazema  tarkibidagi  so’zlar  anglatgan  leksik  ma’nolar  bilan  izohlanmaydi. 
Masalan, 
ikki  qo’lini  burniga  tiqib
  frazemasi  "quruqdan  quruq,  evaziga  hech  narsa 
olmay"  ma’nosini  ifodalaydi,  bu  ma’noni  frazema  tarkibidagi  so’zlarning  ma’nolari 
bilan izohlab bo’lmaydi: 
"Kelmagandan keyin, domlaga "ozodlik" olib kelish kerak-da. 
Bu bo’lsa shumshayib, ikki qo’lini burniga tiqib keldi".
 (P.T.) 
"...Senga ish yo’q!"-deb, 
bizni quvib yubordi. Katta o’g’lim bilan ikki qo’limizni burnimizga suqib o’z uyimizga 
bordik". 
(S.A.) 
Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma orasida ma’lum umumiylik va 
tafovutlar bor. Ularni quyidagicha izohlash mumkin: 
Umumiylik:
 1) ikkalasi ham turg’un konstruksiya sanaladi;    2) ikkalasida ham 
umumlashgan yaxlit bir ma’no (ko’chma ma’no) ifodalanadi; 3) ikkalasida ham uslubiy 
bo’yoq (uslubiy sema) bo’ladi, chunki frazemalarning barchasi voqelikni nomlash bilan 
cheklanmaydi, uni baholash xususiyatiga ham ega;            4) ikkalasi ham nutqda yaxlit 
holda bitta sintaktik vazifada qo’llanadi. 
Farqlari:
 1) Frazeologik butunlik tarkibidagi so’zlarning ma’nolari frazemaning 
ko’chma  ma’nosini  izohlaydi.  Frazeologik  chatishmada  esa  so’zlar  ma’nosi  bilan 
frazema  ma’nosi  (frazeologik  ma’no)  o’rtasida  bunday  aloqa  yo’q;  2)  frazeologik 
butunlikning ma’nosida ichki obraz saqlanadi: tarkibidagi so’zlarga xos ma’nolar sezilib 
turganligidan  frazemaning  ma’nosi  ko’p  qirrali,  boy  bo’ladi.  Frazeologik  chatishma 
ma’nosining  gavdalanishida  esa  frazema  tarkibidagi  so’zlarning  ma’nolari  ishtirok 
etmaydi, shuning uchun unda ichki obraz so’nggan bo’ladi. 
 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish